Kalendar - mavzu rejasida amaliy-laboratoriya ishlarining ro‘yxati albatta berilishi lozim, zarur asbob - uskunalar, materiallar, hujjatlar ana shu ro‘yxatga muvofiq ravishda tayyorlanadi. Bunday reja o‘rgatilayotgan jarayonlarni o‘zlashtirishning samarali bo‘lishini ta‘minlaydigan maxsus moslamalarni ko‘rsatmasdan o‘tib bo‘lmaydi (ular oldindan tayyorlab qo‘yilishi lozim). Ayrim metodistlar kalendar - mavzu rejasini soddalashtirilgan sxemasini yoqlab chiqmoqdalar. Ular bu ishni endi boshlayotgan mehnat o‘qituvchilari, ustalari, muxim, lekin ko‘p vaqt talab qiladigan tayyorgarlik ishining uddasidan chiqmaydilar deb tushuntirmoqchi bo‘ladilar.
Lekin shu rejalashtirishni har qanday soddalashtirish yoqi etarli darajada aniq rejalashtirmaslik, ma‘lumki ta‘lim jarayonini tashkil etishning buzilishiga, ta‘lim ishida sifatni pasayishiga va nuqsonlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Kalendar - mavzu rejasini tuzish vaqtida texnologiya ta’limi o‘qituvchisi o‘quv ishlab chiqish ishlari ro‘yxatiga qanday mehnat ob’yektlari kiritilishi lozimligini oldindan bilnshi kerak. Demak kalendar mavzu rejasi o‘qituvchi tomonidan o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxati belgilangan bir vaqtda tuzib chiqilishi lozim. Chunki bu rejalashtirilayotgan har ikkala hujjat bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Texnologiya ta’limi bo‘yicha operator dasturi asosida o‘qituvchining mashg‘ulotga tayyorlanishida, ayniqsa dars rejasini tuzib chiqishda mehnat ob’yektlarini tanlashda va mashғulotlarni zarur narsalar bilan boyitishda uning ishini ancha osonlashtiradi. Texnologiya ta’limi bo‘yicha kalendar-mavzu rejasi dastur asosida yarim yilga mo‘ljallab tuzib chiqiladi. Reja texnologiya o‘qituvchilarining metod birlashmasidan ko‘rib chiqilishi, unga tuzatishlar kiritilib, mulohazalar hisobga olinishi kerak. Shundan keyin maktab o‘quv ishlab chiqarish kombinati va hunar - texnika bilim yurti direktorlarining tasdig‘iga taqdim etiladi. Ishlab chiqarish ta’limi dars planining tipik sxemasini o‘rganishda kirishishdan oldin bu planning ishlab chiqarish ta’limi programmasi va plani asosida, maxsus texnologik va boshqa fanlarga doir darslarning planlari ayrim darslar kalendar planlari asosida tuzilishini aytib o‘tish zarur. So‘ngra dars planini tuzishdan ko‘zda tutilgan maqsad bu reja tuzishda qo‘yilgan talablar o‘ylab chiqiladi. Shundan keyin ishlab chiqarish ta‘limi darsini mumkin qadar sxemasini, ya’ni har bir elementi ayrim band tarzida yozilgan mufassal rejasini ko‘zdan kechirishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Dars rejasini sxemasini ko‘rib chiqishda o‘z ixtisosiga doir programma temalaridan birining mufassal dars rejasini keltirsa juda yaxshi bo‘ladi. Bundan tashqari, shuni ham aytib o‘tish zarurki ishlab chiqarish ta‘limining keltirilgan dars plani sxemasi programmaning temasiga darsdan kutilgan maqsadga qarab, boshqacharoq tuzilishi ham mumkin. Masalan dars rejasida “o‘tilganlarni so‘rash”, band yoki “o‘rganish mashqlari” bo‘lmasligi ham mumkin, chunki ularni eng murakkab operasiyani o‘rganish vaqtida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Tuzilgan dars rejasiga darsni muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta’minlovchi asbobmoslamalar, materiallar ro‘yxati, shuningdek darsning mufassal konspekti ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |