2.4 Bug’ qozoni ish rejimlarini avtomatik rostlash tizimlarini loyihalashning funksional sxemani ishlab chiqish.
Bug’ qozonlari va suv isitish boylerlari avtomatlashtirish obyektlari hisoblanadi. Bu yerda ekonomayzer, bug’ qozoni va issiqlik almashtirgichlardan foydalaniladi. Avtomatlashtirishning funksional sxemasida apparatlar zanjiri ko’rsatilgan.
Dastlab ta’minot liniyasidan suv ekonomayzerga suv ta’minoti nasosi orqali yetkaziladi. Ekonomayzerda dastlabgi qizdirishdan so’ng suv harorati o’lchanadi va bug’ qozoni ichidagi barabanga quyiladi. Bu yerda haroratni o’lchash uchun OPTITEMP TT 53 C (2-3) vositasi o’rnatilgan. Bug’ qozonidagi barabanga OPTIBAR DP 7060 bosimlar farqi orqali sath o'lchash qurilmasi (2-1) o’rnatilgan va bu qurilmalar ko’rsatkichlari orqali 2-6 nasos agregati nazorat qilinadi. Agarda barabanda suv sathi oshib ketsa 2-6 qurilmasi to’xtatiladi.
Bug’ qozonida suv barabandan chiqib, superheater orqali bug’ga aylanadi va bug’ liniyasiga uzatiladi. Bug’ qozoni yoqilg’isi tabiiy gaz hisoblanadi. Qozondan chiqish liniyasida haroratini o’lchash uchun OPTITEMP TT 53 C o'lchash qurilmasi (1-9), bosimini o’lchash uchun OPTIBAR PM 5060 o'lchash qurilmasi (1-11), bug’ qozoni ichida haroratni o’lchash uchun OPTITEMP TT 53 C (1-3) qurilmasi, qozon gorelkasi tabiiy gaz liniyasida bosimni o’lchash uchun OPTIBAR PM 5060 (1-3) qurilmasi, tabiiy gaz sarfini o’lchash uchun OPTIBAR DP 7060 (1-1) qurilmasi, havo ta’minoti liniyasiga OPTIBAR PC 5060 (1-7) bosim o’lchov qurilmasi, tutun chiqarish liniyasiga haroratini o’lchash uchun OPTITEMP TT 53 C(1-13) qurilmasi, tutun tarkibini analiz qilish uchun Rosemount CCO 5500 (1-15) qurilmasi o’rnatilgan. Bu qurilmalar ko’rsatkichlari orqali tabiiy gaz liniyasiga o’rnatilgan 1-18 va havo liniyasiga o’rnatilgan 1-20 rostlash qurilmalari nazorat qilinadi. Sababi qozon ichidagi bosim va harorat, hosil bo’lgan bug’ harorati, bosimi va miqdoriga qarab qozon ish rejimi boshqariladi.
Bug’ kollektori liniyasiga kirishda bug’ sarfini o’lchash uchun OPTIBAR DP 7060 (1-1) qurilmasi va 3-4 rostlash qurilmasi o’rnatilgan. Bu qurilmamizni bug’ iste’moliga qarab sozlanadi va nazorat qilinadi. Hosil bo’lgan bug’ni issiq suv olish uchun boylerga ham yo’naltiriladi. Boylerda 2 kirish va 2 chiqish bor. Sovuq suv kiritiladi va issiq suv bo’lib chiqadi, bug’ kiradi va kondensat bo’lib chiqadi. Boyler ichida bug’ kondensatga aylanadi va sath hosil qiladi. Sathni nazorat qilishimiz uchun boyler ichiga OPTIBAR DP 7060 (4-1) bosimlar farqi orqali sath o'lchash qurilmasi, issiq suv temperaturasini o’lchash uchun OPTITEMP TT 53 C (4-3) qurilmasi, issiq suv liniyasida bosimni o’lchash uchun OPTIBAR PC 5060 (4-5) qurilmasi, issiq suv sarfini o’lchash uchun OPTISONIC 3400 (4-7) qurilmasi o’rnatilgan. Bu qurilmalar ko’rsatkichlari orqali 4-10 va 4-14 rostlash qurilmalari, 4-12 nasos agregati nazorat qilinadi.
Barcha o’lchash qurilmalari boshqarish shitiga, kontrollerga yuboriladi va ma’lumotlar qayta ishlanib, jarayon boshqariladi va nazorat qilinadi. Agarda qiymatlar belgilangan miqdorlardan chiqib ketsa, signalizatsiga ishga tushadi, avariya holatlarida jarayon qurilmalari o’chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |