Jihozni salt holatda sinovdan o`tkazishdan oldin barcha ishqalanuvchi detallar moylash kartasi va sxemasiga asosan moylanadi, mashina ichi ko`zdan kechirilib, barcha begona predmetlar olib tashlanadi, shesternya va tishli g`ildiraklar ilashishlari, tasmalarning shikvlarga va zanjirlarning yulduzchalarga qo`nishi tekshiriladi, mashina qo`l bilan to`liq bir aylanishga aylantiriladi. Undan keyin tasma shkivdan olinib, elektrodvigatel' yoqiladi va valining kerakli yo`nalishda aylanayotganligi ko`riladi, agar aylanish teskari bo`lsa, fazalar almashtirilib ulanadi. Tasma shkivga o`rnatilib tarangligi tekshiriladi.
Birinchi elektrodvigatelni yoqishlar uzoq bo`lmagan muddatda – 5 - 10 daqiqa atrofida bo`ladi. Agar birinchi yoqishlar normal bo`lsa, mashinani salt holat sinovdan o`tkazish muddati uning murakkabligiga qarab 1 soatdan 8 soatgacha bo`ladi. Bunda quyidagilarga e`tibor beriladi:
- mashina bir me`yorda, turkkisiz, begona tovush chiqarmasdan ishlashi;
- yuritma elementlari (uzatmalar, reduktor va boshqalar), podshipniklar, ishqalanuvchi detallar isb ketmasligi lozim;
- ularning isib ketish darajasi yo`riqnoma yoki mashina pasportida ko`rsatilgandan ortiq bo`lmasligi kerak.
Sovutuvchi kompressorlar quyidagi rejimda salt sinovdan o`tkaziladi:
- birinchi bosqich – 3-5 min;
- ikkinchi bosqich – 20-30 min;
- uchinchi bosqich – 6 soat;
- to`rtinchi bosqich – 12 soat.
Uchinchi bosqichdan keyin moyi butunlay almashtiriladi.
Texnologik jihozni yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazishdan oldin barcha himoya vositalari va mashinani o`ta yuklama bilan ishlashini oldini oladigan ehtiyot detallari borligi va aniq ishlashi tekshiriladi. Agar jihoz qayta ishlaydigan xomashyo qimmat bo`lsa, birinchi sinovni arzon materiallar (suv, zardob, boshqa sinov materiali) bilan amalga oshiriladi va ayrim qism va mexanizmlar rostlanib, pasport parametrlari bilan solishtirgandan keyin xaqiqiy mahsulot bilan sinovdan o`tkaziladi.
Yuklama ostida sinovda jihoz va uning yuritmasi o`rnatilgan konstruktsiya, rama va karkaslar mustahkamligi tekshiriladi, jihoz ishlaganda deformatsiya, vallar qiyshiqligi, podshipniklar siljishi yo`qligi, mexanizmlar xarakatining bir-biriga mosligi ko`riladi. Agar shunaka nuqsonlar aniklansa, nuqsonlar montaj ishga tushiruvchi korxona yoki bartaraf yetkazib beruvchi korxona mutaxassislari tomonidan bartaraf etiladi.
Yuklama ostida sinovdan o’tkaziyotganda kichik yuklamadan boshlab asta-sekin katta yuklamaga o’tadilar. Jihozning murakkabligiga qarab yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazish muddati ko`pincha 72 soatgacha bo`ladi. Bir seriyali mashinalar uchun bu muddat 24 soatgacha yetarli bo`ladi.
Yuklama ostida sinovdan o`tkazish Buyurtmachi va ishga tushirish montaj korxonasi mutaxassislari, agar kerak bo`lganda korxona tayyorlovchi mutaxassilari ishtirokida o`tkaziladi.
Sinov boshlanishi oldidan quyidagi texnik tashkiliy ishlar ko`lami bajarilishi kerak:
- buyurtmachi tomonidan yangi ishga tushirilayotgan jihozlarda ishlash uchun ishchi và xizmatchilarni o`qitish;
- buyurtmachi tomonidan ishga tushirilayotgan jihozni sinovdan o`tkazib ishga qabul qilib olish uchun ishchi komissiyasini tuzish;
- ishchi komissiya tomonidan o`rnatilgan jihozni montaj qiluvchi korxona tomonidan yakka sinovdan o`tkazilganligini va jihozni texnik hujjatlarini tekshirish;
- buyurtmachi va sozlash ishga tushirish korxonasi muhandis texnik xodimlari va ishchilarini texnologik jarayonlar operatsiyalari bo`yicha qo`yib chiqish jadvaligi va grafigini tuzish;
- buyurtmachi tomonidan jarayonlarini amalga oshirish uchun bug`, elektrenergiya, qisilgan havo, suv va boshqalarni kerakli hajmda yetkazib berish uchun mas`ul shaxsni tayinlash;
- buyurtmachi tomonidan kompleks sinovdan o`tkaziladigan sexlarda texnika xavfsizligi uchun javobgar shaxs tayinlanishi;
- buyurtmachi tomonidan sinov o`tkaziladigan sexlarda sanitariya ishlarini amalga oshirish (xonani tozalash, jihozlarni yuvish, dezinfektsiya) va sexni ishga tushirish uchun ruxsat olish;
- nostandart, transportlovchi va yordamchi jihozlarni qo`yib chiqish;
- buyurtmachi tomonidan kerakli hajmda xom ashyo, yordamchi va dezinfektsiyalovchi materiallarni, asboblarni tayyorlash;
- moylovchi, jilvirlovchi va boshqa materiallarni tayyorlash;
- mahsulot sifatini tahlil qilib tekshiruvchi laboratoriyaning tayyorgarligini tekshirish;
- kerakli joylarda ogohlantiruvchi yozuvlar qo`yilishi (masalan, nuqsonlarni bartaraf uchun jihoz to`xtatilganda "Ishga tushirilmasin" yozuvini qo’yish.
Kompleks sinov paytida aniqlangan nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etish uchun montaj korxonasi mutaxassislarini navbatchi sifatida qatnashadilar.
Jihozni yuklama ostida kompleks sinovdan o`tkazib, standart sifatli mahsulot olinib, barcha aniqlangan nuqsonlar bartaraya qilingandan keyin ayrim agregat va texnologik tizimlarni ish unumdorligini oshirib, butun texnologik tizimni loyiha quvvatiga chiqarish ishlari amalga oshiriladi.
Jihozni ishlatishning birinchi smenalarida texnologik tizim konveyerlari eng past tezliklarda ishlatiladi va ishchilarning malakalari oshishi sayin konveyer tezliklari oshiriladi.
Jihozlarni loyihaga ko`rsatilgan rejimgacha chiqarilgandan va ishchilar malakasi yetarli darajada yetgandan keyin texnologik tizim maksimal ish unumdorligida sinovdan o`tkaziladi. Erishilgan natijalar dalolatnomada qayd etiladi va jihozlar ishlab chiqarish uchun buyurtmachiga topshiriladi.
Sozlash ishga tushirish ishlarini olib borayotgan korxona jihozlarni sozlash haqida har bir tizim yoki sistema uchun alohida dalolatnoma tuzadi. Barcha sozlash ishlari bitkazilgandan keyin buyurtmachi và sozlovchi korxona vakili imzolaydigan ikki tomonlama texnik dalolatnoma tuziladi. Texnik hisobot tariqasida rasmiylashtirilgan texnik hujjatlar va jihozlarni optimal rejimda ishlatish hamda nuqsonsiz ishlashini ta`minlash uchun ko`rsatmalar buyurtmachiga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |