Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi 0'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining Axborot ma'lumotlar markazi tomoni-dan hamda o'z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi umumiy va maxsus texnik reglamentlar to'g'risidagi ma'lumot-lami o'z ichiga oladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari, davlat boshqaruvi organlari o'zlari tasdiqlagan maxsus texnik regla-mentlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni davlat fondiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish va yuritish tartibi 0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat, xizmat yoki tijorat sirlarini saqlashdan istesno tariqasida yaratilayotgan axborot resurslariga qiziquvchi shaxslarning erkin tanishishi ta'minlanadi.
Amaldagi texnik reglamentlarning ro'yxati quyidagicha:
Umumiy texnik reglamentlar:
«Foydalanish shartlari bo'yicha avtotransport vositalari konstruk-
tsiyalarining xavfsizligi to'g'risida»gi umumiy texnik reglament.
0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2012-yildagi
191-sonli Qarori bilan tasdiqlangan;
«Temir yo'l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to'g'risida»gi
umumiy texnik reglament. 0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasining 04.07.2012-yildagi 192-sonli Qarori bilan tasdiqlangan;
Standartlashtirish bo'yicha me'yoriy hujjatlarning ro'yxati «Temir yo'l transport infratuzilmasi xavfsizligi to'g'risida»gi umumiy texnik
122
reglament amalga kiritilganidan so'ng o'rnatilgan tartibda majburiy tavsiflar ixtiyoriy qo'llaniladi. Maxsus texnik reglamentlar:
«Gossipol smolasi xavfsizligi talablari» maxsus texnik reglamenti.
«0'zstandart» agentligining 31.12.2010-yildagi MTR-1 - sonli Qarori
bilan tasdiqlangan;
«Harbiy xizmatchilar uchun ustki kiyim xavfsizligi to'g'risida»
maxsus texnik reglament. «0'zstandart» agentligining 30.12.2011-
yildagi MTR-2 - sonli Qarori bilan tasdiqlangan;
«Harbiy xizmatchilar uchun poyabzal xavfsizligi to'g'risida» max-
sus texnik reglament. «0'zstandart» agentligining 30.12.201 1-yildagi
MTR-3 - sonli Qarori bilan tasdiqlangan;
«Ochiq kalitlar infratuzilmasiga qo'yiladigan talablar» maxsus
texnik reglamenti. «0'zstandart» agentligining 04.03.2013-yildagi
MTR-4 - sonli Qarori bilan tasdiqlangan;
«Pochta aloqasida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha talablar»
maxsus texnik reglamenti. «0'zstandart» agentligining 01.11.2014-
yildagi MTR-5 - sonli Qarori bilan tasdiqlangan.
Ishlab chiqilayotgan texnikaviy reglamentlaming ro'yxati. Umumiy texnik reglamentlar:
Elektromagnit moslashuvchanlik to'g'risida. Ishlab chiquvchi -
0'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommu-
nikatsion texnologiya Davlat qo'mitasi.
Telekommunikatsiya qurilmalariga talablar. Ishlab chiquvchi -
0'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommu-
nikatsion texnologiya Davlat qo'mitasi.
0'quv muassasalari uchun poligrafiya mahsulotlarining xavfsizligi
to'g'risida. Ishlab chiquvchi - O'zbekiston axborotlashtirish va nashr
qilish agentligi.
Maxsus texnik reglamentlar:
"Alkogol mahsulotlarining xavfsizligi to'g'risida". Ishlab
chiquvchi - "O'zvinosanoatxolding" XK (MM "Sharobsoz").
"Pochta aloqasida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha talablar".
Ishlab chiquvchi 0'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsion texnologiya Davlat qo'mitasi.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |