2.5.2. Standartlashtirishning ilmiy prinsiplari
Prinsip (tamoyil) so'zi (lotinchada "principium" - boshlanish) -qandaydir ilmiy tizim, nazariya, siyosat, qurilmani va boshqalami nimadandir qurilganligining asosiy boshlanishidir.
Texnikaviy adabiyotlarda bunday tushunchalar "oshkoralik", "mate-rial sarfi va resurslarini tejash", "tasniflash" va boshqa (30 dan ortiq) tu-shunchalar sifatida tez-tez uchraydi, ya'ni ayrim aniq tushunchalar stan-dartlashtirish prinsipi deb nomlanadi. Fan sifatida standartlashtirish prin-siplarini bosh (boshqaruvchi) va ergashgan prinsiplar bilan farqlanadi.
Standartlashtirish bosh prinsiplariga quyidagilar kiradi:
muntazamlik (reja asosida bo'lish);
tizimlilik;
to'lalilik(komplektlilik).
Standartlashtirishning ergashgan prinsiplariga quyidagilar kiradi:
maqbullik (optimallik);
ixtiyoriy tan olish;
moslashuvchanlik (tez o'zgaruvchanlik);
jo'shqinlik.
1. Muntazamlik (reja asosida bo'lish) prinsipi tizimda standart-lashtirish obyektlari va uning elementlarini ishlab chiqish bo'yicha faoliyatlami uzluksiz rejalashtirish va bashoratlashni aks ettiradi. Bu prinsipda mahalliy va xorijiy tashkilotlarda standartlashtirish bo'yicha istiqbolli ishlarni bajarish va umumiy ishlab chiqarish samaradorligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish kabi belgilangan natijalarga erishishga mo'ljallangan ishlarni amalga oshirish yo'llari sifatida ko'rib chiqiladi.
45
Texnikaviy adabiyotlarda "muntazamlik" (reja asosida bo'lish) qisqa ma'noda - aniq vaqt oralig‘i davomida standartlashtirish bo'yicha ishlarni yuritish sifatida ko'proq xato sharhlangan. Bu mutlaqo noto'g'ri, ijodiyotni mavjud standartlashtirish bo'yicha ishlar ham qat’iy chega-ralangan vaqt doirasida bo'lishi mumkin emas.
Tizimlilik prinsipi standartlashtirish barcha ko'plab obyektlami
yaxlit tizim sifatida, uning elementlarining o'zaro munosabati va
barchasi bilan aloqadorligi sifatida ko'rib chiqishni aks ettiradi. Tizimga
kiruvchi o'zaro aloqador elementlar majmuasi ulami turli xil darajada
ierarxik bog'liqlikda tuzilmani shakllantirib qurishga yordam beradi.
Masalan, korxonani davlat darajasida, tarmoq darajasida va h.k.
tuzilmasini qurish. Bu asosida standartlashtirishning asosiy obyektiga va
unga ta'sir qiluvchi moddiy hamda nomoddiy elementlari (omillari)ga
o'zaro aloqador talablar tizimi o'matiladi. Talablar tizimidan asosiy
obyekt yaratishda, uni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishda
foydalaniladi.
To'lalilik (komplektlilik) prinsipi standartlashtirish obyektlarini
aniqlashda va galma-gal qamrab olishda, barcha asosiy xossalarini aniq-
lash, ularga optimal talablarni navbatma-navbat o'rnatish bilan aloqa va
munosabatlarini aks ettiradi. Faqat o'zaro aloqador ko'rsatkichlar tizimi
belgilangan talablarga javob beruvchi, xossaning barqarorligini ta'min-
lash uchun yetarlicha ishonchli asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Yuqori sifatli mahsulot olish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish sharoitlarini yaratish uchun mahsulotni loyihalash, seriyali ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni ekspluatatsiya qilish hamda kelgusida uni utillashtirishdan iborat hayotiy siklning barcha jabhasini qamrab oladigan ratsional standartlar (kompleks) tizimi zarur.
Istiqbollilik prinsipi erishilgan talablar darajasiga munosabat bo'-
yicha oshirilgan talablar va ular kelgusida optimal boMuvchi, standart-
lashtirish bo'yicha ilgarilanma ilmiy hujjatlami ishlab chiqishni ta'min-
laydi.
Maqbullik (optimallik) prinsipi standartlashtirish obyektiga amali-
yotda ko'p marotaba takror ishlab chiqarish boshlangunigacha optimal
talablarni aniqlash va o'matishga ketma-ket yondashishni aks ettiradi.
Bu yerda ko'proq standartlashtirish jarayonining ijodiy qismi aks etgan.
Eng yuqori natijaviylikka ratsional, iqtisodiy, optimal variant tanlan-
gandagina erishish mumkin.
Istiqbollilik va maqbullik prinsiplari nafaqat tutashishadi, balki ular bir-birini to‘fdiradi.
46
Ixtiyoriy tan olish prinsipi savdo va ishlab chiqarishdagi che-
liaralashlardan qochish maqsadida standartlashtirish bo'yicha hujjatlami
Do'stlaringiz bilan baham: |