Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/148
Sana05.04.2022
Hajmi33,06 Mb.
#529265
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya

Dazmollash qoidalari
1. Dazmolni yo‘riqnomaga amal qilib qizdiring.
2. Dazmolning qizish holatini paxta tolali qiytiq gazlama ustida tekshirib ko‘ring.
3. Dazmollashdan oldin kiyimdagi tikuvchilik bo‘ri izlarini o‘chiring. To‘g‘-
nag‘ichlarni olib tashlang.
4. Kiyimni teskari tomonidan doka qo‘ymasdan, o‘ng tomonidan doka qo‘yib 
dazmollang.
5. Kiyimni chap tomondan bo‘ylama ipi bo‘ylab dazmollang.
6. Namlab-isitib dazmollangan kiyim qurishi uchun tekis joyga ilib qo‘ying.
7. Kiyimning xususiyatiga qarab issiqlik darajasini rostlab boring.


181
181
Mustahkamlash uchun savollar
1. Namlab-isitish jarayoni haqida nimalarni bilib oldingiz? Ushbu jara-
yondan foydalana olasizmi?
2. Zamonaviy dazmol bilan qadimgi dazmollar qanday farq qiladi?
3. Dazmollashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak?
4. Dazmollashda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim?
5. Dazmollash qoidalariga rioya qila olasizmi?
17-§.
 
 
OXIRGI ISHLOV BERISH VA BEZASH 
Oxirgi ishlov berish deb, kiyimning yakuniy jarayoniga aytiladi. Bunda ortiqcha 
iplardan tozalash, dazmollash, chokning sifati va detallarning simmetrik joylashuvi 
tekshiriladi. 
Bezak ishlari yakuniy jarayondan oldin yoki tikuv jarayoni davomida bajariladi. 
Termoapplikatsiya orqali bezash jarayoni namlab-isitish vositasi orqali amalga 
oshiriladi. Tikuvchilik bo‘ri bilan applikatsiyani joylashtiradigan joy aniqlanadi. 
Applikatsiyaning yelimli tarafini kiyim detali ustiga qo‘yib, vaqtinchalik qaviqqator 
bi lan mahkamlanadi. 7–10 soniya bug‘lab dazmolda ushlab turiladi. So‘ngra ma-
toning teskari tomonidan ham 2–3 soniya dazmolda ushlab turiladi. Vaqtinchalik 
qaviqqator olib tashlanadi. Bo‘r chiziqlari tozalanadi.
Oxirgi ishlov berish jarayonida dazmollash ishlari olib boriladi. Kiyimning barcha 
baxyaqatorlari tartib bo‘yicha dazmollanadi. Kiyim oldin teskari tomonidan, so‘ngra 
o‘ng tomonidan dazmollanadi. Kiyim burchaklari to‘g‘rilanadi. Bir xil simmetrik 
holatga keltiriladi. Namlab-isitish jarayonidan so‘ng paxta tolali gazlamalar 10–15 
daqiqaga, zig‘ir tolali gazlamalar 20–25 daqiqaga tekislab ilib qo‘yiladi va quritiladi.
Buyumni sifatli chiqqanligi uning estеtik ko‘rsatmasi orqali hamda tеxnologik 
ishlov bеrilishi orqali aniqlanadi.
Kiyim estetik jihatdan model eskiziga mos, bezak ishlari tartibli amalga oshirilgan 
bo‘lishi kerak.
Kiyimning choklari bir tekis, chiroyli va sifatli bajarilgan bo‘lishi, o‘lchovi gav-
daga mos kelishi, simmetrik taxlaganda detallari aniq va bir xil bo‘lishi talab qilinadi.
Buyumning sifatli chiqishi nafaqat kеtma-kеtlik jarayonini to‘g‘ri bajarishga, balki 
oxirgi ishlov bеrish jarayoniga ham bog‘liq ekanligini bilib oldin
giz.


182
182

Download 33,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish