Ishlab chiqarish muhiti – bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta`sir qiluvchi
omillar yig’indisidir.
Tabiiy muhitdagi xavfsizlik – bu ekologiyaning sohalaridan biridir.
Ekologiya organizmni atrof muhit bilan o`zaro ta`siri qonuniyatlarini o`rganadi.
3. HFX nazariyasining asosiy tushuncha va ta`riflari Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazadigan
ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart
tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki
9
hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol
moddalar yashirin xavfga egadir.