Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi



Download 13,31 Mb.
bet45/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

2.Estakadalar -temir betondan, metall konstrukstiyalardan yoki yog’ochdan balandligi 0.7-1.4 m qilib ishlangan bo’lib, 20-25% qiyalikdagi chiqish va tushish rampalari bo’lgan ko’priklardan iborat bo’ladi. Ular boshi berk va boshi ochiq, hamda qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan bo’lishi mumkin. Avtomobilning ustidan, yonidan va tagidan birdaniga ish bajarish uchun ular chuqur bo’lmagan ko’rish ariqchalari bilan birgalikda jihozlanadi. Avtomobillarga dala sharoitlarida TXK va T ishlari bajarilganda hamda avtomobillarni qo’lda yuvishda estakadalardan foydalaniladi.


Ko’targichlar
O’rnatilishi (5.21-rasm) bo’yicha ko’targichlar qo’zg’almas va harakatlanuvchan, ko’tarish mexanizmi bo’yicha mexanik, gidravlik va pnevmatik, ishga tushirilishi bo’yicha qo’l bilan boshqariluvchi va elektrotexnik, joylashishi bo’yicha pol ustida va ko’rish ariqchasida bo’lishi mumkin.
Ko’targichlarning bitta, ikkita, uchta va to’rtta ustunligi va avtomobillarni qiyalatuvchi turlari bo’lishi mumkin. Ko’targichdagi tayanch ramaning tuzilishi bo’yicha koleyali, koleyalararo va ko’ndalang ramali hamda tayanch traversali turlarga bo’linadi. Avtokorxonalarda va texnik xizmat ko’rsatish shaxobchalarida elektromexanik va gidravlik ko’targichlar keng qo’llaniladi.


5.21-rasm. Ko’targichlar tasnifi

Elektromexanik ko’targichlar 1, 2, 4 va 6 ustunli bo’lib, ularning yuk ko’tarish qobiliyati 1,5-14 tonnagacha bo’ladi. Ikki ustunli elektromexanik ko’targich (5.22-rasm) 2 ta korobkasimon ustundan-1 va ko’ndalang birikmadan-7 iborat bo’lib, har bir ustun ichiga yuk ko’tarish gaykasi, harakatlanadigan yuruvchi vint joylashgan. Gaykaga koretka 2 o’rnatilgan bo’lib, unga ushlagichlar 3 sharnir yordamida joylashtirilgan. Yuk ko’taruvchi (harakatlanuvchi) vintlar elektrodvigatel 5 yordamida ustunlardan biriga o’rnatilgan reduktor 6 orqali harakatga keltiriladi, boshqa vintga harakat ko’ndalang birikma 7 ichiga o’rnatilgan zanjirli uzatma yordamida etkaziladi. Ko’targichni boshqarish tugmachali uzgich-ulagich 4 yordamida bajariladi. Ko’tarish balandligi 1800 mm ni, ko’tarilish vaqti 45-60 s tashkil qiladi. Ikki ustunli ko’targichda avtomobil kuzov tayanchlari orqali ko’tarilganligi sababli, uning yurish qismiga ham xizmat ko’rsatish yoki ta’mirlash imkoniyati tug’iladi.





Plunjerlar soni

Pol ustidagi

Ko’rish cho’quridagi

Pol ustidagi

Ko’rish cho’quridagi

Tayanch ustuni soni

Bir plunjerli







Bir ustunli

Ikki plunjerli

Ikki ustunli

Uch plunjerli



Uch ustunli

Ko’p plunjerli

Ko’p ustunli

MDH davlatlarida 2 t yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan “P-133” va “P-145” modelli engil avtomobillarni ko’tarishga mo’ljallangan elektromexanik ko’targichlar ishlab chiqariladi.





5.22-rasm. Ikki ustunli 17,1 va Sorokin rusumli elektromexanik ko’targichlar

Avtoservis korxonasi sharoitida ko’targichlardan foydalanish, ular bilan jihozlangan xizmat ko’rsatish ishlari bajariluvchi ishchi postlarni har qanday tekis polli joylarda tashkil qilish imkonini beradi.


5.23-rasmda ikki ustunli fermali (a), to’rt ustunli elektromexanik (b) va ikki ustunli gidravlik (v) ko’targichlar keltirilgan.
Qo’zg’almas polda joylashuvchi ko’targichlar bir, ikki, uch va ko’p plunjerli (stilindrli) gidravlik hamda 2, 4, 8, 12 t va undan og’ir yuk ko’taruvchi bo’ladi.
Katta yuk ko’taradigan yuk avtomobillariga TXK va JT ishlarida, yuk ko’tarishi 16 t bo’lgan 2 plunjerli elektrogidravlik ko’targichdan foydalaniladi.
Ko’rish chuquridagi ko’targichlar qo’rish chuquriga o’rnatilgan bo’lib, oldingi va keyingi ko’priklarni ko’tarib, qo’rish chuquridagi ishlarni bajarishga mo’ljallangan. Bunday ko’targichlar gidravlik va elektromexanik bo’lib, bir, ikki va to’rt ustunli bo’ladi.

a-fermali elektromexanik ko’targich

b-to’rt ustunli elektromexanik ko’targich


v-ikki ustunli gidravlik ko’targich



5.23-rasm. Ikki ustunli fermali (a), to’rt ustunli elektromexanik (b) va ikki ustunli gidravlik (v) ko’targichlar



Undan tashqari, bunday ko’targichlar qo’rish chuquriga qo’zg’almas qilib, yo’naltiruvchi to’sinlarga turli kronshteynlar yordamida o’rnatilib, ular roliklar yoki g’ildirakchalar orqali harakatga keltiruvchi qilib o’rnatilishi mumkin. Bir plunjerli gidravlik ko’targich transmissiya agregatlarini avtomobildan echib olish va o’rniga qo’yish uchun mo’ljallangan. Ko’targichdan turli maqsadlarda foydalanishda, uning shtogi uchiga har xil ilgaklar o’rnatiladi.
Ko’rish chuquriga o’rnatilgan ko’targich bo’ylama hamda ko’ndalang yo’nalish bo’yicha harakatlanib, 4 tonnagacha bo’lgan yukni 60 sm balandlikkacha ko’taradi, uzatmasi qo’lda.



Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish