«Texnologik ta’lim» kafedrasi " Standartlashtirish, metrologiya, va sertifikatsiya"


-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari



Download 4,89 Mb.
bet3/63
Sana23.07.2022
Hajmi4,89 Mb.
#844298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Стандарт, қонунлар. амалий

2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir.Qoraqalpog‘iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi.
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi.
II BO‘LIM. O‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 50-son, 588-modda)
5-modda. O‘lcham birliklari
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. O‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari «O‘zstandart» agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga ruxsat berishi mumkin.Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin.
6-modda. O‘lchamlar birliklarining etalonlari
O‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.
7-modda. O‘lchov vositalari va sinov vositalari
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari va sinov vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.Texnika vositalarini o‘lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish