Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Oshxona jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena



Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/148
Sana05.04.2022
Hajmi33,06 Mb.
#529265
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya

Oshxona jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena 
qoidalari
1. Ish boshlashdan oldin oshxona fartugini, ro‘molini o‘rab oling.
2. Tirnoqlarni o‘stirmang, qo‘llarni yaxshilab sovunlab yuving.
3. Ovqat tayyorlaganda toza idish va jihozlardan foydalaning.
4. Taom tayyorlashda maxsus raqamlangan taxtakach va pi choqdan 
foydalaning (sabzavot uchun, go‘sht mahsuloti uchun, baliq mahsuloti 
uchun, non uchun).
5. Taom tayyorlab bo‘lgandan keyin oshxona idish-tovoqlari va jihoz-
larining tozaligiga e’tibor qiling.


105
105
Oshxona jihozlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi 
qoidalari
Amaliy mashg‘ulotni o‘qituvchining ruxsati bilan boshlashni unut-
mang.
1. Elektr plitasi hamda isitkichlaridan foydalanganda:
– elektr jihozlarining izolatsiyalanganligiga va ishga yaroqli ligiga 
ishonch hosil qiling;
– elektr jihozlarini faqat quruq qo‘l bilan o‘chirib-yoqish kerak;
– elektr isitish jihozlariga suv, suyuq mahsulotlar sachrashidan eh-
tiyot bo‘ling.
2. Gaz plitasidan foydalanganda:
– gaz plitasining burash, yoqish moslamalarini ishlatishdan avval gaz 
isini tekshirib ko‘ring.
3. Ovqat pishirish jarayonida oshxonani shamollatib turing.
4. Mahsulotlarga ishlov berishda taxtakachlardan foydalaning.
5. Pichoq bilan ishlashda qo‘llarga ehtiyot bo‘ling.
6. Sanchqi, tig‘li buyumlarni bandi tomoni bilan uzating.
7. Gaz plitasi ustidagi qaynoq idishlarni maxsus ushlagich bilan oling.
8. Ishni tugatganingizdan so‘ng ish joyini tozalang hamda elektr ji-
hozlarni o‘chirishni unutmang.
S a b z a v o t l a r g a i s h l o v b e r i s h t e x n o l o g i y a s i
Sabzavotlar inson organizmi uchun zarur oziqa hisoblanadi. Ular tarkibida 
kerakli barcha mineral moddalar mujassam. Sabzavotlarning xushbo‘y hidi, 
shakli, rangi taomni yanada lazzatli qiladi hamda ishtahani ochadi. Sabzavotlar 
tibbiy va tabiiy davolash xususiyatlariga ham ega. Turli salat va taomlarga 
aksariyat hollarda ko‘katlar qo‘shiladi. Ko‘katlar qo‘shilgan taom va salatlar 
mineral modda va vitaminlarga boy bo‘ladi. Sabzavotlar yetishtirilishiga qarab 
piyozli, mevali, ildizmevali, tuganak mevali, bargli, gulli va boshqa guruhlarga 
bo‘linadi. Piyozli sabzavotlarning piyozboshi va barglari ovqatga ishlatiladi. 
Sabzavotlarga pomidor, bodring, qovoq, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Kar-
toshka tuganak mevali, sholg‘om, lavlagi, sabzi, petrushka, rediskalar ildiz mevali 
sanaladi. Barglilarga esa karam, salat bargi, ismaloq, jag‘jag‘ kabilar kiradi.
Sabzavotlarni qorong‘i, salqin, mo‘tadil havoda saqlash tavsiya etiladi. Ularga 
taom yoki salat tayyorlashdan avval birlamchi ishlov beriladi.

Download 33,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish