Nazariy -qismini yozish tartibi - Kurs ishining «Nazariy» bo‘limida topshiriq bo‘yicha loyihlanishi lozim bo‘lgan jarayon to‘liq yoritiladi. Bunda talaba «Yengil sanoat jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish» fani bo‘yicha tayyorlangan ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmua, o‘quv qo‘llanma, darslik, shuningdek internet manbaalaridan, fanga oid bo‘lgan jurnal materiallaridan samarali foydalanishi ko‘zda tutiladi.
«Texnologik» qismi - Kurs ishining «Texnologik» qismida texnologik jarayonni amalga oshirish ketma-ketlikda keltiriladi. Tegishli jarayonni amalga oshirish uchun talab etilgan vaqt bosqichlar bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi, tegishli mahsulotni ishlab chiqarish jarayonining ketma - ketligi grafik ko‘rinishi beriladi. Bu qiymatlar tegishli adabiyotlardan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |