Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish


TJABTni yaratish prinsiplari



Download 81,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/75
Sana21.12.2022
Hajmi81,84 Kb.
#893543
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG

TJABTni yaratish prinsiplari. 
TJABTni yaratish va joriy qilish murak- 
kab va m ehnattalab jarayon. Bu boshqarishning ilg‘or va rnurakkab 
uslublarini joriy qilish, TJABT ning ko‘p komponentliligi, ayrim ta ’mi- 
notlarni ishlab chiqishda yondashishning tizimliligi, qo ‘yilgan vazifalarning 
va texnik vositalar majmuasining murakkabligi bilan izohlanadi.
Vazifani shu narsa ham murakkablashtiradiki, bunda m azkur turdagi 
tizim larni ishlab chiqishda yangi texnikani joriy qilishning odatdagi 
sxemasidan foydalanib b o ‘lmaydi: tajriba nam unasini yaratish, uning ish 
xususiyatini, loyihani tekshirish natijalariga ko‘ra tuzatish, oxirgi variantni 
yaratish. Avtomatlashtirilgan texnologik kompleks (ATK) ishga tushirilma- 
guncha boshqaruv tizimining ish xususiyatini um um an tekshirish mumkin 
emas. Bu TJABT ni ishlab chiqishda dastlabki qarorlarning javobgarligini 
orttiradi.
TJABT va BTO ning birgalikda amal qiluvchi to ‘plami (majmuasi) 
avtomatlashtirilgan texnologik kompleks (ATK) deyiladi.
BTOda vaqt o'tishi bilan m uhim o ‘zgarishlar yuz bergani sababli katta 
murakkabliklar yuzaga keladi, bu esa boshqarishning joriy etilgan vazifa- 
larini zamonaviylashtirishni taqozo etadi. TJABT ning o ‘zi ham takom il- 
lashtiriladi — kelajakda TJABT normal ishlashi uchun boshqarish vazifalari 
ortadi va o ‘zgaradi, ATK evolutsiyasi oldindan rejalashtirilishi kerak, bu 
qo ‘shim cha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Y uqorida sanab o ‘tilganlarning ham m asi TJABT ni yaratishning 
um um iy prinsiplariga majburan rioya qilishni talab qiladi. Ularni qarab 
chiqamiz.
Yangi vazifalar prinsipi shundan iboratki, bunda TJABT ni tadbiq 
qilishda boshqaruv hisoblash kompleksi (BHK)ga azaldan a n ’anaga kirib 
qolgan boshqarish vazifalarini rad etish mumkin emas; ularni hisoblash 
texnikasining imkoniyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish kerak. 
B uning u c h u n m e h n at, m oddiy va en erg etik resurslarni aniqlash 
maqsadida BTO ni mufassal tahlil qilish kerak. Tahlil natijalariga muvofiq, 
hisoblash texnikasi yordam ida hal qilinishi m um kin bo ‘lgan vazifalar 
ro ‘yxati tuziladi. Bu masalalarning hal etilishi boshqaruvning to ‘liqligini, 
o ‘z vaqtida bo‘lganligini va optimalligini ta ’minlashi kerak.
Tizimli yondashish prinsipi shundan iboratki, birinchidan, ATK ning 
ikkala tashkil etuvchilariga bir vaqtda (tizimli) yondashish; boshqarish 
tizimiga ikkinchi darajali deb, BTO ning ustqurmasi deb qarash mumkin 
emas. BTO ni yaratishda uni boshqarish imkoniyatlari va zaruratini 
hisobga olish kerak: uni hududlarga ajratish, qo‘shimcha aralashtirgichlar,


isitkichlar, nasoslar va hokazolar o ‘rnatish, ikkinchidan, TJABT ni 
y aratish d a alo h id a t a ’m in o tlarn i ishlab chiqishga tizim li va rejali 
yondashish zarur.
Tizimli uzluksiz rivojlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda tizimda 
xotiraning zaxiradagi hajmlari va obyekt bilan aloqa qiluvchi qurilmalar, 
zaxira qilib kiritilgan datchiklar va membranali ijro mexanizm (M IM ) lari 
bilan ifodalanuvchi uning rivojlanish imkoniyatlari kiritilishi kerak. Aks 
holda TJABT BTOning rivoji uchun to ‘sqinlik qilishi mumkin.
Maksimal ongli turlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda ishlab 
chiqilayotgan qarorlar, o ‘zgarishlar minimal b o ‘lganda faqat ishlab chiqi- 
layotgan TBO uchungina to ‘g ‘ri kelib qolmay, balki boshqa obyektlar 
uchun ham to ‘g ‘ri kelsin. Prinsipni amalga oshirishning asosiy prinsipi — 
tipaviy (umumiy) qarorlarni ishlab chiqish va bu qarorlardan TJABT ni 
ishlab chiqishda keng foydalanishdir (bu ishlab chiqishga ketadigan 
harajatlarni ikki m arta kamaytiradi).
Yagona axborot bazasi prinsipi mashinali eltuvchilarda (disklarda, 
tasm alarda) tizim hal qiladigan ham m a masalalar uchun um um iy axborot 
bazasini yaratishdan iborat. Bu bilan axborotning takrorlanishiga, turlicha 
tushunchalarga (masalan, bitta kattalik bir necha m a’lum ot massivlarida 
turli xil qiymatga ega bo ‘lganda) chek qo‘yiladi va boshqarishning aniq 
vazifalari uchun ishchi massivlarining shakllanishi uchun sharoit yaratiladi.
Tizimining o ‘tkazish xususiyatlarining kelishilganlik prinsipi shundan 
iboratki, bunda tizim o ‘tkazish xususiyati teng qiymatli elem entlardan 
ishlab chiqilishi kerak. Bir tom ondan, obyekt bilan aloqa qurilmasi (OAQ) 
datchiklar va ijro mexanizmlari soniga teng bo ‘lishi, ikkinchi tom ondan, 
boshqaruvchi hisoblash kompleksi (BHK) ning hisoblash quw atlariga teng 
bo‘lishi kerak, xotira hajmlari BTO ning axborot quw atiga mos kelishi 
kerak va hokazo.

Download 81,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish