Dazmollash qoidalari
1. Dazmolni yo‘riqnomaga amal qilib qizdiring.
2. Dazmolning qizish holatini paxta tolali qiytiq gazlama ustida tekshirib ko‘ring.
3. Dazmollashdan oldin kiyimdagi tikuvchilik bo‘ri izlarini o‘chiring. To‘g‘-
nag‘ichlarni olib tashlang.
4. Kiyimni teskari tomonidan doka qo‘ymasdan, o‘ng tomonidan doka qo‘yib
dazmollang.
5. Kiyimni chap tomondan bo‘ylama ipi bo‘ylab dazmollang.
6. Namlab-isitib dazmollangan kiyim qurishi uchun tekis joyga ilib qo‘ying.
7. Kiyimning xususiyatiga qarab issiqlik darajasini rostlab boring.
181
181
Mustahkamlash uchun savollar
1. Namlab-isitish jarayoni haqida nimalarni bilib oldingiz? Ushbu jara-
yondan foydalana olasizmi?
2. Zamonaviy dazmol bilan qadimgi dazmollar qanday farq qiladi?
3. Dazmollashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak?
4. Dazmollashda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim?
5. Dazmollash qoidalariga rioya qila olasizmi?
17-§.
OXIRGI ISHLOV BERISH VA BEZASH
Oxirgi ishlov berish deb, kiyimning yakuniy jarayoniga aytiladi. Bunda ortiqcha
iplardan tozalash, dazmollash, chokning sifati va detallarning simmetrik joylashuvi
tekshiriladi.
Bezak ishlari yakuniy jarayondan oldin yoki tikuv jarayoni davomida bajariladi.
Termoapplikatsiya orqali bezash jarayoni namlab-isitish vositasi orqali amalga
oshiriladi. Tikuvchilik bo‘ri bilan applikatsiyani joylashtiradigan joy aniqlanadi.
Applikatsiyaning yelimli tarafini kiyim detali ustiga qo‘yib, vaqtinchalik qaviqqator
bi lan mahkamlanadi. 7–10 soniya bug‘lab dazmolda ushlab turiladi. So‘ngra ma-
toning teskari tomonidan ham 2–3 soniya dazmolda ushlab turiladi. Vaqtinchalik
qaviqqator olib tashlanadi. Bo‘r chiziqlari tozalanadi.
Oxirgi ishlov berish jarayonida dazmollash ishlari olib boriladi. Kiyimning barcha
baxyaqatorlari tartib bo‘yicha dazmollanadi. Kiyim oldin teskari tomonidan, so‘ngra
o‘ng tomonidan dazmollanadi. Kiyim burchaklari to‘g‘rilanadi. Bir xil simmetrik
holatga keltiriladi. Namlab-isitish jarayonidan so‘ng paxta tolali gazlamalar 10–15
daqiqaga, zig‘ir tolali gazlamalar 20–25 daqiqaga tekislab ilib qo‘yiladi va quritiladi.
Buyumni sifatli chiqqanligi uning estеtik ko‘rsatmasi orqali hamda tеxnologik
ishlov bеrilishi orqali aniqlanadi.
Kiyim estetik jihatdan model eskiziga mos, bezak ishlari tartibli amalga oshirilgan
bo‘lishi kerak.
Kiyimning choklari bir tekis, chiroyli va sifatli bajarilgan bo‘lishi, o‘lchovi gav-
daga mos kelishi, simmetrik taxlaganda detallari aniq va bir xil bo‘lishi talab qilinadi.
Buyumning sifatli chiqishi nafaqat kеtma-kеtlik jarayonini to‘g‘ri bajarishga, balki
oxirgi ishlov bеrish jarayoniga ham bog‘liq ekanligini bilib oldin
giz.
182
182
Do'stlaringiz bilan baham: |