Tashkilotning axborot tizimi.
Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida,
boshqariluvchi jaray o n holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo‘linadi va
uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari,
shuningdek, axborotlami ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning “axborot
tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi,
uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot
sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ко‘rib
chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni
axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni
boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan
tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko'rsatuvchi boshqarish tizimining
boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning
moddiy namoyon bo'lishi bilan bog‘liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik
va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot
protseduralarini (ma’lumot yig‘ish, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va
hokazolarni) kompleks amalga oshirish bilan b og‘liq boshqaruv jarayonlarining bin sifatida
ko'rib chiqishni ko'zda tutadi. Protseduralami bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga
oshirish jarayonida ro‘y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot
protseduralarini bajarishga yo'naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondashuv u yoki bu tashkilotning funksional vazifasi bilan bog‘liq
va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko'rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan
belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro'yxati axborot tizim ining
mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday
rol o‘ynamasin unda har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‘linma faoliyatining yo'nalishi
aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondashuv axborotni protseduralar obyekti sifatida ko'rib
chiqishga imkon beradi, m azmuniy yondashuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning
qiymatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |