II.2. "Pedagogik texnologiya ","Innovatsiya ","Innovatsion texnologiya "
tushunchalari.
“Pedagogik texnologiya” bu – butun o’qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning
tizimli metodidir».
Texnologiya so’zi yunoncha bo’lib, texne – mahorat, san’at; logos –ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so’z sanoatda yoki qishloq xo’jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qo’llanadigan usul va metodlar yig’indisini bildiradi. Ta’lim jarayoniga nisbatan esa bu tushuncha o’qish va o’qitishning o’zaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta’minlash, rejalashtirilgan
barcha ishlar va amallarni talab darajasida bajarishni anglatadi.Boshqacha
aytganda, ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim berish san’ati, ta’lim berish mahorati ma’nolarini ifodalaydi. Yangi pedagogik texnologiya deyilganda ta’lim berish san’atini ishga solib, uni samarali tashkil etish, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish tushuniladi.
Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o’ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu talim jarayoniga innovasion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo’llaniladigan ilg’or metod va usullar, texnika vositalari, o’qitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir o’quvchi shaxsi, ruxiy o’ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir.
Yangi pedagogik texnologiya o’quvchiga ta’lim jarayonining sub’ekti, ya’ni
faol ishtirokchisi, o’qituvchiga esa shu jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni taqozo etadi. Darsda o’quvchi faol ishlovchi shaxs bo’lib, u butun mashg’ulot jarayonida egallagan bilimlarini xotirada tiklaydi, uni qisman yangi sharoitlarda qo’llaydi, aqliy faoliyat usullarini bajarib, ma’lumdan noma’lumga qarab boradi.
Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati o’quvchini mustaqil fikrlashga
o’rgatish, bilim olishga qiziqish va ehtiyoj uyg’otish, unga kashf etish lazzatini his ettirish demakdir. Pedagogik texnologiya ta’limda o’quvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarning o’z fikrini bayon etishga imkoniyat yaratishdir. Pedagogik texnologiya jarayonida dars o’tishda eng asosiy talab o’quvchining hayotiy tajribasi, avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni
ko’zda tutadi.
Yangi pedagogik texnologiya bo’yicha o’qitishda quyidagilar ta’limning asosiy parametrlari hisoblanadi:
1. Butun o’quv vaziyati boshqarish ob’ekti sanaladi.
2. Ta’limni boshqarish maqsadli bo’lib, o’quvchining mohiyatli, ma’naviy va
ruhiy kuchlarini rivojlantirishni ko’zda tutadi.
3. Ta’lim jarayoni demokratik, rag’batlantiruvchi uslubda bajariladi.
4. Ta’lim jarayonining zaruriy sharti o’quvchining shaxsiy tashabbusini qo’llab quvvatlash, o’qituvchi shaxsinipg ochiqligi, ularning hamkorligi, o’zaro ishonchli munosabatlarni yuzaga keltirishdir.
Pedagogik texnologiya o’ziga xos tamoyillarga ega bo’lib, bular
quyidagilardir:
1. Muayyan dars, mavzu, qism, o’quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish.
2. Umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o’quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo’lgan masalalar tizimini aniqlab olish.
3. Modul ichida echiladigan masalalarning’ har biri bo’yicha test savollarini tuzib chiqish.
4. Maqsadlarga etish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish.
5. Dars qismlari orasidagi zaruriy bog’liqliklarga va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish.
Yangi pedagogik texnologiyalarga bag’ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator o’qitish usullari haqida so’z yuritilmoqda. Bu usullar innovasion metodlar sifatida taqdim etilmoqda. Shulardan texnologiya tili darslarida qo’llanishi mumkin bo’lgan ayrim metodlar xususida so’z yuritamiz.
1. Modulli ta’lim texnologiyasi. Bu o’quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi. Modulli ta’lim texnologiyasining o’ziga xos jihati o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir.
2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi. Uning asosiy g’oyasi o’quv
topshiriqlarini va faqat birgalikda bajarish emas, balki o’quvchilarni hamkorlikda o’qishga o’rgatish, ular o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam va fikr almashinuvini vujudga keltirish.
3. Muammoli ta’lim texpologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar
qo’yish, masalalar va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni echishga qaratilgan muhokamani uyushtirish va xulosalarniig to’g’riligini tasdiqlashdir.
4. Interfaol metod texnologiyasi. O’quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug’dirish. Buning uchun sinf
kichik guruhlarga bo’linadi va dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi.
5. Didaktik o’yinlar texnologiyasi. Dars jarayonida turli didaktik o’yinlarni ko’llash va ular orqali darsda jonlanish, faol harakat va qiziqish uyg’otish.
6. Sinov darslari. O’quvchilarning ma’lum bilim va ko’nikmalarini sinash maqsadida o’tkaziladigan darslar bo’lib, ular test topshiriqlari yoki nazorat
varaqlari orqali o’tkaziladi.
Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika
va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi.Umumiy mazmunda mazkur atama odamlar tomonidan, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushunilgan. Innovatsiya‖ atamasining texniktexnologik yangiliklarni joriy etish sohasida qo’llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatilgan. Mazkur atamaning mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki, har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish), o’shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo’llash jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat – innovatsiya (yangilikni joriy etish)ga aylanadi.
Innovatsiya – bu u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish
maqsadida yangi texnika-texnologiyalarni yaratish, ishfaoliyatni boshqarishning takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy etishga qaratilgan ilmiy-ijodiy faoliyat natijasi.Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli
erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari
va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rangba-rang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush-tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlrani taqdim etadi. shu munosabat bilan innovatsiyalardan keng va samarali foydalanish O’zbekiston davlati uchun bugungi kunda o’ta dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va rivojlantirish, xususan, korxonalar darajasida zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlangan ishlabchiqarishlarni yo’lga qo’yishda uning ahamiyati yanada yuqori baholanadi. Asosiy vositalarning moddiy va ma’naviy eskirishi voqelikning ob’ektiv qonuniyati bo’lib, uni to’htatib qolish qolish mumkin emas. Biroq, asosiy vositalarni rekonstruktsiyalash, aktivlarni restrukturizatsiyalash, yangi texnologiyalar asosida innovatsiya kiritish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish orqali korxona faoliyatini yangilash mumkin. Shuning uchun, respublikamiz korxonalarining aksariyati uchun ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ya’ni ishilab chiqarish quvvatlarini zamonaviylashtirish o’tkir dolzarb masaladir.
Inovatsion texnologiyalarning afzalliklari
- o’qitish mazunini yaxshi o’xlashtiyishga olib kelishi;
- o’z vaqrida aloqalarni ta’minlanishi;
- tushunchalarni amaliyotga qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi;
- o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlarini taklif etilishi;
- motivasiyani yuqori darajada bo’lishi;
- o’tilgan materialni yaxshi eslab qolishi;
- muloqotga kirishish ko’nikmasini takomillashishi;
- o’z-o’zini baholashning o’sishi;
- o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati;
- nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay balki, tanqidiy va mantiqiy fikrlarning rivojlanishi;
- muammolar yechish ko’nikmalarni shakllanishi.
Inovatsion texnologiyalarning kamchiliklari
- ko’p vaqt talab etilishi;
- o’quvchilar har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;
- juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolini past bo’lishi;
- “kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchli”o’quvchilarning ham past baho olishi.
Texnologiya fani darslarida hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini bosqichlari va vazifalari. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari hamkorlik
pedagogikasi asosida shakllangan bo’lib, u an’anaviy pedagogikadan qo’yidagicha farqlanadi: An’anaviy ta’limda o’qituvchi pedagogik jarayonning subyekti, o’quvchi esa obyekti deb qaraladi.
Hamkorlik pedagogikasida esa o’quvchi o’z o’quv faoliyatining subyekti
sifatida qaraladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi pedagogik jarayonning subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bo’ladi. Ular o’zaro hamkor, hamdust, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard, hamboshqaruvchi bo’ladilar. Hamkorlik munosabatlari o’qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan o’quvchilar va o’qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida ham urnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o’quv-tarbiya jarayonini
insonparvarlashtirish tamoyil-larini amalga tatbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlikda o’qitish qo’yidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
—o’quvchining urganish jarayonini boyitadi:
—o’quvchilarga ular o’rtasida tassim qilinib, o’zlashtirilgan kognitiv axborotlar tuplamini beradi;
—o’quvchilarda materialni urganishga ishtiyok uygotadi;
—o’quvchilarning uz shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish
imkoniyatlarini kengaytiradi;
—axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
—o’quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchuy zarur bilimlarni
beradi;
— turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o’rtasida ijobiy o’zaro munosabatlarni oldinga suradi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasiga asoslangan mashg'ulotlarni o’ziga xos turlarga ajratish va ularni amalda qo’llash tizimi mavjud bo’lib, quyida shu mahg’ulotlardan ayrim namunalarni ko’rsatib o'tamiz: uch poronali intervyu; davra suxbati; ruyxat tuzish; muammolar yechishni tashkil qilish; bir daqiqalik ishlar; juftlik izoxlari; muammoni junatish; baholash chizigi; kam uchraydigan birliq jamoa kutuvi; ikki qismlli kundaliq o’zaro savol yo’llash.
Bu mahg’ulot turlarining ko’pida o’quvchilarni kichiq guruhlarga bo’lish, ularga rollar va vazifalar taksim qilish ko’zda tutiladi. Bunda qo’yidagilarni hisobga olinadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari pedarogik jarayonini takomillashtirish va uni o’quvchi shaxsiga yo’naltitirishga asoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor shaxsni aqldantirishga yo’naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ilm sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Hamkorlikda o’qitish mashrulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suxbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani kurish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni uz ichiga oladi. Hamkorlikda o’qitish mahg’ulotlarini tashkil qilishda: o’qituvchi-sinf, o’qituvchi kichik guruh, o’qituvchi-katta guruh, o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi (juftlikda 24 ishlash), kichiq guruh-kichik guruh- kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar qo’llaniladi. Hamkorlikda o’qitish-bu o’qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar guruhi, yakka o’quvchi hamda butun sinf bilan o’zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o'quvchilarning ham o’zaro qo’llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va inter-faol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir. O’quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichiq guruhlarda ishlashadi va o`zlariga hamda uz guruhlaridagi o’rtoqlariga birgalikda yordam berishadi.
Umuman, hamkorlikda o’qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga ega:
1. O’quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o’qitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o’zlashtiriladi.
2. O’quvchilar 2-5 a’zodan iborat tarkibda kichiq guruhlarda birgalikda ishlashadi.
3. O’quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki
O'rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.
4. O’quvchilar ijobiy va mustaqil bo’lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki urganish faoliyati bo’yicha ishlarni tashkil etish, o’quvchilarning bir-birlariga ko'maqlashishlari talab etilishini hisobga olgan holda tuzilgan bo’ladi.
5. O’quvchilar uz ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, o’qishga,
ta’lim olishga, shaxsan mas’uliyatli va javobgardirdar.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari amalga oladigan ayrim noana’naviy dars shakllaridan namunalar:
Matbuot konferensiyasi darsi - dars mavzusini sa-voljavoblar orqali o’zlashtirish mashqi.
Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi - qiziqarli savol-ularga javoblar topish orqali mustaqil fikrlashni o’rgatish mashqi.
Guruhlarda ishlash darsi - o’quvchilarning bir nechta guruhlarga bulinib vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni mustaxkamlash mashqi.
O’zaro o’qitish darsi - o’quvchilarning dars mazmuni bo’yicha matnning ayrim abzaslari yoki shunga o’xshash kichiq bulaqlarini bir-birlariga gushuntirishlarini tashkil etish orqali mavzuni o’zlashtirish darsi.
O’quvchilar olib boradigan dars — dars mavzusini o’quvchilar tomonidan tushuntirib berilishini tashkil etish orqali o’quvchilar faolligini oshirish mashqi.
Tanlov darsi — sinfdagi o’quvchilarning bir yoki bir nechta mavzu bo’yicha
oldindan tayyorgarlik kurgan holdagi tanlovini tashkil etish, goliblarni aniqlash darsi.
Juftlikda ishlash (binar) dars — o’quvchilarning juft bo’lib, dars mavzusini birgalikda o’zlashtirishi yoki bir-birining bilimlarini mustaxkamlashi darsi. Bunda zarur bo’lganda juftliklar dars davomida turlicha uzgar-tirilishi mumkin.
Dialog darsi — o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish va uz fikrlarini bayon etish ko’nikmalarini rivoj-lantirish maqsadida dars mavzusini o’quvchilar bilan dialoglar tashkil etish orqali tushuntirish va mustaxkamlash mashqlaridan iborat.
«Aylana buylab mashq» darsi — o’quvchilarning navbatma-navbat ishtiroki asosida yangi mavzuni o’zlashtirish yoki o’tilgan darsni takrorlab, mustaxkamlash mashqlaridan iborat.
Innovasiyalar darsi — o’quv fani sohasidagi yoki maktab xayotiga tegishli yangiliklarni joriy qilish, shuning- O’quvchilarning ijodiy faoliyatlari natijalarini alda qo’llash bo’yicha taqlif va loyihalar bilan tanishirish darsi bo’lib, o’quvchilarning bilimlarini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning dunyo ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib, ularni o‘quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |