Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: - Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
*texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi; *texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi; *texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi; *texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi: - *O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
*Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari: O’zstandart agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi; - -texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston standartlashtirish, metralogiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 2019 yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan , O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamentining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston standartlashtirish, metralogiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 2019 yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan , O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamentining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlari buzilishi oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;
- texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalari bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama ko‘maklashish;
- texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini va o‘lchashlarning to‘g‘riligini ta’minlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
- texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan komleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos bo‘luvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish
Do'stlaringiz bilan baham: |