Dеtаl nоmi
|
Fоydаlаnilаdigаn
mikrоmеtr turi
|
Dеtаlning o’lchаshdа аniqlаngаn qiymаtlаri
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nаzоrаt sаvоllаri.
1.Mikrоmеtrlаr qаndаy аsbоblаr?
2. Mikrоmеtrlаrning qаndаy turlаri mаvjud.
3. Mikrоmеtrlаr qаеrlаrdа ishlаtilаdi.
4. Mikrоmеtrlаrdаn qаndаy аniqlikdаgi o’lchаshlаr bаjаrilаdi.
5. Mikrometrlarning o‘lchash chegaralari qaysi oraliqda bo‘ladi?
6. Mikrometrda o‘lchash aniqligi qancha bo‘lishi mumkin?
7. Mikrometr yordamida o‘lchash usullari ketma-ketligini tushuntirib bering.
12-Mavzu: Uzunlikni yassi parallel uch o’lchovlari yordamida mikrometr ko’rchatkichdagi xatolikni aniqlashni o’rganish.
Ishdan maqsad: Yassi parallel uch o‘lchamlarining ishlatilish sohalari, ularning vazifalari bilan tanishish va undan o‘lchash asboblarining ko‘rsatishidagi xatolikni aniqlash uchun foydalanishni o‘rganish.
Kerakli asboblar: Plitkalar to‘plami, mikrometr.
Nazariy qism
Tekis parallel chetlar bo‘yicha uzunlik o‘lchovchi andozalar o‘lchamni uzunlik etalonidan buyumgacha uzatishga hizmat qiladi. Ular o‘lchov laboratoriyalarida, nazorat-
tekshiruv maskanlarida va asbobsozlik sexlarida ishlatiladi va o‘lchamlarning yagonaligi ta'minlashda katta amaliy ahamiyatga ega.
4.1-rasm. Plitkalar
Plitkalarning qolgan o‘lchamlari: eni 9 mm, balandligi 30 mm - 10 mm gacha bo‘lgan nominal o‘lchamlarda; 35 mm - 10 mm dan katta o‘lchamlarda.
Uzunlikning yassi-parallel uch o‘lchovlari qisqacha plitka deb ataladi. Plitka po‘latdan qilingan to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, uning ikki tamoni o‘zgarmas kattalikda, balandligi bo‘yicha o‘lchamlari esa turlichadir. Plitkalarning uch o‘lchovi deb atalishiga sabab, ularning aniq o‘lchamlari to‘g‘ri to‘rtburchakning uchlari (boshlari)da hosil bo‘lishidir. Xar bir plitkaning ish o‘lchami uning o‘rtacha uzunligi bo‘lib, bu uzunlik plitkaning o‘rtasidan shu sirtga qarama - qarshi joylashgan o‘lchash sirtining o‘rtasiga tushirilgan perpendikulyarga teng bo‘ladi.
Yassi-parallel uch o‘lchovlari o‘zlarining ishlanish aniqligi bo‘yicha, ya'ni ularni ishlashdagi dopusklarning kattaligiga qarab to‘rt (0, 1, 2 va 3) sinfga: 0,1,2,3 - sinflarga bo‘linadi. Aniqlik sinflari o‘rta uzunlikdan ruxsat etilgan cheklanishlar va tekis parallellikdan chetlanishlar miqdorlari bo‘yicha belgilanadi. Jumladan, 10 mm o‘lchamli plitka uchun o‘rtalik uzunlikdan ruxsat etilgan chetlanishlar: 0-sinf uchun 0,1 mkm, 1-sinf uchun 0,2 mkm, 2-sinf uchun 0,4 mkm, 3-sinf uchun 0,8 mkm, tekis parallellikdan ruxsat etilgan chetlanishlar: 0-sinf uchun 0,07 mkm, 1-sinf uchun 0,10 mkm, 2-sinf uchun 0,15 mkm, 3-sinf uchun 0,3 mkm. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, chetli andozalarning tayyorlanish aniqligi juda yuqori bo‘ladi.
Ish o‘lchamlarining baholanishi (attestatsiya qilinishi) bo‘yicha, ya'ni plitkaning o‘z o‘lchami qanday aniqlik bilan o‘lchanishiga qarab esa besh razryadga (1, 2, 3, 4, 5) bo‘linadi. O‘lchamlari eng aniq baholangan plitkalarga birinchi razryad beriladi, 5- razryad plitkalarning o‘lchamlari esa qo‘polroq baholanadi. Masalan nominal o‘lchami 100 mm bo‘lgan birinchi razryad plitkaning 100 mm dan iborat o‘lchami 0,1 mkm gacha aniqlik bilan aniqlangan (attestatsiya qilingan), 5- razryad plitkasining o‘sha 100 mm dan iborat nominal o‘lchami 2 mkm aniqlik bilan attestatsiya qilingan bo‘ladi.
Plitkalar yordamida turli o‘lchash asboblari teshkiriladi va sozlanadi (masalan, nisbiy usulda o‘lchashda). Plitkalar turli o‘lchamlarda yasalib 10, 42 va 87 tadan qilib to‘plamlar hosil qilinadi. Davlat standartlari 15 turli plitkalar to‘plamlarni nazarda tutadi.
Mikron to‘plam deb ataladigan to‘plamda 10 dona plitka bo‘ladi, bulardan har birining o‘lchami turlicha bo‘ladi. Brinchi plitkaning o‘lchami 1,001 mm, ikkinchisiniki 1,002, uchinchisiniki 1,003 mm va hokazo, oxirgi 10-plitkaning o‘lchami 1,009 mm bo‘ladi. Boshqa,
masalan 87 dona plitkali to‘plamlarda o‘lchamlari bir- biridan 0,01; 0,1 mm farq qiladigan plitkalar bo‘ladi.
Uch o‘lchovlarining nominal o‘lchamlari.
Uch o‘lchovlarning nominal o‘lchamlari, mm larda
|
To‘plam klasslari
|
0,5,
1,005
1,01; 1,02; 1,03; 1,04; 1,05; 1,06 ; 1,07; 1,08; 1,09; 1,10; 1,11; 1,12; 1,13; 1,14; 1,15; 1,16; 1,17; 1,18; 1,19; 1,20; 1,21; 1,22; 1,23; 1,24; 1,25; 1,26; 1,27; 1,28; 1,29; 1,30; 1,31; 1,32; 1,33; 1,34; 1,35; 1,36; 1,37; 1,38; 1,39; 1,40; 1,41; 1,42; 1,43; 1,44; 1,45; 1,46; 1,47; 1,48; 1,49; 1,5; 1,6; 1,7; 1,8; 1,9; 2; 2,5; 3; 3,5; 4; 4,5; 5; 5,5; 6; 6,5; 7; 7,5; 8; 8,5; 9; 9,5; 10; 20; 30; 40; 50; 60; 70; 80; 90; 100
|
0; 1; 2 va 3
|
Plitkalardan turli o‘lchamli to‘plamlar tuzib olish mumkin, bu maqsadda bir necha plitka bir- biriga pritirka qilib yopishtiradi va shu yo‘sinda ikki, uch ko‘pi bilan to‘rt plitkadan iborat to‘plam tuzuladi. Bir - biriga pritirka qilib (ya'ni yondashadigan sirtlarini obdan jirlab) yopishtirilgan plitkalar to‘plami tarqalib ketmaydi, chunki ularntng obdan yaxshi jilvirlangan sirtlarini ishqalab keltirib yondashtirsak, bu sirtdar bir- biriga qattiq yopishib qoladi. Yondosh ikki plitkaning tutinish kuchi shu qadar zo‘rki, ularni bir – biriga nisbatan ishqalatilmasa, ularni ajratib bo‘lmaydi.
17,105 mm o‘lchamli to‘plamni tuzishga misol. Birinchi plitkani mikron to‘plamidan tuzilayotgan to‘plam qiymatining oxirgi raqamiga moslashtirib olamiz. Bizning misolimizda birinchi plitkaning o‘lchami 1,005 bo‘lishi kerak. Endi 17,105 dan 1,005 ni ayirsak 16,1 mm dan iborat qoldig‘ni topamiz. Ikkinchi plitkani har birinchi qoldiqning, ya'ni 16,1 ning oxirgi raqamiga moslashtirib to‘plamdan olamiz: ikkinchi platkaning o‘lchami 1,1 mm bo‘ladi. 1,1 ni 16,1 dan ayirsak ikkinchi qoldiq 15 mm ga teng chiqadi. Demak, uchinchi va to‘rtingi plitkalarni 10 va 5 mm o‘lchamli qilib olsak bo‘ladi.
Uch o‘lchamlarning muhim vazifalardan biri xalqaro uzunlik etaloni ulchamini - metrni ishlab chiqarishda o‘lchanadigan buyumlargacha tatbiq etishga imkon berishidadir.
Maxsus o‘lchash qurilmasida metrning etaloni yorug‘lik nurlari uzunliklarida belgilab olinadi va uzunlikning ish etalonlari deb ataladigan o‘lchamlarning qiymatlari va o‘z navbatida etalon deb hisoblanadigan 1- razryad uch o‘lchovi uzunligi tekshiriladi.
Metr etalonining aniq qiymatini plitkalar yordamida ishlab chiqarish sharoitida foydalanish sistem asi yuqori razryad plitkalarning o‘lchamlarini past razryad plitkalari o‘lchamlari bilan davriy ravishda taqqoslab turishdan va ishlab chiqarishdagi barcha o‘lchash vositalarni eng aniqlaridan boshlab qœpollarigacha davriy ravshda tekshirib turushdan iborat. Masalan 1- razryad plitkalariga 2- razryad plitkalari, so‘ngra 2- razryad plitkalariga 3- razryad plitkalari. 3- razryad plitkalariga 4- razryad plitkalari va nihoyat 4- razryad plitkalari 5- razryad plitkalari davriy ravshda toqqoslab turiladi.O‘lchamlari eng yuqori baholangan (attestatsiya qilingan) 1- razryad plitkalar asosan faqat standartlar, o‘lchovlar va o‘lchov asboblari ilmiy tekshirish laboratoryalardagina bo‘ladi. Zavodlarda esa ular ishlab chiqaradigan mahsulotning aniqligiga qarab 2- razryaddan 5- razryad yoki 3- razryaddan 5- razryadgacha aniqliqdagi plitkalar bo‘ladi.
Plitkalar yordamida qat'iy belgilangan muddatlarda davriy ravishda hamma o‘lchash asboblari tekshiriladi. Qo‘polroq asboblar, masalan, shtangensirkul 5- razryad plitkalariga taqqoslab, aniqroq asboblar esa aniqroq razryadli plitkalarga taqqoslanadi. Davriy ravishda tekshirish natijasi har bir asbob uchun tutiladigan kartochka (pasport) ga yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |