"Standartlashtirish obyekti" tushunchasini keng ma'noda ifodalash uchun "mahsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo'lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizim-larga, ulami mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushun-moq lozim. Standartlashtirish obyekti standartlashtirilishi lozim bo'lgan yoki unga duchor qilingan predmet. Standartlashtirish obyekti mahsulot, ish (jarayon) yoki xizmatlar, ya'ni fan va texnikada ko'p marta qo'l-lanilishi istiqbolli bo‘lgan material, tizim, atama, usul va h.k.lar sifatida tushunish lozim (2.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |