Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji boricha ularning o‘rnini bosa oladigan qora metallarni ishlatishga harakat qilinadi.
Sanoatda va texnikada metall qotishmalari keng tarqalgan bo‘lib, ularning xususiyatlari metall xususiyatlaridan ancha yuqori turadi va pishiq, talabga javob beradigan, har xil xususiyatli qotishmalar olinadi. Oddiy metallardan mis va aluminiy keng ishlatiladi, ulardan elektr simlari va boshqa detallar tayyorlanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan rangli metallardan tashqari, sanoatda xrom (Cr), nikel (Ni), marganes (Mn), molibden (Mo), ko-balt (Co) ham ishlatiladi. Bu metallar, asosan, asosiy metallarning xususiyatlarini yaxshilash uchun, ularga ma’lum xususiyatlar berish uchun qo‘shimcha material sifatida qo‘shiladi. Misol uchun V, W, Ti va Co lardan qirqish asboblari tayyorlashda foydalaniladi.
Qotishmalar metallarni suyuqlantirilgan holatda aralashtirish yo`li bilan olinadi, keyin ularni sovitilganda qotadi. Bunda quyidagi tipik hollar bo`lishi mumkin:
Suyuqlantirilgan metallar bir-biri bilan istalgan nisbatda aralashadi, lekin sovitilganda qattiq eritma hosil bo`lmaydi. Bunday qotishmalar qotganida har qaysi metallning mayda kristallaridan iborat massa olinadi. Bu xususiyat Pb–Sn, Bi–Cd, Ag–Pb qotishmalari uchun xosdir.
. Suyuqlantirilgan metallar bir-biri bilan istalgan nisbatda aralashadi, bir-birida cheksiz eriydi. Bunday suyuqlanmalar sovitilganda qattiq eritmalar hosil bo`ladi. Ularning kristallarida ikkala metallning atomlari bo`ladi, shu sababli ular bir jinsli bo`ladi. Masalan: Ag–Cu, Cu–Ni, Ag–Au qotishmalari.
Suyuqlantirilgan metallar aralashtirilganda bir-biri bilan reaksiyaga kirishib, kimyoviy birikma–intermetallidlar hosil qiladi. Masalan, Cu bilan Zn (CuZn, CuZn3, Cu3Zn2), Ca bilan Sb (Ca3Sb2), Na bilan Pb (Na2Pb, Na2Pb5, Na4Pb5) va boshqa birikmalar hosil qiladi.
Materiallarni ratsional tanlash va ularga ishlov berishning texnologik protsesslarini takomillashtirish konstruktsiyalarning ishonchliligini tahminlaydi, tannarxini kamaytiradi va mehnat unumdorligini oshiradi. - Hozirga qadar asosiy mashinasozlik materiali hisoblangan temir va uning qotishmalari metallar ichida alohida ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqqiyosida ishlab chiqariladigan metallarning 90% ini temir va uning qotishmalari tashkil qiladi. Bu qora metallar muhim fizik va mexanik xossalarga ega bo’lganligi, shuningdek temir rudalari tabiatga keng tarqalganligi, cho’yan va po’lat ishlab chiqarish esa arzon va murakkabmasligi bilan tushuntiriladi.
- Qora metallar bilan bir qatorda rangli metallar ham texnikada muhim ahamiyatga ega. Bu ularning qora metallarda uchramaydigan o’ziga xos muhim qator fizik-ximiyaviy xossalari bilan tushuntiriladi. Samolyotsozlikda, radiotexnikada, elektronikada va sanoatning boshqa sohalarida mis, alyuminiy, magniy, nikel, titan, volfram, shuningdek berilliy, germaniy, kremniy va boshqa rangli metallardan juda keng foydalaniladi.
- Mamlakatimiz mustaqillika erishgan yillar ichida sintetik materiallar-plastmassalar ishlab chiqarish tez rivojlandi. Bunday materiallar uzellarining xizmat muddatini oshirish, konstruktsiya massasini kamaytirish, kamyob rangli metallar va qotishmalarni tejab ishlatish, ishlov berish tannarxini hamda mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Спасибо за внимание!
Do'stlaringiz bilan baham: |