Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalari



Download 27,83 Kb.
bet4/9
Sana11.06.2022
Hajmi27,83 Kb.
#656175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mashinada sog'ish
Mashinada sog'ish sutni elindan olib tashlash uchun eng qulay fiziologik sharoitlarni yaratadi: mashina bir vaqtning o'zida elinning to'rtta lobini sog'ib oladi.
Sutlarga birlamchi ishlov berish mashinalarini o‘rganish
Sutlarga birlamchi ishlov berishning umumiy xolati Sut universal oziq-ovqat mahsuloti hisoblaniladi. Sigir sutida 120 ga yaqin turdagi to‘yimli moddalar borligi aniqlangan. Uning tarkibiga suv, sut yog‘i, oqsillar, sut qanti, mineral moddalar hamda vitaminlar, fermentlar va mikroelementlar kiradi. Shu bilan birga sut tez buzuluvchan mahsulot hisoblaniladi, chunki, u tarkibiga atrof muhitdan tushadigan har xil mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qo‘lay muhit hisoblaniladi. Sog‘ib olingandan so‘ng sut dastlabki 2-3 soat mobaynida, antibakterial moddalarning aktivligi hisobiga, sutda zararli bakteriyalarning rivojlanishi to’xtab qoladi. Bu davr bakteritsid faza deb ataladi. Past haroratda (4-6 o S) bakteriyalar faoliyati umuman to‘xtaydi. Sutning boshlang‘ich xususiyatlari va sifatini uzoq muddatga saqlab qolish maqsadida unga birlamchi ishlov beriladi. U quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: sutni qabul qilish (hisobga olish), mexanik aralashmalardan tozalash, sovutish, pasterlash, vaqtincha saqlash, sutlarni qayta ishlash korxonalariga yuborish. Yuqorida keltirilgan operatsiyalarni bajarish uchun sog‘ish va sutga birlamchi ishlov berish texnologik tizimini tashkil etadigan maxsus mashinalar qo‘llaniladi. Sutlarni sog‘ish joylaridan sutxonaga transportirovka qilish va uzatish sut quvuri (sut quvuriga sog‘ishda) orqali yoki flyagalarda (chelaklarga sog‘ishda) maxsus aravachalar yordamida amalga oshiriladi. Sutlarni hisobga olish sutni zootexnik hisobga olish qurilmasi yordamida, sutni guruhiy sog‘ishda esa maxsus hisobga olgich, tarozi va sut o‘lchagichlar yordamida amalga oshiriladi. Sutni tozalagich-sovutgichni tuzilishi, ishlashi va rostlashlari Sutlarni tozalash va sovutish.Sutlarni mexanik aralashmalardan tozalash uchun turli doka va flanel materialli filtrlar, hamda markazdan qochma tozalagichlar qo‘llaniladi. UDA-8A sog‘ish qurilmasida filtr sut nasosi kronshteyni tagiga sut magistraliga mahkamlaniladi. U quvursimon korpusdan, flanel materialli filtrlash elementidan, halqa va yo‘naltirgichdan tuzilgan. Korpus yon tomonlarida shlanglarni ulash uchun o‘tkazgichlar qotiriladi. Almashtirilib turiluvchi filtrlovchi element yo‘naltirgichga kiygizilinadi va u bilanbirgafiltrkorpusiichigaqo‘yiladi. Sutbosim (yoki havo siyraklanishi) yordamida filtrlovchi elementdan o‘tib tozalaniladi. Filtrni yig‘ilgan iflosliklardan tozalash uchun u qismlarga ajratiladi va filtrlovchi elementlar yuviladi yoki almashtiriladi. Suttozalagich-sovutgich Sut tozalagich-sovutgich sutni shilliq modda va mexanik aralashmalardan markazdan qochma usulda tozalash, hamda sut chilik ferma va komplekslarida yopiq oqimda sutlarni sovutish uchun mo‘ljallangan. U hamma sog‘ish qurilmalarida ishlatiladi. Sut tozalagich-sovutgich (11 -rasm) yuritmasi (12) bilan sentrifuga (3) dan, sut sovutgich (7)dan, yuritma asosi va magistral quvur o‘tkazgichlardan tuzilgan. Sentrifuga baraban, yuritma mexanizmi va qabulqilish-to‘kish qurilmalaridan tuzilgan. Yuritma mexanizmida ikkita tormoz va ikkita stopor o‘rnatilgan. 11-rasm. Suttozalagich-sovutgichning texnologik sxemasi: 1-qabul qilgich; 2,6,9,11- quvur o‘tkazgichlar; 3- sentrifuga; 4-ishchi tarelka; 5- iflos yig‘ish bo‘shlig‘i; 7- sovutgich; 8,10- sovutiladigan sut va sovutish suyuqligi kanallari; 12- chervyak; 13- sutga bosim beradigan disk. Tozalagichning asosiy ishch organi bo‘lib baraban (vereteno) hisoblanadi, u vertikal valga o‘rnatiladi va gayka bilan mahkamlanadi. U asosdan, tarelka ushlagichdan va tarelkalar to‘plamidan tuzilgan. Tozalagich – sovutgich ishlaganda sut aylanayotgan baraban tarelkalari oralig‘idagi bo‘shliqqa uzatiladi. Sut tarkibidagi mexanik aralashmalar markazdan qochma kuch ta’sirida iflosliklar yig‘iladigan kamera bo‘shlig‘i devoriga yopishadi. Toza sut, bosim beradigan disk va aylanayotgan baraban ta’sirida tarelkalar oralig‘idan sovutgich plastinkalari oralig‘idagi kanallarga haydaladi. Sut kanallariga nisbatan qo‘shni kanallarga qarama-qarshi yo‘nalishli oqimdan asos yordamida sovuq suv uzatiladi. Tozalangan va sovutilgan sut idishlarga uzatiladi, issiqlik almashinishi natijasida isigan suv qaytadan suv sovutgich qurilmasiga yo‘naladi. Sovutgich qurilmasi bo‘lmagan hollarda isigan suv oqavaga oqiziladi yoki boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suttozalagich-sovutgichning texnik tavsifi Ish unumi, l/soat - 1100 Sutning iflosligi 0,06% gacha bo‘lsa, to‘xtamasdan ishlash davomiyligi, soat - 2,5 gacha Suvning boshlang‘ich harorati 8-100 S bo‘lganda sutning apparatdan chiqishdagi harorati va suvning kirishdagi harorati oralig‘ida farq bo‘lishi kerak - 3 0 S dan ko‘p emas suv sarfining sovutilayotgan sutga nisbatan karraligi - 3 marta sutning boshlang‘ich harorati - 360 S gacha Elektryuritmaning belgilangan quvvati, kVt - 1,5 Gabarito‘lchamlari, mm -12510x500x750 Massasi, kg - 200 Sutni pasterlash rejimlari bir zumda pasterlash pasterizatori tuzilishi, ishlashi va rostlashlashlari Pasterlash – bu sut tarkibidagi kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarni yo’qotish maqsadida sutni 75-950 S haroratgacha sun’iy qizdirishdir. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida bir zumlik, qisqa va uzoq muddatli pasterlash usullari qo‘llaniladi. Uzoq muddatli pasterlashni ikki devorli, (devorlar orasida issiq suv yoki bug‘ bo‘ladi) hajmi 300, 600 va 1000 l bo‘lgan, aralashtirgich bilan jihozlangan vannalarda (VDP) amalga oshiriladi.

Download 27,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish