5. Ijtimoiy sohada mehnat resurslarining shakllanishi
Mehnat resurslarining shakllanishi deyilganda ijtimoiy soha tarmoqlari uchun xodimlar tanlash, shuningdek xodimlar malakasini oshirishga tayyorlashni tashkil etish tuShuniladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari uchun xodimlarni tayyorlash mehnat resurslarini shakllantirishning umumiy qonuniyati bilan tavsiflanadi. Bu sohalarda ham xodimlarni tanlash asosan mehnatga qobiliyatli, yoshi etgan shaxslar hisobiga amalga oshiriladi. Mutaxassislar maxsuslashgan oliy va o‘rta maxsus yurtlarida tayyorlanadi.
Mehnatga layoqatli aholi sonining o‘sib borish sur’atlari oshgan va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida ortiqcha ishchi kuchi yuzaga kelgan, ishlab chiqarish bir, shaklidan boshqa shaklga o‘zgartirilayotgan bir sharoitda O‘zbekistonda to‘laqonli ishchi kuchi bozorini shakllantirishga g‘oyat jiddiy e’tibor berilmoqda.
Mulkni bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xususiy, ijara va boshqa xo‘jaliklarni barpo etishni rivojlantirish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘llab quvvatlash erlarni aholiga bo‘lib berish natijasida bandlik sohasidagi mavjud keskinlikni bartaraf etishga, aholining ish bilan band bo‘lmagan katta qismini foydali mehnatga jalb qilishga erishilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha uchun bozor talabiga javob beradigan ma’naviy barkamol, sog‘lom bilim jixatidan etuk mutaxasislar talab qilinmoqda. Ularning siyosiy va ishchanlik sifatlariga e’tibor berilmoqda. Bu sohalarga mutaxassislar tayyorlashda yoshlarning qiziqishlariga ahamiyat berish kerak, chunki bu soha xodimlari hayotiy zarur bo‘lgan ijtimoiy vazifalarni hal qiladilar, bu esa yuqori malaka talab qiladi.
Respublikamizning barcha viloyatlaridagi mehnat birjalari umumta’lim maktablari va boshqa o‘quv yurtlarini tugatgan yoshlarga soha bo‘yicha ish topishga yordam bermoqdalar. Ijtimoiy sohani xodimlar bilan ta’minlash mahalliy hokimlarning diqqat markazida turibdi. YOshlarni bu soha ishlariga qiziqishini orttirish respublika hukumatining va tegishli qo‘mitalarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohalari uchun xodimlar tayyorlash ikki yo‘nalishda: 1) korxona, tashkilotlarda shogird sifatida tajriba orttirish; 2) maxsus kasb hunar va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish orqali amalga oshirilmoqda.7
Ijtimoiy sohaning harakat qilish sharti uni yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Respublikamizda sohalar uchun pedagogika, tibbiyot va boshqa kolledj va litseylarda iqtisod, huquq, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, ta’lim, san’at va madaniyat sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Oliy ta’lim tizimining yarmidan ko‘prog‘i ijtimoiy soha uchun mutaxassislar etkazib beradi.
Mamlakatimizda umuta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini oshirish institutlari har bir viloyatda faoliyat ko‘rsatmoqda.8
Shuningdek, Toshkent shahrida oliy ta’lim, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kollejlar o‘qituvchilari va shifokorlar malakasini oshirish institutlari ishlab turibdi. Turli mavqeidagi anjumanlar o‘tkazish xodimlar malakasini oshirishning yana bir yo‘nalishi sifatida xizmat qilmoqda.
Bulardan tashqari, respublikamizda ilmiy pedagogik xodimlar va rahbar xodimlar malakasini oshirish oliy maktabi ham ishlab turibdi. Bu tizim malaka oshirish institutlari va fakultetlarini, aspiranturalarni, ijodiy ta’tillarni, qisqa muddatli kurslarni, oliy o‘quv yurtlarida stajirovka qilishni, harakatdagi seminarlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |