Yordamchi yurish – texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, keskich asbobning tanavorga nisbatan bir marta siljishidan tashkil topib tanavorning shakli, o’lchamlari, yuzalar tozaligi yoki xossalari o’zgarishi kuzatilmasdan, lekin ishchi yurishni bajarish uchun zarur bo’lgan harakatga tushuniladi. Buni salt yurishlar desa ham bo’ladi.
O’rnatish – texnologik amalning qismi bo’lib, ishlov beriluvchi tanavorlar yoki yig’iluvchi yig’ilma birliklarning moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan holatiga tushuniladi.
Texnologik amallar, bir yoki bir necha o’rnatuvlarda bajarilishi mumkin.
Masalan: tokarlik dastgohida po’lat valikni uch quloqli patronga o’rnatib bitta tarafiga ishlov berib bo’lgandan keyin uni bo’shatib, birinchi ishlov berilgan tomoni bilan uch quloqli patronga qaytadan o’rnatib, ikkinchi tomoniga ishlov berilib, TA tugatilsa, TA ikkita o’rnatuvda bajarilgan hisoblanadi va h.k. Yo’ni, TA bitta, ikkita va birnecha o’rnatuvlarda bajarilishi mumkin.
Ishchi joy – Mehnat predmetlari joylashgan korxona strukturasining elementar bo’lagi (u erda ishni bajaruvchilar, ular tomonidan ishlatiluvchi texnologik asbob-uskunalar, konveyerning qismi, vaqtinchalik uskunalar, yuk ko’taruvchi kranlar joylashtiriladi), 1.1–rasmga qarang (GOST 14.004–83).
1.1-rasm. Ishchi joy sxemasi: a)- tokarni; b)- chilangarni. 1-dastgoh (verstak), 2-asbob-uskuna shkafi, 3- ishchi, 4- tahta panjara, 5- stol, 6-yashik, 7-shkaf, 8-kran.
Holat (pozitsiya) deb, – moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan ishlov beriluvchi tanavor yoki yig’iluvchi yig’ma birlikning moslama bilan birgalikda, keskich asbobga yoki dastgohning biron qo’zg’olmas qismiga nisbatan egallagan, o’rniga aytiladi. Holat asosan: to’xtab–to’xtab aylanuvchi holatli stollarda (agregat dastgohlarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik liniyalar, MIT, MIU, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka shaklidagi detal ichki teshigiga to’rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak bo’lsin (1.2 – rasm).
1.2- rasm. 4 holatli agregat dastgohi: 1 holat- tanavorni o’rnatish
va tushirish. 2 holat-parmalash, 3 holat-zenkerlash, 4 holat-razvertkalash
Harakat (priyom) – texnologik o’tuv yoki uning qismini bajarishda, bir maqsadga birlashtirilgan tugallangan ishchi harakatlarining yig’indisi. Masalan, tanavorni moslamaga o’rnatib va tushirib, yordamchi o’tishni bajarishda ketma-ket quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo’ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga o’rnatilsin va mahkamlansin, dastgoh ishga tushirilsin. Dastgoh to’xtatilsin, tanavor moslamadan bo’shatilsin va jihoz yashikka solib qo’yilsin va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |