8Atrof muxitni muxofaza qilish.
Bizning Respublikamizda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalardan biri bo‘lib azot ishlab chiqarish korxonalari hisoblanadi. 1963 – yilda olimlar ta’kidlab o‘tganidek, azot zavodlari tashlamalaridagi azot oksidlari atmosfera havosining 200 m3 zonasini ifloslaydi. Mutaxasislarni fikricha azot oksidlari bilan ifloslangan havoning uzoq muddatli ta’siri natijasida turli tish va milk kasalliklari, nafas organlariga ta’sir etishi aniqlandi. Atmosfera havosining maksimal azot (II) oksidi RCHEK 0,085 mg/m3 ammiak 0,2 mg/m3, ammiakli selitra 0,3 mg/m3 ni tashkil etadi.
Men loyihalagan karbamid ishlab chiqarish sexidagi mehnat va atrof muhitni muxofazasini boshqarish sistemasi asosiy vazifalari:
Ishchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitish va mehnat muxofazasini targ‘ib qilish.
Ishlab chiqarish jihozlarining xavfsizligini ta’minlash.
Ishlab chiqarish jarayonlarining havfsizligini ta’minlash.
Ish sharoitini sanitar-gigiyenik axvolini meyorlashtirish.
Karbamid individual himoya vositalari bilan ta’minlash karbamid ishlab chiqarish korxonasida bosim ostida komunikatsiya va apparatlar siljituvchi jihozlarni “Elektr” jihozlari, zararli va portlovchi moddalar xavf tug‘diradi.
Atmosfera havosining maksimal azot (II) oksidi RCHEK 0,085 mg/m3 ammiak 0,2 mg/m3, ammiakli selitra 0,3 mg/m3 ni tashkil etadi.
Zaharli moddalar NH3, CO, CO2 inson organizmiga ko‘proq nafas organlariga gaz, bug‘, chang shaklida kiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish binolarini isitish va ventilyasion qurilmalar bilan ishchi personal individual himoya vositalari bilan ta’minlanadi. Ventilyatsiya tabiiy, mexanik va aralash bo‘lishi mumkin. Bitta ishlovchiga 20 – 40 m3 gacha keladigan ishlab chiqarish xonalarida ventilyasiya bir ishchiga 20 m3/soat havo aralashuvini ta’minlashi kerak. Ventilyatsion qurilmalardan haydab chiqilayotgan havo atmosferaga chiqarilishdan oldin chang va zaharli moddalardan tozalanishi lozim. Isitish sistemasi xona turiga va xonada alangalanadigan gazlar chang, bug‘ borligiga qarab tanlanadi.
Portlash, avariya, yong‘in va baxtsiz xodisalarni oldini olish uchun texnologik parametrlar belgilangan normadan ortib ketganda, butun agregat yoki uning ma’lum qismini to‘xtatuvchi blokirovkalar bilan ta’minlangan. Blokirovkasiz agregatni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi.
a) Agregatni yoki uning ayrim qismlarini avtomatik to‘xtatish uchun avariya holatidagi to‘xtatish tugmasini, shuningdek tabiiy gazni BNG 172 va ammiakni kontakt qurilmalarga kelishini to‘xtatuvchi tugmachalar bo‘lib ular NBP daj oylashgan.
b) qurilma va trubaprovodlarda bosimni yo‘qolishidan saqlovchi tugmalar bor.
v) dearatorda bosimni saqlovchi N=5500 mm li gidrozatvor o‘rnatilgan
g) ammiakning xavfli konsentratsiyalarni xosil bo‘lishini oldini olish uchun ammiak miqdori ortib ketganda signal beruvchi havoni avtomatik nazorat qilish qurilmasi va ventilyasiya qurilmasini avtomatik ishga tushirish moslamasi mavjud
Texnologik rejimning buzilishi yoki jihozlar nosozligi natijasida faqat mexanik buzilishlariga emas balki ishchi zonasiga katta massadagi zararli moddalarni chiqishiga olib keluvchi portlashlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday moddalarga quyidagilar kiradi:
Ammiak NH3, ammiakli suv, is gazi, CO2 ishchi binolarda ruxsat etilgan konsentratsiya 30000 mg/m3 CO-(RECHK–20 mg/m3), uglerod oksidi va vodorodning havo bilan aralashmasi nitrogazlar, nitrat kislota suyuqligi va nitratli tuzlar eritmasi.
Karbamid ishlab chiqarish sexining havflilik darajasi quyidagilardan iborat.
Avariya hollarida ishchi binolariga katta miqdorda ammiak NH3 CO ning chiqib tarqalishi va xizmatchi shaxslar organizmiga ta’siri – 6000 VT, 300VT, 220VT kuchlanish, 50Gs chastotali qurilma dvigatellarini ishga tushirish uchun qo‘llaniladigan elektr energiyasi.
Yuqori parametrga ega bo‘lgan bug‘larning qo‘llanilishi: bosim – 35 kg/sm2, harorat – 3500C.
ko‘p miqdordagi mexanizmlarning siljuvchi qismlari.
Portlash mumkin bo‘lgan ammiak havo, vodorod-kislorod aralashmalari hosil bo‘lishi, o‘z-o‘zidan yonuvchi surkov moylari, joylashgan latta va qog‘ozlar.
Bug‘ va eritmalarning, ammiakning teriga termik ta’siri. Bu jaroxatlanish havflarini oldini olish maqsadida ishlab chiqarishda maxsus o‘qitish va ishlab chiarish havfsizligi talabi instruksiyalari tashkil etilgan zararlanishning oldini olish, organizm himoyasi uchun har bir kishiga shaxsiy himoya vositalari berish, bulardan tashqari ishlab chiqarishning binolari, yonish, portlash xavflari ham bor. Yonish vujudga kelgan taqdirda uni avtomatik ravishda bartaraf etish yo‘lga qo‘yilgan. Yonishdan himoya qilinish lozim bo’lgan binolar: 1. 804/1- korpus yordamida yordamchi binodagi kabel binolari yong‘in xavfi bo‘yicha B va A toifaga kiradi. 2. 803 korpus kompresiya bo‘limidagi qabul binolari, yong‘in xavfi B va A toifaga kiradi.
Bunda yonuvchi material bo‘lib elektr kabellari hisoblanadi.
SN va PP–90–81 asosida bu binolar “V” toifaga kiradi.
Umuman olganda karbamid ishlab chiqarish binolariga yong‘inga qarshi klassifikatsiya asosiy bo‘limi va tashqi qurilmalarning portlash va yonish elektr qurilmalari va sanitar xarakteristikasi asosida klassifikatsiyasi bo‘yicha B toifaga kiradi. Texnik shartlar klassifikatsiyasi bo‘yicha V -1 b sinfiga qarashli markaziy boshqaruv pulti operator xonalari, O toifaga kiradi.
Klimatik jarayon va sharoit xususiyatini hisobga olgan holda qurilmalarning ko‘p qismi binodan tashqari ochiq maydonda, etajerkalarda joylashtirilgan. Bu esa ham iqtisodiy jihatdan qulay ham gaz havo aralashmalarining portlash xavfini kamaytiradi. Jarayon bosqichlarini avtomatik va MBA dan boshqarish ko‘zda tutilgan. Bu ishchilarning agregat oldida ko‘p va turishlarini bartaraf etadi.
Barcha bino va etajerkalar evakuatsion chiqish va pilompoyalarning zarur miqdori bilan ta’minlanadi. Binolar fundamentini bir butun temir beton ustunchalaridan bajarish rejalashtirilgan.
Sexlarda barcha trubaprovodlar paralel joylashgan, oralig‘i 10 sinaga, o‘zaro har 20... 25 m dan yuqori bo‘lgan rezervuarlar diametrlari qarama-qarshi tomonda 2 tadan kam bo‘lmagan holda himoyaviy yerga ulangan.
Karbamid ishlab chiqarish xom ashyosi gazsimon NH3 va CO2 eng zaxarli moddalar qatoriga kiradi.
Korxonada ishlayotgan xodimlarni xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi ishlar qilingan.
-Texnologik jarayonni asosiy bosqichlari avtomatlashtirilgan.
-Korxonadagi hamma apparatlar va kamunikatsiyalar germetik holda ishlaydi.
-Ammiak trubaprovodlarni flanetslari maxsus qavat bilan qoplangan.
-Korxona sun’iy ventilyatsiya bilan ta’minlangan.
-Qurilmalarni berk xonalarida ammiak konsentratsiyasi avtomatik ravishda boshqariladi.
Texnologik qurilmalar etajlarda va ochiq maydonda joylashgan etajlar orasida masofa 0,00 m 72 m, 12m .
Karbamid sexida asosiy xavf quyidagicha:
Ishchi xonasida NH3 va CO2 ni chiqish odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
-Elektr qurilmalarini ishlash kuchlanishi 600v, 380v, 220V, chastatasi 50Gs
-Yuqori bosim ostida bug‘ni chiqishi.
-Xavfli portlash xavfiga ega bo‘lgan aralashmalarni bo‘lishi.
-Bug‘ni va issiq mahsulotni kishi tanasiga termik ta’siri.
Karbamid ishlab chiqarish sexida quyidagi ximoya vositalari ishlatiladi: Shlangli protivogazlar asosan quduqlarda, sig‘imli idishlarda, sisternalarda, shaxtalarda ish bajarilganda ishlatiladi. Ishlar asosan 2 kishi ishtirokida bajariladi. (1 kishi qarab turuvchi va 1 kishi ish bajaruvchi).
-PSh 1-shlangining uzunligi 10 metr bo’ladi.
-PSh-2 shlangining uzunligi 20 metr bo’ladi.
Filtrli gaz niqoblar belgilanishi va ximoyalash muddatiga qarab markalarga va ximoya sinflariga bo’linadi. Zararli moddalar o‘zining fizik-kimyoviy xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda sinflarga bo‘linadi va xarflar bilan belgilanadi.
Ularning belgilanishi:- aerozolga qarshi – RX;- gazga qarshi – Gaz X;- kombinirlangan – Gaz XRX.
Gaz so‘zi – zararli moddalar sinfini, X – ximoya sinfi 1,2 va 3 ni bildiradi. Masalan: DOT 600 A2V2Ye2K2R2 (( DOT – dlyaoxrana truda ya’ni, MMU – mexnat muxofazasi uchun) 600 – filtr xajmi sm3 da A,V,Ye, K,R – zararli moddalar sinfi, 2,3 – ximoya sinfi).
Yorug‘lik.
Korxona ko‘p qavatli bo‘lib, balandligi 20 m, uzunligi 30, eni 40 m ga teng. Yorug‘lik tabiy va sun’iy yoritiladi. Sex lyumenitsensiyali lampalar bilan ta’minlangan bo‘lib, 130 ta lampa bor, ular sexni yorug‘likka bo‘lgan talabini qondiradi.
Elektr xavfsizligi.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha korxonada ko‘p ishlar tashkil qilingan. Ishchilar elektr toki bilan ishlashni bilishi kerak. Har bir qurilma yerga ulangan. Yerga ulanish 40 m gacha bo‘lishi mumkin.
Yong‘in xavfsizligi.
Karbamid ishlab chiqarish sexi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha “V” kategoriyaga kiradi. Yong‘inga bardoshliligi bo‘yicha IV guruxga kiradi. Yong‘in prafilaktikasi uchun binolar orasi bo‘sh. Sex yong‘in xavfsizligiga qarshi suv bilan ta’minlangan.
Karbamid ishlab chiqarish sexida yong‘inni o‘chirishni bir yo‘li sovuq suv bilan o‘chirish. Boshqa narsalar bilan o‘chirish qat’iyan man etiladi. Sexni 4 joyida suv kranlari bor. Undan tashqari o‘t o‘chirish balonlari ham bor. Hamma uchastkalarda o‘t o‘chirish balonlari va qumlar tashkil etilgan.
Sex evakuatsiya yo‘llari bilan ta’minlangan. Hamma apparat va trubaprovodlar 45 dan yuqori haroratga ega bo’lib, ular yonmaydigan qoplamalar bilan qoplangan. Yordamchi qurilmalar va ishchi xonalarda o‘t o‘chirish qurilmalar bilan ta’minlangan.
Kimyoviy moddalar – kislota, ishqor yoki suyuq ammiak eritmasi bilan kuyganda, kuygan joyni darhol ko‘p miqdordagi sovuq suv bilan, 15-20 minutdavomidayuvishkerak.Kislotabilankuygandajarohatlanganjoygaichimliksodasieritma (1 stakansuvga 1 choyqoshiq), ishqorlar bilan kuyganda esa osh sirkasiga borot kislotaning kuchsiz eritmasi (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) shimdirilgan bog‘lam qo‘yib, bog‘lash kerak.
Ko‘zga kislota yoki ishqor sachraganda zudlik bilan ko‘zlarni ishqalanmay, yaxshilab suv bilan yuviladi. So‘ngra tez tibbiy yordam chaqiriladi. Termik kuyish olganda birinchi yordam ko‘rsatish uchun badanning kuygan joylarini spirt yoki margansovka eritmasi bilan ishlov berish kerak. Kuyish natijasida ishchining kiyimini yechishga xarakat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |