Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan



Download 4,13 Mb.
bet28/34
Sana07.03.2022
Hajmi4,13 Mb.
#485568
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
TTP amali mashg\'ulot

Oq tunuka zanglamasligining oldini olish uchun ikkala tomoniga qalay yugurtirilgan yupqa (0,18-0,6 mm li) temir listdir.
Metallarning sirtiga qalay yugurtirish oqartish deb ataladi. Oqartish metall sirtigaqalayni suyuqlantirib surtish va suyuqlangan qalayga metallni botirish yo’li bilan olib boriladi.
Qalaylangan (oqartirilgan) tunukalar asosan sanoatda oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan idishlar tayyorlashda ishlatiladi. Oq tunukalar ortiqcha issiqlikka chidamaydi. Yuqori temperaturada qalay suyuqlanib ketadi. Shuning uchun ulardan suv qaynatishda foydalanilmaydi.
Oq tunuka yaltiroq, havoda, quruq joyda zanglamaydi, bukish, qiyish oson, yaxshi kavsharlanadi.
O’quv ustaxonalarida turli maqsadlarda tomga yopadigan tunuka, mis, latun, alyuminiy listlar ham ishlatiladi.
Simlardan tayyorlanadigan yasama buyumlarning soni uncha ko’p emas. Shunga qaramasdan ularga ishlov berish usullari va asboblari bilan tanishtirish maqsadida simlarning turlari, ishlatilishi haqida tushuncha beriladi. Ular bilan ishlashni mashq qildirilib, to’g’ri, qayrilma, halqali chizg’ichlar, otvyortkalar, bigiz va prujinalar, suyuqliklarning sirt tarangligini namoyish qiluvchi Lissaju figuralari (har xil ramka, halqa va boshqalar), fqzoviy kristall panjaralar taglik, ilgak va hokazolar tayyorlanadi. Bu maqsadda har xil diametrdagi mis, temir, po’lat, alyuminiy va boshqa simlar ishlatiladi.
USLUBIY TAVSIYaLARI:

  1. Detallarni parchinlashga tayyorlash mashqi.



1.Parchinlanadigan chok rejalanadigan chok rejalanadi, bunda:
a) ustma-ust parchinlashda detallarning bittasi rejalanadi;
b) uchma-uch parchinlashda detallar rejalanmay, faqat koplama plastinka rejalanadi;
v) rejalashda parchin mixlar orasidagi masofa t va parchin mix markazidan detal’ chetigacha bo’lgan masofalar xisobga olinadi. Bir qatorli choklarda t=3d; a=1,5d; ikki qatorli choklarda t=4d; a=1,5d ga teng bo’ladi; bu yerda d-parchin mix diametri;
g) reja chizig’i bo’yicha teshik markazlari chekich bilan belgilab chikiladi.

  1. Teshikni parmalab, parchin mix kallagi urnini zenkovka kilish:

a) parchin mix diametriga mos parma tanlanadi. Uning diametri parchin mix diametridan 0,1-0,2 mm katta bo’lishi kerak;
b) parchinlanadigan detallarni ustma-ust quyib, dastaki tiski yoki strubsina bilan kotiriladi;
v) birikmalarni parmalab teshiklar ochiladi;
g) yashirin kallakli parchin mixlar uchun h=(0,8:1) d chukurlikda zenkovka qilinadi.

  1. Yashirin kallakli parchin mixlar bilan parchinlash mashqi.

1.Parchin mixning tutashtiruvchi kallagini yashirin qilib parchinlash uchun:
a) birikmaning qalinligiga mos uzunlikdagi parchin mix tanlanadi;
b) detallarni ustma-ust quyib, chetki teshiklariga parchin mix kiritiladi, birikmani plita (sandon) yoki yassi tutkich ustiga quyiladi;
v) tortkich yordamida detallar bir biriga jipslanadi;
g) chetki parchin mixning birikmadan chiqib turgan qismini bolgalab (parchinlab) tutashtiruvchi yashirin kallak hosil qilinadi. Shu tarika ikkinchi chetdagi mix parchinlanadi;

  1. Yarim yumaloq kallakli parchin mixlar bilan parchinlash mashqi.

1. Parchin mixlarni yarim yumaloq tutashtiruvchi kallakli qilib biriktirish uchun:
a) birikmaning qalinligiga mos uzunlikdagi yarim yumaloq kallakli parchin mix tanlanadi;
b) detallarni ustma-ust quyib, chetki teshiklarga parchin mix quyiladi;
v) birikma (parchin mix kallagi) sferik tutkich ustiga quyiladi;
g) tortkich yordamida detallar bir-biriga jipslanadi;
d) chetki parchin mixlarning birikmadan chiqib turgan qismini bolgalab yarim shaklga yakinlashtiriladi.
e) sferik ezgich bilan anik ko’rinishdagi yarim yumaloq tutashtiruvchi kallak hosil qilinadi.

Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish