Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar



Download 9,36 Mb.
bet5/351
Sana08.02.2022
Hajmi9,36 Mb.
#437110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   351
Bog'liq
Texnalogiya fanini o\'qitishda inovatsion pedagogik texnalogiyalar mustaqil

MA’RUZA № 1


TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH FANINING VAZIFALARI,

OB’YEKTI, PREDMETI


Reja:
1.Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar fanining maqsad va vazifalari.

  1. Ta’limda innovatsion va texnologik yondashuvning mazmun-mohiyati

  2. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari

  3. Texnologiya fani o‘qituvchisining innovatsion faoliyati

Tayanch tushunchalar: Ta’lim, tarbiya, ta’lim mazmuni, o‘qitish uslublari, innovatsiya, texnologiya, pedagogik texnologiya, interfaol ta’lim, an’anaviy ta’lim, pedagogik mahorat.
Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar fanining maqsad va vazifalari
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya
tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan1.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar asosida umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni keskin ortib borishi, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilishda o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi, ta‘lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etilayotganligini inobatga olgan holda umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan - Mehnat ta‘limi fani nomi “Texnologiya” fani deb o‘zgartirildi hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqib ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan holda ishlab chiqildi. Texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda -Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitilishi belgilandi. 5-9-sinflarda - Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlariga yangidan - Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi‖, - Elektronika asoslari‖ va - Ro‘zg‘orshunoslik asoslari‖ bo‘limlari kiritilib, mavjud bo‘limlardagi mavzular qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar shakllantiriladi. O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirish asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturi hamda amaldagi o‘quv dasturining qiyosiy tahliliga ko‘ra, 1-sinfda 48,4 %, 2-sinf 47%, 3-sinf 50%, 4-sinf 44%, 5-sinf 40%, 6-sinf 33%, 7-sinfda 48%, 8sinfda 58%, 9-sinfda 59% umumiy hisobda 53% o‘quv dasturiga o‘zgarishlar kiritildi.
Ma‘lumki, mustaqillik yillarida mehnat ta‘limi fanidan o‘quvchilar uchun darslik va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar yaratilmagan edi. Bu borada 2015 yilda 2-, 3- va 5-sinflar uchun - Mehnat ta‘limi darsligi yaratildi va ijara tizimiga kiritildi.
Bugungi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturi asosida mualliflar guruhi tomonidan 1-, 4-, 6-, 7-sinf darsliklari 50%-70%gacha o‘zgartirishlar kiritilib, nashrga tayyorlandi.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o‘quvchi) larni faqat tayyor bilimlarni egalashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o‘quvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga zamonaviy darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib bormoqda. Pedagogik jarayon - ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlaridir.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o‘rganayotgan ba’zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalar bilan bog‘liq.

Download 9,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish