Mavzuning dolzarbligi:Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida barkamol insonni tarbiyalash eng asosiy, kеchiktirib bo`lmaydigan muhim vazifalardan biridir.
O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqil Davlat suvеrеnligini qo`lga kiritgan birinchi kunlaridanoq uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan kеng islohotlar milliy ta’lim–tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg`unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “Milliy modеlni” hayotga tadbiq qilishga qaratildi. Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning istе’dodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estеtik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |