Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalari


Sutlarni tozalash, pasterlash, sovutish qurilmasi komplektini o‘rganish



Download 27,83 Kb.
bet5/9
Sana11.06.2022
Hajmi27,83 Kb.
#656175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sutlarni tozalash, pasterlash, sovutish qurilmasi komplektini o‘rganish
OPF–1–300 sovutgich– pasterizatorining tuzilishi, ishlashi va asosiy rostlashlarini o‘rganish. 1. OPF–1–300 sovutgich –pasterizatorining tuzilishi, ishlashi va asosiy rostlashlari Ma’lumki, sut tez buziladigan mahsulot. Yangi sog‘ilgan vaqtida u 3...4 soat saqlanishi mumkin. Bu vaqtning o‘tib borishi bilan sutda kasallik mikroblari tez rivojlana boshlaydi va sutning tez buzilishiga olib keladi. Bakteritsid fazani uzaytirish uchun sutga birlamchi ishlov beriladi, u sutni tozalashdan, pasterlashdan va +2…(+8)0 S haroratgacha sovutishdan turadi. Sovutilgan sut 24 dan 72 soatgacha saqlanishi mumkin. Amalda bu operatsiyalar alohida mashinalarda: sut tozalagichlar, pasterizatorlar, sut sovutgichlarda bajariladi, bu o‘z navbatida texnologik jarayonni murakkablashtiradi, jarayonning energiya sarfi ko‘payadi va mahsulot tannarxi qimmatlashadi. OPF–1–300 qurilmasi yuqorida qayd etilgan operatsiyalarni umumiy bittaga yig‘adi va yopiq oqimda markazdan qochma usulda tozalashga, pasterlashga, ushlab turishga va sovutishga mo‘ljallangan. Sutni pasterlash va sovutish texnologik jarayonni avtomatik rostlashda bajariladi, u yaxshi sanitariya –gigiena sharoitini ta’minlaydi, sutning pasterlanmasdan chiqish mumkinligini yo‘qatadi. Qurilma katta fermalarda qo‘llaniladi, sutni haroratini +90 dan 940 S gacha yetkazadi va 300 S ushlab turadi. Tuzilishi va ishlash prinsipi Plastinkali apparati zanglamas po‘latdan tayyorlangan issiqlik almashuvchan plastinkalar bilan jihozlangan, ular besh seksiyaga bo‘lingan ( -rasm): regeneratsiyalash I, regeneratsiyalash II, pasterlash, artezian suvi bilan sovutish va muzlatilgan suv bilan sovutish. Seksiyalar bir– biridan maxsus oraliq plitalar bilan ajratilgan va ular burchaklarida suyuqlikni qabul qilish va chiqarish uchun shtutserlar bilan jihozlangan. Har bir plastinkada tartib nomerlari urilgan, u nomerlar kompanovka qilish sxemasida ham ko‘rsatilgan. Avtomatika sistemasi quyidagi tugunlardan tuzilgan: boshqarish pulti, unda nazorat qilish, rostlash va yozish, boshqarish, signalizatsiya, elektrodvigatelni qisqa zamikaniya va ortiqcha zo‘riqishidan saqlash priborlari; pasterlash harorati +900 S dan past bo‘lganda sut oqimini qayta qizdirishga avtomatik ravishda o‘tkazish uchun elektrogidravlik yuritmali oqimni o‘zgartirish klapani; sutni belgilangan harorat rejimiga kerakli miqdorda bug‘ni uzatish uchun elektryuritmali rostlovchi klapan, pasterlash harorati o‘zgarishida birinchi signallarni olish uchun xizmat qiladigan plastinali qarshilik termometri; pukakli rostlagichli me’yor saqlash baki. Sut tankdan (16-rasmga qarang) o‘zi oqib yoki bosim ostida me’yor saqlash baki (4) ga yo‘naltiriladi, u erdan nasos (3) yordamida pasterilanildi (1) va regeneratsiya seksiyasi (III) ga uzatiladi, so‘ng +37…+400 S gacha qizdirilgan sut mexanik aralashmalardan tozalash uchun suttozalagich (2) ga tushadi va keyingi qizdirishlar uchun regeneratsiya seksiyasi (II) ga va pasterlash seksiyasiga harakatlanadi, u yerda +920 S xaroratgacha qizdiriladi. Sut pasterlash seksiyasidan elektrogidravlik oqimni o‘zgartirish klapani (11) orqali ushlab turgich (6) ga yo‘naltiriladi va u yerda 300 S bo‘ladi, so‘ng apparatiga tushayotgan qarama-qarshi oqimga o‘z issig‘in iberish uchun regeneratsiya seksiyasiga tushadi. Bundan so‘ng u ketma-ket sovutish seksiyalari (IV) va (V) larga tushadi, u yerlarda +80 S haroratgaca sovutiladi va qurilmadan chiqadi.


Download 27,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish