Texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o



Download 432,85 Kb.
bet49/129
Sana31.12.2021
Hajmi432,85 Kb.
#199673
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   129
Bog'liq
STANDARTLASHTIRISH VA

2.7.2. Turlash

Standartlashtirishning turlash (tipizatsiya) usuli - funksional vazifa-lari bo'yicha bir-biriga yaqin bo'lgan, turli obyektlarni yaratishda asosiy (baza) sifatida qabul qilingan majmua uchun obyekt turlarini belgilashga qaratilgan usul hisoblanadi.

Turlash (tipizatsiya)ni ba'zan "bazaviy konstruksiyalar" deb ham ataladi. Chunki turlash jarayonida optimal xossalari bo'yicha olingan majmuaga xos bo'lgan obyekt tanlanadi, aniq bir obyekt - buyum yoki texnologik jarayon qabul qilinganda esa, tanlangan obyekt faqat qisman o'zgarishi mumkin. Shunday qilib, turlash kam sonli obyektlarga ko'p sonli funksiyalarni tatbiq etish hisoblanib, bunda berilgan majmuadagi alohida tur obyektlarining saqlanishini ta'minlaydi.

Turlashning samaradorligi yangi buyum ishlab chiqarilayotganda oldin tekshirilgan, sinashda bo‘lgan yechimlarni qo'llash, ishlab chiqa-rishni tayyorlashni tezlashtirish va tannarxini pasaytirish, alohida tur obyektlarini ishlatish sharoitlarini yengillatish va ulami modifikat-siyalash asosida amalga oshiriladi.

Turlash standartlashtirishning samarali usullari qatorida uchta asosiy yo'nalishda rivojlanadi:

  • umum mo'ljallangan namunaviy buyumlarni standartlashtirish;

  • namunaviy texnologik jarayonlarni standartlashtirish;

67

- muayyan Sir ishlami, amallami, sinovlarni yoki hisoblarni bajarish tartibini belgilovchi me'yoriy hujjatlami yaratish.



Ko'pgina ishlab chiqarish tizimlarida, buyum konstruksiyalarini tezda almashtirish lozim bo'lgan hollarda, namunaviy texnologik jarayonlarni alohida bir tur, muayyan buyumga nisbatan emas, balki undan bir nechta alohida tur detallarini, bo'laklarini tayyorlashda ishlatish imkonini beradigan boMishini mo'ljallab yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Texnologik jarayonlarni turlashtirishga katta e'tibor qaratiladi. Bu analogik detallarni tayyorlashda mavjud ko'plab turli-tuman texnologik jarayonlarni bogMiqligini oqlamaydi, ya'ni mahsulotni tayyorlash tannarxini oshishiga olib keladi. Juda ham ko'p holatlarda buyumni tayyorlash yangi texnologik (qayta ishlash yoki yig'ish) jarayoni mavjud tajribani hisobga olmasdan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, turli zavodlarda bitta ana shu detalga turli xil texnologik jarayonlar yaratilgan boMishi mumkin. Shu tur uchun aloqador konstruktiv-unifikatsiya-lashgan parametrlar asosini saqlab, muhim boimagan o'zgarishlar bilan ulami barcha nomenklaturalari buyumdan buyumga o'tishi 70-80 % gacha konstruksiyaning alohida elementlari uchun vaqt o'rnatilgan, texnologik jarayonlar oldin ishlab chiqilganlari bilan takrorlanadi.

Tez moslashuvchi (gibkiy) ishlab chiqarish tizimlarida buyum konstruksiyasini tezlik bilan almashtirishda muayyan buyumga, bitta buyumga tegishli boMmagan texnologik jarayonlarni yaratish lozim, hisobda esa, tiplashtirish asosida ushbu turdagi uzellaming namunaiy detallarini ko'pchiligini tayyorlashda undan foydalaniladi.

Texnologik jarayonlarni tiplashtirishning birinchi bosqichi - texno-logik vositalar (qurilma, moslama, qirqish va oMchash vositalari) bilan ta'minlash va texnologik operatsiyalar, asosiy hamda yordamchi ishlab chiqarish obyektlarini tasniflash (klassifikatsiyalar) hisoblanadi. U tas-niflagich asosida yuritiladi, masalan, "Mashinasozlik va asbobsozlik de-tallari texnologik tasniflagichi" (MTT)ga muvofiq, detallar uni umumiy aniqlovchi alomatlar va tayyorlash texnologik jarayonlari bo'yicha guruhlanadi.

Texnologik jarayonlarni tiplashtirish har bir guruh uchun optimal namunaviy (guruhli) jarayonni loyihalashtirish va tasnifiy guruh detal-larini tayyorlashda texnologik yechimlarning mavjudligi tahlilini qamrab oladi. So'ngra bir turdagi qurilma va texnologik asbob-uskunalar, asosiy jarayonlar bo'yicha mavjud bo'lgan yagona qayta ishlar rejasi, detallaming-'har bir guruhi uchun umumiy boMgan texnologik jarayonlar



68

aniqlanadi. Namunaviy texnologik jarayonni ishlab chiqishda yanada takomillashgan amaldagi texnologik jarayon yoki yangi loyihalangan jarayonni asos qilib olish mumkin.

Tiplashtirishning yakunlovchi bosqichi namunaviy texnologik jara-yonni va uni KHYaT standartlari talablariga muvofiq hujjatli rasmiylashtirish standartlashtirish bo'lib hisoblanadi. Namunaviy texno logik jarayon texnologik marshrut karta ko'rinishida va standart kartalar (texnologik standartlar) ko'rinishida rasmiylashtiriladi. Shunday qilib, biz korxona darajasida amal qiluvchi va mutaxassislar o'zlashtira oladigan, ishlab chiqarish jarayonining umumiy samaradorligiga ijobiy ta'sir qiluvchi me'yoriy hujjatni olamiz.

2.7.3. Agregatlashtirish

Agregatlashtirish - geometrik va funksional o'zaro almashuv-chanlik asosida turli buyumlami yaratishda ko'p marta ishlatiluvchi, alohida, standart, birxillashgan buyumlardan iborat mashinalarni, asbob-larni va jihozlami yaratish hamda ishlatish usuli hisoblanadi.

Agregat (lotincha aggrego - birikaman, birikish ma'nosini anglatib) texnikada alohida vazifani mustaqil bajaruvchi, to'liq o'zaro almashi-nuvchanlikni o'zida namoyon etuvchi (mashina kompleksi) unifikatsiya-langan mashinalar uzellarini yaxlitlashdir. Masalan, A tavsiflari: elektro-dvigatellar, reduktorlar, nasoslaf va boshqalar. Ba'zan "A" atamasi ikki-ta qurilma yoki undan ortiq mashinalarni belgilash uchun xizmat qiladi.



Agregatlashtirish mashina va jihozlarni ishlash sohalarini kengay-tiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni osonlash-tiradi.

Agregatlash - mashinalar, jihozlami o'zaro almashinuvchi agregat-lardan tuzish usuli.

Agregat - mashinaning (mashinalar, jihozlar majmuining) to'liq o'§aro almashinuvchanlikka ega bo'lgan, ayrim funksiyalarni mustaqil bajaradigan yirik birxillashtirilgan usuli (yoki - ikki yoki bir necha har xil mashinalarning umumiy ishi uchun birikma).

Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan biri - asosiy turlami modifikatsiyalanishi hisobiga mashina va jihozlarning nomen-klaturasining ko'payishidir. Bundan tashqari, agregatlashtirilgan jihozlar konstruktiv qaytamvchanlikka ega bo'ladi. Bu esa standart agregat va bo'laklarni ishlab chiqarish obyektlarining konstruksiyalarini o'zgar-

69

tirishda va joiz bo'lganda yangi turdagi mahsulotlarga o'tishdagi moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyatlarini yaratadi.

A gregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o'lchash o'zgartirgichlari va elementlaridan tashkil topgan tekshiruv o'lchash asboblarini yaratishda keng qo'llaniladi.

Ma’lumki, bir necha o'n yillar muqaddam ishlab chiqarilgan, elektron lampalarda ishlovchi, ikki-uch xonali uylaming o'lchamidek bo'lgan dastlabki EHM lami ko'rmagan bo'lsangiz kerak. Birxillash-tirish va agregatlashtirishni qo'llash natijasida ulaming o'lchami keskin kichraydi. Yangi elektron texnologiyalaming rivojidan keyin esa hozirgi siz foydalanadigan o'lchamlarga ega bo'ldi. Agar kompyuteringizning disk yurituvchi qurilmasi ishdan chiqqan bo'lsa, o'rniga bemalol boshqasini o'rnatishingiz mumkin. Kompyuterning ichida hech qanday radio-montaj ishlari qilish shart emas. O'matish joylari ham yangisiniki-ga mos keladi.


Download 432,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish