3.2 AT korxonalari resurslarining boshqaruvida axborot ta`minoti. Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida xo`jalik subyektlarida iqtisodiy taxlil o`tqazishning tartibi va bajarilishi.
O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti yaratish maqsadida iqtisodiy islohotlarni bosqichma -bosqich amalga oshirmoqda.
Bozor munosabatlarisoxasida har qanday xo`jalik yurituvchi subyektning o`z tasarrufidagi barcha resurslar moliyaviy, moddiy va mexnat resurslari xarakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to`g`ri boshqarishni tog`ri taminlashi zarur bo`ladi. Ammo ko`pgina korxona tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish xuquqini qo`lga kiritilganidan so`ng xo`jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo`lib qoldi.
Bozor iqtisodiyoti soxasida boshqarib subyektlarini faqat axborotga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash turli xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo’ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir. Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jixatlaridan biri uni taxlil qilishdur. Taxlil davomida xo’jalik faoliyatini o’rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo’ladigan bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Taxliliy ishlarni muvofaqiyatli, samarali o’tkazilishi uni har tomonlama o’ylab, sinchiklab tashkil qilishiga bog’liq. Uning o’tkazilishi ilmiy xarakterga asoslangan reja asosida amalga oshirilishi lozim. Taxlil ishlari olib borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Ushbu bosqichlarni bosib o’tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni oldindan aniqlanishi kerak va ularning bajarilishi ma`lum tomonlarga asoslangan bo’lishi lozim. Asoslanishi lozim bo’lgan tomonlar esa quyidagilardan iborat:
Korxona faoliyatini taxlil qilish- boshqarishda qaror qabul qiladigan xar bir raxbar, menejerning xizmat burchidir. Shunday qilib bundan chiqadigan zarur tamoyil bu taxlil ishlarini bajaruvchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlash.
Ishlab chiqarish tarmoqlarida taxlil ishlarini tashkil qilishda eng zarur tamoyillaridan biri uning tejamliligi, yani kam xarajat qilib yuqori samaraga erishish.
Taxliliy ishlarini tashkil qilishda yana bir tamoyil, uni o’tkazishni nazorat qilib borish.
Korxona iqtisodiy moliyaviy axvolini taxlil qilish bilan shug’ullanayotgan xar bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy xisobot shakillarni erkin o’qishni, uning moddalarini tushunishni, shuningdek xulosalar chiqarish tavsiyalar berishni bilishi kerak.
Korxonalar iqtisodiy taxlilini tashkil etish ixtiyoriy va amaliyotdagi tajriba hamda talabdan kelib chiqqan holda taxlil ishlari tashkil etiladi. TAxlilni tashkil etishda o`rganadigan mavzularning ko`lami va axamiyatiga qarab iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxasisslari hamda oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo`ladi.
Iqtisodiy taxlilning tashkil etishning zaruriyati xozirgi bozor iqtisodiyot sharoitida yanada ortgan, chunki har bir faoliyatning korxina uchun manfaatlilik darajasini aniqlashdan, bu faoliyatning iqtisodiy nuqtai nazaridan, to`g`ri tashkil etilganligiga baxo berishdan iboratdir. Iqtisodiy taxlilni korxona miqyosida to`liq tashkil etishga bevosita javobgar bosh hisobchi yoki korxona boshqaruvchisi bo`lishi mumkin. Sherik korxonalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig`i yoki iqtisodiy masalalar bo`yicha korxona boshlig`ining muovini shug`ullanishi mumkin bo`ladi.
Korxonalarda seh yoki brigada ma`lumotlari bo`yicha iqtisodiy taxlilni shu bo`lim boshliqlari tashkil etishlari lozim bo`ladi.
Viloyat, tuman tarmoqlar bo`yicha ma`lumotlarni umumlashtirib ko`rib chiqmoq joizdir.