II bob. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish asosolari.
Respublikamizda texnogen xususiyatli Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha me’yoriy-huquqiy asoslar, kuch va vositalar tizimli yaratilgan. Aytish mumkinki, fuqaro muxofazasi sohasidagi barcha qabul qilinayotgan qonun, qaror va boshqa huquqiy normativ hujjatlarda, avvalo, favqulodda vaziyatlarni oldini olishga urg’u beriladi. Xususan: O’zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadiga razm solsak, bunda “Ushbu Qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi” deb takidlanadi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish asosiy tushuncha sifatida keltiriladi. Unga ko’ra Favqulodda vaziyatlarning oldini olish – bu oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksidir.
Bunday kompleks tadbirlar FVDT tomonidan amalga oshiriladi. Qonunchilikka ko’ra Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining, vazirlik va idoralarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari hamda vositalaridan iborat. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibi va faoliyat ko‘rsatishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Shuningdek, vazirlik favqulotda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha boshqa vakolatlarga ham ega.
Har qanday Favqulodda vaziyatlarni oldini olish ularni oldindan nazorat va kuzatish, shuningdek, prognozlash orqali amalga oshiriladi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrda “tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1027-son qarori qabul qilingan. Mazkur qaror orqali favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning yuzaga kelish xavfi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tartibi belgilab berilgan. Bunda yagona tizim ishtirokchilarining javobgarlik zonalari aniq ajratilgan tamoyil asosida: ob’ekt — tuman (shahar) — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) — respublika, ketma-ketlikda monitoring va prognoz ma’lumotlari almashinuvini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
II.1 Texnogen obyektlarda favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |