Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi


Ta’mirlangan agregatlarni sinash va nazorat qilish jihozlari



Download 13,31 Mb.
bet49/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

6. Ta’mirlangan agregatlarni sinash va nazorat qilish jihozlari
a) Dvigatellarni sinash jihozi. Ta’mirlangan agregatlarning sifatini tekshirish ortiqcha mehnat sarfini kamaytirish va haq to’lash tizimini mukammallashtirishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda texnologik jarayonning barcha bosqichlarida sifat nazorati joriy etilmoqda. Buning uchun xalqaro ICO-9001 standarti yaratilgan va u barcha avtomobil zavod va firmalarida keng qo’llanilmoqda.
Ta’mirlashda dvigatelni yig’ish - uzellarni yig’ish va ularni umumiy yig’ishga bo’linadi. Umumiy yig’ish liniyasidan tashqaridagi maxsus postlarda quyidagi asosiy uzellar yig’iladi: porshen bilan shatun, stilindrlar kallagi, tirsakli val bilan maxovik, nasos-forsunka, yuqori bosimli yonilg’i nasosi bilan rostlagich, yonilg’i haydash nasosi, rul mexanizmi gidrokuchaytirgichining nasosi, moy nasosi, moy filtri, stentrafuga, suv nasosi.
Dvigatelni stendda chiniqtirishning uch bosqichi belgilangan: sovuqlayin, qizdirib yuklanishsiz, qizdirib yuklanish ostida. Har bir bosqich ikki bosqichda bajariladi.
Qizdirib yuklanishsiz chiniqtirishda tirsakli valni avval 1000-1200 min-1 chastota bilan 20 daqiqa mobaynida, so’ng 1500-2000 min 1 chastota bilan 15 daqiqa mobaynida aylantiriladi. Qizdirib chiniqtirishning birinchi bosqichida 11-15 kVt yuklanish hosil qilinadi va tirsakli val 25 daqiqa mobaynida 1600-2200 min-1 chastota bilan aylantiriladi. Ikkinchi bosqichda yuklanishni 29-44 kVt ga etkaziladi, tirsakli valning aylanish chastotasi 2500-2800 min-1, davomiyligi esa 25 daqiqani tashkil qiladi.
KamAZ-740 dizel dvigateli uchun sovuqlayin chiniqtirishni beshta bosqichda, tirsakli valning aylanishlar chastotasini 600 dan 1400 min-1 gacha o’zgartirib, 40 daqiqa mobaynida amalga oshiriladi. Qizdirib yuklanishsiz chiniqtirishni 10 daqiqa mobaynida, tirsakli val 1400 min-1 aylanishlar chastotasida o’tkaziladi. Qizdirib yuklanish ostida chiniqtirish oltita bosqichda tirsakli valning aylanishlar chastotasini 1600 dan 2600 min-1 gacha, yuklanishni esa 22,1 dan 132,3 kVt gacha o’zgartirib amalga oshiriladi. Bunda chastota va yuklanish har 10 daqiqali intervaldan so’ng o’zgartirib boriladi, oxirgi ikkita 5 daqiqali intervalda esa o’zgartirilmaydi. Ushbu dvigatellar uchun qizdirib yuklanish ostida chiniqtirishning umumiy davomiyligi 50 daqiqani tashkil qiladi. Umuman, dvigatel 100 daqiqa mobaynida chiniqtiriladi.
Chiniqtirish davrida barcha birikmalarning zichligi, kuchli taqqillashlar va shovqinlarniig bor-yo’qligi, yonilg’i, suv va moyning tashqariga sizib chiqishi, shuningdek, biriktirilgan joylardan gazlarning chiqish-chiqmasligi tekshiriladi. Dvigatelda aylanishlar chastotasi va yuklanishlarning keskin o’zgarishiga yo’l quyilmaydi. Chiniqtirish yakunlangandan so’ng dvigatel qisman nazorat uchun ochib ko’riladi.
Agar dvigatelda silindr bloki, tirsakli va taqsimlash vali, bitta yoki bir necha porshen, silindr gilzasi, o’zak yoki shatun podshipniklaridagi ichquymalarning yarim, ikkitadan ortiq porshen halqalari almashtirilgan bo’lsa, u holda takroriy chiniqtirish o’tkaziladi.
Asosiy ta’mirlashga belgilangan texnik shartlarda dvigatelni sinovdan o’tkazish ham ko’zda tutilgan. Sinov yig’ish sifatini va dvigatelni ishlatish sharoitlariga tayyorligini tekshirish uchun imkon beradi. Sinov paytida taqillashlar, qadalishlar, sizishlar, o’ta qizish, kuchli shovqinlar, titrashlar, quvvatning yo’qolishi va boshqa nuqsonlar bor-yo’qligi aniqlanadi.

Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish