Kurs ishining maqsadi: Men o`z kurs ishimda yog’och materiallarni aralash, arra turlari mavzusini o’qitish texnologiyasini o`rganishni maqsad qilib qo`ydim.
Kurs ishini vazifasi: yog’och materiallarni aralash, arra turlari mavzusini o’qitish texnologiyasi mazmuni haqidagi bilimlarni rivojlantirish.
I BOB. Yog’och materiallarni aralash, arra turlari mavzusini o’qitish texnologiyasi
1.1. Yog’och materiallarning asosiy hossalari haqida ma’lumotlarni o’rgatish
Yog’och kimyoviy xom ashyo bo’lib, u o’simlikni yashash davrida doimiy ravishda hosil bo’lib turadi. Yog’ochning hosil bo’lishida atmosferadagi uglerod kislota va quyosh nuri xom ashyo hisoblanadi. SHuning uchun hayot bor ekan, o’simliklar tsellyuloza, lignin va gemitsellyulozani hosil qilaveradi. Ko’p yillardan beri yog’och, toshko’mir, neftь va boshqa xom ashyolar yer yuzidagi energyaining asosiy manbai hisoblangan. Xattoki 100 yil oldin ham energiyaning manbai yog’och hisoblanib, u zavodlarda, paravoz va kemalarda, uy-joylarni isitishda qo’llanilgan. Hozirgi kunda esa yog’och o’z o’rnini toshko’mir, neftь va gazga bergan, bunga sabab turli xom-ashyolarni yoqilg’i sifatida ishlatishda har xil miqdorda mablag sarflanadi. [ ]
Daraxtni kurilish materiali sifatida ishlatish hozirgi kungacha o’z salohiyatini yo’qotgani yo’q. Taxminan tayyorlanadigan yog’ochning 75 % i taxta va kurilishda ishlatilinadigan boshqa materiallar (standartdagi uylar, kema, vagon, mebelь va gugurt) sifatida qo’llaniladi. Yog’ochning ko’zlangan maqsadda qo’llanilmaydigan qismidan o’tin tayyorlanadi. Yog’ochni tayyor mahsulot holatga kelturgunga qadar chiqindilar (xoda, qipiq, payraxa va tarasha) miqdori ham ortib boradi. Har xil chiqindilardan foydalanish yog’ochni kimyoviy qayta ishlash soxasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Lekin shuni aytish joizki, xatto kimyoviy qayta ishlanganda ham qo’shimcha mahsulotlar ajralib chiqadi. Yog’ochni kimyoviy qayta ishlashning asosiy usuli bu- sulьfat va sulьfit usullar yordamida tsellyuloza olishdir. Qolgan usullar ikkinchi darajali hisoblanadi. Kimyoviy usuldan tashqari mexanik usul bilan yog’ochdan yarim tsellyuloza, yog’och massasi, qalin qog’oz va boshqa tolali materiallar olinadi. Yarim tsellyuloza va yog’och massasi tarkibida tsellyulozaga nisbatan ko’p miqdorda lignin bo’lib, ulardan asosan gazeta qog’ozi olishda foydalaniladi.
Istalgan daraxtga qarab, uni uchta asosiy qismdan iboratligini ko’rish mumkin: novda, tana va ildiz. Shox-shabba, barg, igna tutgan novdalarning vazifasi o’sayotgan daraxtni oziqlantirishdan iboratdir. Keng masofada tarqalgan shox-shabbalarda katta yuzaga ega bo’lgan barg va ignachalar o’sadi va ular kuyosh nuri ta’sirida nurlanadi. Barg va ignalar havo tarkibidagi oz miqdordagi uglekislotani yutib, uni daraxt rivojlanishi uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddaga aylantirish xossasiga ega.
Daraxt tanasining vazifasi tuproqdan suv va uning tarkibidagi mineral hamda organiq moddalarni barglarga uzatishdan iborat. Suv bilan birga tuproqdagi uglekislota erigan holatda bargga uzatiladi. Erigan uglekislota va havodan yutilayotgan uglekislota yordamida daraxtning organiq moddalari hosil bo’ladi. Barglarda ishlab chiqariladigan organiq ozuqa moddalar daraxtga va qisman ildizga oqib tushadi. SHunday qilib daraxt tanasi ildiz va shox-shabbalarni boglab turuvchi va ozuqa moddalarni almashinish funktsiyasini bajaruvchisi zveno hisoblanadi. Barg va tana orasidagi ozuqa moddalarni almashinishida shox-shabbalar xizmat qiladi. Daraxt tanasi shoxlarni vertikal holatda ushlab turuvchi mexanik funktsiyani ham bajaradi. Barg va butalardan tarkib topgan shoxlarning keng yuzasi kuchli shamol vaqtida tanani katta mexanik kuchlanish ta’sirida egilishga majbur etadi, shuning uchun daraxt haddan ziyod mustahkam bo’lishi kerak. Tana shuningdek daraxtning yashash davrida sarflaydigan ozuqa moddalarni saqlash uchun ham xizmat qiladi.
Ildiz daraxtni vertikal holatda ushlab turadi va uni tuproqdagi namlik va erigan moddalar bilan to’yintiradi. Turli daraxtlarda organiq moddalarning uchrashi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Yog’och kimyoviy zavodlarda qayta ishlanilishi lozim bo’lgan xom ashyo hisoblanganligi uchun tana tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan moddalarni ko’rib chiqamiz.
Yog’ochni o’rganishda avvalambor uni tana markaziga nisbatan uch yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
ko’ndalang –tana o’qiga nisbatan ko’ndalang ketgan;
radial (shu’lasimon, radius shaklida ketadigan) markazdan o’tuvchi va daraxtni uni diametri bo’yicha kesib o’tuvchi yo’nalish;
tangentsial – tana bo’yicha o’tadigan kesim teksligi
Yog’ochni ko’ndalang kesganda uni tuzilishini ko’rish mumkin. Daraxt tanasining markazida mexanik mustahkam bo’lmagan, g’ovak to’qima-yurak qismi joylashgan. Yurak qismning dimetri 1-5 mm ni tashkil etadi. Draxtning umumiy hajmiga nisbatan yurak qismi juda kam joyni egallaydi va u kimyoviy ishlab chiqarishda ahamiyatga ega emas. Daraxt tanasining asosiy qismi yog’ochdir. Agar yog’och ko’ndalang kesimi bo’yicha bir xil harakterga ega bo’lsa, u zabolonli (po’stloqostli) deyiladi. Lekin daraxtning ba’zi navlarida ko’ndalang kesim bo’yicha yog’och rangi o’zgarib boradi, ya’ni yangi qatlam ochrok rangda va uning kari qismi markazga borgan sari tuk rangda bo’ladi. Yog’ochning nisbatan tuk rangli qismi yadro, ochroq ranglisi zabolonь deyiladi. Yadro qismiga ega bo’lgan daraxtlar yadroli deyiladi. Ularga tilogoch, qaragay, kayragoch terak, olma, tol misol bo’ladi. Kayin, togterak, korakayin, archa va boshqalar yadrosiz yoki zabolonli daraxtlar deyiladi. O’z xossalar bo’yicha yadroli yog’och yadrosiz yog’ochga nisbatan bir muncha farq qiladi. Yadrosiz yog’ochning og’irligi yadorli yog’ochnikiga nisbatan past.
Agar daraxt tanasi ko’ndalang kesib qaralsa, u holda daraxtni markazni o’rab turuvchi aylanma qatlamlardan tashkil topgan deb qarash mumkin. Har bir qatlam bir yilni bildiradi. Ular har yili hosil bo’ladi va daraxtni yil davomida usishini ta’minlaydi. Daraxtning har yillik qatlami uni naviga va usish sharoitiga bog’liq ravishda 1 mm dan to 1 sm gacha bo’lishi mumkin. Daraxt o’sishda kanchalik yaxshi sharoit bo’lsa (tuproq, namlik, kerakli miqdordagi kuyosh nuri va boshqalar), shunchalik yillik qatlam keng bo’ladi. Har bir yillik qatlam ikki qismdan iborat bo’lib, ularning birinchisi markazga yakin joylashgan va ochrok rangda bo’ladi, ikkinchisi esa daraxt po’stlog’iga yaqinroq va tuk rangda bo’ladi. Hajmiy og’irlik va mexanik xossa tuk rangligida yuqori hisoblanadi. Ayrim hollarda ko’ndalang kesimda markaziy nurlarni ko’rish mumkin.
Yog’och bilan daraxt po’stlog’i orasida juda yupqa qatlam bo’lib, u kambiy deyiladi. Yog’ochning bu qismi xujayralarga ajralish xossasiga ega bo’lib, har yili yog’och va po’stloqning yangi qavatlarini hosil qiladi. Tirik xujayralardan tashkil topgan kambiy kichik xujayralarga ajralish davrida radial yo’nalish bo’yicha 105-110 ta yog’och va 10 ta po’stlog’ tolasi xujayralarini hosil qiladi. Daraxt tashqaridan po’stloq bilan koplangan, u ham o’z navbatida qavatdan iborat. Po’stloqning ichki qavati po’stloq tolasi deyiladi. Po’stloq tolasi xujayralardan tashkil topgan bo’lib, u suvda erigan va barglarda sintez qilingan organiq birikmalarni shox va butalardan yog’ochga oqib o’tishi uchun xizmat qiladi. Po’stloqning ikkinchi qavati qobiq deyilib, u daraxtning tashqi ta’sirdan himoya qiladi.
Yog’och namligi deb, undagi suvning foyiz miqdoriga aytiladi. Namlikni ikki xil tushunchasi mavjud: nisbiy namlik (nam yog’ochga nisbatan) va absolyut namlik (absolyut quruq yog’ochga nisbatan).
Suv yog’och xujayralari bo’shliqlarida joylashgan bo’ladi. Bu bo’shliqlardan ildiz orqali barglarga suv oqib boradi. Bu suv ozod yoki kapillyar suv deb ataladi. Bundan tashqari yog’ochda xujayra devorlarini sugorib, uni nam holatda ushlab turuvchi suv ham bo’ladi. Bu suv bog’langan yoki gigroskopik suv deyiladi. Ozod suv bilan bog’langan suv o’rtasida keskin chegara bo’lmaydi, chunki ma’lum sharoitda ozod suv bog’langan yoki bog’langan suv ozod suv holatga o’tishi mumkin. Ba’zida yog’ochni ko’rishi jarayonida oldin ozod suv so’ng esa bog’langan suv parchalanadi deb qaraladi.
Namlik quyidagi turlari ma’lum: yangi kesilgan daraxt namligi; havoda qurigan daraxt namligi; xonada qurigan daraxt namligi; absolyut qurigan daraxt namligi; nam daraxt namligi. Namlikni umumiy tushunchasidan tashqari yana texnik, ishlab chiqarish va ekspluatatsion namliklar ham mavjud. Ishlab chiqarish korxonalari bo’limlarida turgan paytdagi namlik ishlab chiqarishdagi namlik, ekspluatatsiya jarayonidagi namlik esa ekspluatatsion namlik deyiladi. Yog’och xaddan tashqari qurib ketmasligi uchun uning ishlab chiqarishdagi namligi ekspluatatsion namlik bilan iloji boricha bir xil yoki 2 % kam miqdorda ushlab turilishi lozim. Odatda yangi kesilgan daraxt namligi 35% dan (yaprokli daraxt navlari) 55 % gacha (igna bargli daraxt navlari) bo’lishi mumkin, bu yil fasllariga ham bog’liq.
Havoda qurigan yog’och namligi o’rtacha 15% deb qabul qilingan. Ko’pincha bu yil fasl oylariga, atrof-muhit sharoitiga, ob-havoga bog’liq va miqdor katta oralikda o’zgarishi mumkin. Agar yog’och ko’p vaqt suvda tursa, u holda yog’och tarkibidagi havo suv bilan itarib chiqariladi va buning natijasida yog’ochning hajm og’irligi juda ortib ketadi. Yog’ochdagi suvning nazariy maksimal miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi.
Namlikni ko’p miqdori daraxtning ildizida, shoxlarida va barglarida bo’ladi. Daraxt tanasida esa namlik notekis tarqalgan, agar daraxt o’zunligi bo’yicha uning namligi aniqlansa, namlik miqdorini pastdan tepaga tomon ortib borishi ko’zatiladi. Namlik daraxt yadrosi va zabolonda ham turlicha bo’ladi. Archa, tilogoch va qaragayda yadrodagi namlik zabolondagiga nisbatan ikki marotabagacha kam bo’lishi mumkin. Emanda esa teskari. Yog’och namligi har xil usullarda aniqlanishi mumkin. Kimyoviy laboratoriyalarda esa yog’och namligi uning o’zgarmas vaznga kelguncha quritish orqali hisoblanadi. Absolyut va solishtirma namlik hisoblanib, so’ng qiymati solishtirganda ular har xil miqdorda bo’ladi. Solishtirma namlikdan absolyut namlikka o’tish uchun quyidagi nomogrammadan foydalaniladi.
Xo’l yog’ochning qurish tezligi avvalambor haroratga havo namligiga bog’liq. Qanchalik harorat yuqori va havo namligi past bo’lsa, shunchalik yog’och tez quriydi. Yog’ochning ko’rishidan oldin uning ustki qismidagi suv parchalanadi, yog’ochning o’rtasida xali namlik mavjud bo’lib, u vaqt o’tishi bilan ichkaridan ustki qismga qarab harakatlanadi. Havo namligi bilan yog’och namligi muvozanatga kelguncha yog’ochning ko’rishi davom etadi. Yog’ochning ko’rishi yana uning anotomik kurilishiga ham bog’liq. Yog’ochning qattiq navlari yumshogiga nisbatan sekinrok quriydi. Ko’rish yog’och tolasining bo’yi bo’yicha tezroq boradi. Daraxt po’stlog’i uni ko’rishini sekinlashtiradi, shuning uchun po’stlog’idan tozalangan yog’och tezroq quriydi. Yog’och to 19-23% namlik1gacha tez quriydi. Bu holat hamma ozod suv bug’langanda va gigroskopik suvni parchalanishi boshlanganda vujudga keladi. Yog’ochdagi namlik miqdorini, undagi gigroskopik suv miqdoriga to’g’ri keladigan miqdori tolaning to’yinganlik nuktasi deyiladi. Yog’ochni qurish davrida uning hajmi kamayadi. Bu jarayon gigroskopik suvni chiqib ketishi vaqtidan boshlanadi va bu jarayon yog’ochni qurib kamayishi deyiladi. Ko’rish jarayonida yog’och hajmi 12 % ga kamayadi. Yog’ochning qurib kamayish qiymati (hajm jixatdan) ko’ndalang o’lcham bo’yicha bo’yiga nisbatan katta bo’ladi. Agar yog’ochning qurib kichrayishi bo’yiga 0,1-0,3 % ni tashkil etsa, bu qiymat ko’ndalang bo’yicha 3-10 % ga teng.
Yog’ochni randalash jarayonida uni qurib, o’lchamini kamayishini hisobga olinishi kerak, chunki asosan xom yog’och randalanadi.
Yog’ochning havoda namlikni yutishiga gigroskoplik deyiladi. Namlikni yutilish tezligi haroratga va havoning nisbiy namligiga bog’liq. Agar havo nisbiy namligi 60-70% va harorat 200S bo’lsa, u holda havoda quritilgan yog’ochning namligi taxminan 12 % ga teng bo’ladi. Yog’ochning gigroskopligi uning kamchiligi hisoblanadi. Yog’ochning havodagi namlikni yutishini kamaytirish maqsadida u qizdiriladi. Ko’p vaqt davomida yog’ochni 700S gacha qizdirish natijasida uning giroskopligini kamaytirish mumkin, lekin bunda yog’ochning mexanik xossasi yomonlashadi. Yog’och sirtini namlik o’tkazmaydigan qatlam, ya’ni turli laklar bilan koplash har doim ham yaxshi natija bermaydi. Yog’ochni sun’iy smolalarga shimdirish bir kadar yaxshi natija berishi mumkin.
Agar suvga yoki boshqa biror bir moddaning suvli eritmasiga yog’och tushirilsa, u holda yog’och ko’pgina miqdorda suv yoki suyuqlikni yutadi. Yog’ochni suv yoki boshqa suyuqlikni yutish qobilyati uning namlik yutish hajmi (vlagoemkostь) deyiladi. Bu kattalik yog’och g’ovaklarining miqdori va o’lchamlariga bog’liq.
Yog’ochning namlik yutish hajmiga va uni yutish tezligiga suv harorati katta ta’sir ko’rsatadi. Past haroratda yog’ochni shimilish tezligi past bo’lsada, past haroratda yuqori haroratdagiga nisbatan ko’p suv yutiladi. Mumsimon moddalar yog’ochga suvni yutilishini qiyinlashtiradi. Yog’ochga tuzli eritmalar ham yutiladi, lekin toza suvdagiga nisbatan tuzli eritmalarning yutilish tezligi sekin kechadi. Lekin harorat ortishi bilan tuzli eritmalarni yog’ochga yutilishi ham ortib boradi.
Yog’och suvga shimdirilganda, u bukadi va bu vaqtda issiqlik ajralib chiqadi. Bukish chog’ida katta kuchlanishlar vujudga keladi. Masalan toshda teshik hosil qilib, u yerga yaxshi quritilgan yog’och bo’lagi joylashtirilsa va unga suv qo’yilsa, u holda oldin yog’och bo’kadi va natijada u toshni bo’lib yuboradi. Qurigan yog’ochdan yasalgan bochka, chan, qayiqlar suvga tushirilganda, yog’och bo’kadi va ulardagi tirqishlar kichiklashishi natijasida ularga suv o’tmaydi.
Yog’och o’rganilganda ikkita tushunchaga ahamiyat beriladi: yog’och moddalarining solishtirma og’irligi va yog’ochning hajm og’irligi. Yog’och moddalaring solishtirma og’irligi birdan katta. Uni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Yog’och moddalarining haqiqiy solishtirma og’irligi hamma daraxt navlari uchun taxminan bir xil va u aniqlash usuliga bog’liq ravishda 1,47 dan to 1,56 gacha bo’lishi mumkin.
Yog’ochning hajm og’irligi qiymati katta ahamiyatga ega, chunki ko’p vaqtlarda yog’och hajm bo’yicha o’lchanadi. Yog’och hajm og’irligi uning haqiqiy og’irligiga va g’ovaklar hajmiga bog’liq. Qanchalik g’ovaklarning hajmi katta bo’lsa, shunchalik yog’ochning hajm og’irligi kam bo’ladi. Yog’ochning g’ovak hajmi katta, yog’ochning g’ovak bo’lmagan qismi umumiy hajmning 20-50 % ini tashkil etadi. SHuning uchun odatda hajm og’irlik birdan kam bo’ladi, ba’zi hollarda bu qiymat birdan ozgina ko’p bo’lishi mumkin.
Hajm og’irlik qiymati yog’ochning namligiga bog’liq bo’lib, agar yog’ochning g’ovaklari havo bilan to’lgan bo’lsa, bu qiymat g’ovaklar suv bilan to’lgandagiga nisbatan past bo’ladi. Hajm og’irlik daraxt naviga, yoshiga, o’rmon turiga, namuna olingan joyga bog’liq bo’lib, uning qiymati taxminan 0,37 dan 1,04 gacha bo’lishi mumkin. Lekin chet eldagi ba’zi daraxtlarning hajm og’irligi 0,035 va 1,42 bo’lishi mumkin (1,42- Floridadagi temir daraxt, va 0,035 - Yava orolidagi Aestonia apotulata).
Quruq yog’och elektrni yomon o’tkazadi, shuning uchun quruq yog’ochdan radiopriyomnik, televizor va boshqa elektr asbob-uskunalar uchun qutilar, randa dastaklari va boshqa elektr bilan ishlashga mo’ljallangan buyumlar yasaladi. Yog’ochni elektr o’tkazuvchanligi uning namligi ta’sirida keskin o’zgaradi. Yog’ochning elektr tokiga qarshiligi uning har xil yo’nalishi bo’yicha turlicha bo’ladi.
Harorat ortishi bilan yog’ochning elektr o’tkazuvchanligi ortib boradi. Yog’och elektr o’tkazuvchanligini uni parafin, transformator yog’i va boshqa smolalarga shimdirish orqali kamaytirish mumkin.
Yog’och-bu g’ovaksimon sistemadir. Daraxtning ba’zi navlarida ularning g’ovaklari daraxtning 80% ini tashkil etadi. Yangi kesilgan igna bargli daraxtda bu g’ovaklarni yarmi suv bilan va yana yarmi havo bilan to’lgan bo’ladi. Yog’ochni quritish natijasida havo bilan to’lgan qism ulushi ortib boradi. Ma’lumki havo issiqlikni yomon o’tkazadi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti daraxt naviga, yog’och namligiga, hajm og’irligiga va haroratga bog’liq. Yog’ochning g’ovakliligi uning navi bilan aniqlanadi. G’ovaklik kanchalik katta bo’lsa, shunchalik yog’ochning issiqlik o’tkazuvchanligi va hajm og’irligi kam bo’ladi. Harorat ortishi bilan yog’ochning issiqlik o’tkazuvchanligi ham ortadi. Lekin har xil yo’nalishda u turlicha qiymatga ega bo’ladi. Masalan qarag’ayning bo’yi bo’yicha issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti eniga nisbatan uch barobar kichik. Yog’ochning bo’yi bo’yicha issiqlikda o’lchamlarini o’zgarishi sezirarli emas (temir va misga nisbatan 5-6 marta kichik). Lekin ko’ndalang holatdagi kengayish koeffitsienti yog’och bo’yiga nisbatan 12-15 marotaba katta va temir hamda misga nisbatan 2-3 marta katta. Quruq yog’ochning turli daraxt navlarida issiqlik yutish hajmi deyarli bir xil (0,33-0,34). Bu qiymat harorat ortishi bilan deyarli o’zgarmaydi. Yog’och namlanganda uning issiqlik yutilish hajmi ortadi. Bunga sabab, suvning issiqlik yutish hajmi yog’ochnikiga nisbatan deyarli uch marotaba kattaligidir. Nam yog’ochning issiqlik yutish hajmi yog’och va suvning issiqlik yutish summalari yig’indisidan iborat.
Yog’ochning yonish harorati nazariy hisoblangan va u 15900 S ga teng. Lekin amaliyotda bu haroratga yetib borib bo’lmaydi, chunki issiqlik nurlanishga sarf bo’ladi va yog’och to’liq yonmasligi mumkin. Quruq yog’och yonishida odatda 1000-10250S haroratgacha yetib borish mumkin. Ma’lumki 1 kg yoqilg’i yonganda olinadigan issiqlik mokdoriga issiqlik hosil qilish (teplotvor) xossasi deyiladi. Yog’ochning issiqlik hosil qilish xossasi daraxtning turli navlarida bir-biridan ozgina farq qiladi va uning miqdori 4400 - 5050 kkal/kg bo’lishi mumkin.
Yog’och namligi ortishi bilan uning issiqlik hosil qilish qobiliyati juda pasayib ketadi. Agar absolyut quruq kayin uchun u 4919 kkal/kg ga teng bo’lsa, 15% namlikka ega bo’lgan havoda qurigan quruq yog’och uchun u 4125 kal/kg ga teng. Kishda kesilgan 45% suv tutgan yangi kayin uchun 2750 kal/kg ga teng. Bu degani yoqish uchun agar yaxshi quritilgan yog’ochdan foydalanilsa 35% issiqlikni tejab qolish mumkin. Daraxt elementar tarkibini bilab, uni issiqlik hosil qilish qobilyati quyidagi formula orqali hisoblanadi
Q=81 C+300 H – 260
Bu yerda: C,H, Q % da ifodalangan
O’sayotgan daraxt tashqi ta’sirlar natijasida u ko’pgina bukilishlarga uchraydi. SHamol ta’sirida daraxt bukiladi, ya’ni bukilish kuchlanishini sinab ko’radi va natijada shox-shabbalarning og’irligi ortadi. Ko’p ta’sir etuvchi omillar ta’sirida daraxt yetarlicha mexanik chidamlilikka ega bo’ladi. 0,5 solishtirma og’irlikdagi qarag’ayning uzilishdagi mustahkamligi 1200 kg /sm2ga teng. Marten po’latining (solishtirma og’irligi 7,8 ga teng) o’zilishdagi mustahkamligi 4500 kg/sm2ga teng. Agar bu qiymatlarni bir xil og’irlikda hisoblansa, quyidagiga ega bo’lamiz:
1200 : 0,5 244 kg/sm2 va 4500 : 7,8580 kg/sm2
Ko’rinib turibdiki bir birlikdagi og’irlikka ega bo’lgan yog’och mustahkamligi po’latnikiga nisbatan to’rt barobar ko’pdir.
Yog’ochni klassik usul, ya’ni yondirib, uni elementar tarkibi tekshirilganda barcha daraxt navlari uchun deyarli bir xil natijalar olinadi. Yog’ochni elementar tekshirishda doimiy og’irlikgacha quritilgan qipiq yoki yog’och kukuni (uni) idishga solinib, pechkada toza kislorod yoki havo ta’sirida yondiriladi. Bu usul bilan yog’och tarkibidagi uglerod va vodorod miqdori aniqlanadi. Elementar tekshirish yog’ochdagi asosiy elementlarning mavjudligi haqida ma’lumot beradi.
Yog’ochni yoqish natijasida tarkibida kaliy, magniy, temir va marganetsning ugleoodli tuzlarini tutgan mahsulotlar olinadi. SHuning uchun kul miqdori daraxt tarkibidagi mineral modda miqdorini ko’p qilib ko’rsatishi mumkin. Yog’ochdagi mineral moddalarning haqiqiy miqdorini bilish uchun, kul tarkibidagi organiq modda va suv hosil qiluvchi ko’mir kislota miqdorini hisoblashga to’g’ri keladi.
Kul ikkita asosiy - suvda eruvchan va erimaydigan qismlardan tashkil topgan. Kulning eruvchan qismi uning umumiy miqdoriga nisbatan 10-25% ini tashkil etadi. Kulning eruvchan qismiga soda, potash, xlor va sulьfat kislota tuzlari kiradi.
Yog’och murakkab kompleks va uning asosini uglevod mahsulotlari tashkil etadi. Uglevod mahsulotlarini asosan polisaxarid-tsellyuloza tashkil qiladi. Ikkinchi urinda o’zini tuzilishi bilan har xil bo’lgan gemitsellyuloza va nihoyat poliuron kislotalar (kamedi, pektin moddalar) turadi. Yog’och tarkibida asosiy komponentlar bilan birga boshqa moddalar ham bo’lib, ularning miqdori ko’pincha daraxt naviga bog’liq bo’ladi. SHunday ikkinchi darajali (miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha) elementlarga quyidagilar kiradi: bo’yovchi va oshlovchi moddalar, mum, yog’, qatron (smola), efir yog’lari, qatron kislotalar, oqsil va boshqalar.
Yog’och tarkibidagi moddalarni aniqlash uchun bir necha xil usullar mavjud. Materiallarni qatьiy ma’lum usullarda tekshirishga tayyorlash va analitik analizlarni ketma-ket olib borish orqali aniq natijalarini olish mumkin. Tekshirish uchun keltirilgan yog’och u yoki bu usul bo’yicha qipiq holatga keltiriladi. O’lchamlari 1 mm bo’lgan elakdan yaxshi o’tadigan va o’lchami 0,5 mm bo’lgan elakda ushlanib qolgan qipiq eng yaxshi qipiq hisoblanadi. Albatta qipiqning bu o’lchami taxminan qabul qilingan, lekin tekshirishlarning kiyosiy natijalarni olish uchun ma’lum standartlarga rioya qilish kerak, chunki olinadigan natijalarning aniqligiga yog’och o’lchamlari ham ta’sir etadi. Yog’ochni tekshirishni bir necha xil usullari mavjud, lekin ular hamma qabul qilgan usullar hisoblanmaydi. Ko’pincha quyidagi usuldan foydalaniladi:
Sovuq suvda eruvchanlarni aniqlash; issiq suvda eriydiganlarni aniqlash; efirda eruvchanlarni aniqlash (yog’, mum, qatron); 1% li ishqorda eriydiganlarni aniqlash. Ekstraktsiyalangan yog’och qoldiqlarining ayrim namunalarida tsellyuloza, lignin, gemitsellyuloza (pentozanlar, metilpentozanlar, mannanlar, galaktanlar) va kulni aniqlash uchun tekshirishlar olib boriladi.
Barcha o’simlik to’qimalarida uglevod va aromatik harakterga ega bo’lgan asosiy moddalar bilan bir qatorda yog’, mum moddalar ba’zi o’simliklarda esa qatron ham bo’ladi. Bu moddalar o’simliklarda kam miqdorda bo’ladi, lekin qaragay va ignabargli daraxtlarning ayrim vaqillarida ko’prok miqdorda uchrashi mumkin. Tekshirishlar chog’ida yog’, mum va qatron moddalar umumiy holatda bir guruhga biriktiriladi. Bu moddalarning hammasi efir yoki spirt-benkul aralashmasida yaxshi ajraladi.
Oqsil moddalar daraxt hayotida katta ahamiyatga ega, lekin ularning kam miqdorda bo’lagnliklari texnikada amaliy ehamiyatga ega emas.
Lignin o’simlik xujayralariga gidrofoblik xossasini beradi deb hisoblnadi. Bu ularga suv ta’sirida o’z shaklini o’zgartirmaslik xossasini beradi. Ba’zan lignin o’simliklarga pishiqlik va mustahkamlik beradi deb qaraladi. Lekin bu asossiz, chunki lignin mustahkam bo’lmagan g’ovaksimon strukturadir. Lignin molekulyar massasi katta emas, shuning uchun u o’simliklarga mustahkamlik bera olmaydi.
Atsetillash jarayonida yog’och o’z tarkibini o’zgartirmaydi. Hosil qilingan atsetilyog’och xloroformda erimaydi va atsetiltsellyuloza yog’ochdan xloroform yordamida ajralib chiqmaydi, buning aksi atsetiltsellyuloza xloroformda yaxshi eriydi.
Igna bargli daraxt navlaridan olingan gummidan ip va ipak matolariga gul bosishda quyuqlashtiruvchi modda sifatida va turli yelimlar tayyorlashda foydalaniladi.
1.2. Yog’ochni haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashda xizmat qiluvchi materiallar
Yog’och suvga chidamli sintetik yelimlar bilan ishonchli yelimlanadi. Buning natijasida yirik ko’ndalang kesimli, katta uzunlikdagi, turli shaklda egilgan va siniqli hamda boshqa turlardagi yelimlangan yog’och konstruktsiyalari tayyorlanadi. Yelimlangan yog’och konstruktsiyalaridan katta oraliqli konstruktsiyalar ham tayyorlanadi. Yog’ochdan suvga chidamli qurilish fanerasi olinadi va ulardan yengil yelimlangan fanerli konstruktsiyalar tayyorlanadi.[ ]
Yog’och konstruktsiyalari shuningdek kamchiliklarga ham egadir. Noto’g’ri qo’llanilganda va ishlatilganda hamda uzoq vaqt namlik ta’sirida ular chiriydi. Lekin hozirgi zamon konstruktiv va kimyoviy himoya uslublari uzoq muddat ishlatilganda chirishdan saqlash imkoniyatini beradi. Yog’och konstruktsiyalari yonuvchan hisoblanadi. Ammo lekin, hozirgi paytda qo’llanilayotgan yirik ko’ndalang kesimli yog’och konstruktsiyalarining olovbardoshlilik chegarasi ayrim metall konstruktsiyalarinikidan yuqoriroqdir. Ular qo’shimcha yonishga qarshi maxsus qoplamalar bilan ham himoya qilinadi.
XX asrning 50-chi yillarida birinchi marta yelimlangan yog’och konstruktsiyalari ishlab chiqarila boshlangan. Bu turdagi konstruktsiyalarni rivoji rus olimi G. G. Karlsen hayoti bilan uzviy bog’liqdir. Sintetik polimer smolalar asosida yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan suvga chidamli yelimlarni ishlab chiqarilishi bu turdagi konstruktsiyalarni yanada rivojlanishiga olib kelgan. Yog’ochni yelimlashda oldinroq fenolformalьdegidli, keyinroq esa ishonchli rezortsinali yelimlar, yog’ochni metalga yelimlashda epoktsidli yelimlar qo’llanilgan.
Elimlangan yog’och elementlar kam qavatli turar - joy uylari konstruktsiyalarida, kichik sanoat va jamoat binolarida, avtoyo’l ko’priklarida qo’llanila boshlangan. Shuning bilan birga yangi turdagi yelimlangan yog’och konstruktsiyalari birikmalari yaratilgan va tadkik qilingan, jumladan ichida yelimlab mahkamlangan po’lat sterjenli to’sinlar, taxtalarni biriktirish uchun po’lat tishli plastinkalar va hokazo. Frantsiya va Amerikada yaxlit yog’och elementli katta bo’lmagan hamda yirik oraliqli yelimlangan yog’och arkasimon fazoviy konstruktsiyalar keng qo’llanila boshlangan. Harorat ko’tarilganda mustahkamlik chegarasi va elastiklik moduli kamayadi va yog’ochning mo’rtligi oshadi. Masalan, qarag’ay yog’ochini siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, uni 20S dan 50S gacha qizdirilganda o’rtacha 70% gacha kamayadi, 100S gacha qizdirilganda esa, boshlang’ich qiymatidan 30% gacha kamayadi.
Manfiy haroratlarda yog’ochdagi namlik muzga aylanadi va namlik 25% gacha bo’lganda siqilishdagi mustahkamligi ortadi, lekin mo’rt bo’lib qoladi.
Yog’ochning harorat ta’siridagi deformatsiyasi -chiziqli kengayish koeffitsienti bilan aniqlanadi. Yog’och tolalari bo’ylab aniqlangan bu koeffitsient juda kichik va u 5.10-6 dan oshmaydi, o’z navbatida bu yog’och uylarni harorat choklarisiz qurish imkoniyatini beradi. Tolalariga ko’ndalanggi bo’yicha esa bu koeffitsient 710 marta kattadir.
Yog’ochning issiqlik o’tkazuvchanligi, uning trubasimon-g’ovak tuzilishiga ega bo’lganligi hisobiga ayniqsa tolalariga ko’ndalanggi bo’yicha kichikdir. Quruq yog’ochni tolalariga ko’ndalanggi bo’yicha o’rtacha issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti = 0,14 Vt / (m•°S) ga tengdir. Issiqlik o’tkazuvchanligi kam bo’lganligi uchun yog’och yengil to’siq konstruktsiyalari uchun samarali material hisoblanadi. Yog’ochni issiqlik sig’imi kattadir, quruq yog’ochniki o’rtacha S =1,6 kJ /(kg•°S) ga tengdir.
Chirish - yog’ochni oddiy o’suvchi organizmlar ta’sirida buzilishidir. Yog’och bu organizmlar uchun oziq-ovqat muhiti vazifasini bajaradi. Yog’ochni va yog’och materiallarini biologik zararkunandalari juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Biologik zararkunandalarga bakteriyalarning ba’zi turlari, yog’ochni buzuvchi zamburug’lar, yog’och teshuvchi qurtlar, chumolilar va dengiz-yog’och teshuvchilari-molyuskalarni ba’zi turlari kiradi. Hozirgacha bakteriyalarning yog’ochga ta’siri kam o’rganilgan. Ma’lum bir bakteriyalar yog’och tarkibidagi ayrim moddalarni achishiga sabab bo’lib, uning buzilishiga olib keladi. Bularning ta’sirida yog’och mustahkamligini asta-sekin yo’qotib boradi.
Eng ko’p tarqalgan yog’och zararkunandalari bu zamburug’lardir. Ular o’rmon, ombor va uy zamburug’lari turiga bo’linadi. O’rmon zamburug’i asosan o’sayotgan yog’och daraxtini zararlaydi. Ombor zamburug’lari asosan yog’och materialini saqlash jarayonida yerga tegib turgan qismini zararlaydi. Uy zamburug’lari esa yog’och materialini konstruktsiya sifatida ishlatish jarayonida zararlaydi va uning chirishiga sabab bo’ladi. Zamburug’lar 3 Sdan 45 S gacha bo’lgan haroratlarda va 1820 % namlikdan kam bo’lmagan holatlarda rivojlanadi va yog’ochni chiritadi.
Qumursqalar - yog’ochni buzuvchilari hisoblanadi. Ular ham quruq, ham ho’l yog’ochni buzilishiga, chirishiga olib kelishi mumkin.
Chirishdan yog’och konstruktsiyalarini himoya qilishning ikki xil usuli mavjud: konstruktiv himoya usuli; kimyoviy himoya usuli. CHirishdan himoya qilishning konstruktiv usulida konstruktsiyaning ekspluatatsiya qilinishi uchun muhit yaratiladi va u holatda konstruktsiyaning namligi chirish sharoitiga namlikdan oshib ketmaydi. Yopiq binolarda, atmosferadan tushadigan yog’ingarchiliklarni tom yopmadan o’tib ketmasligi, tomda nishablik bo’lishi, ichki suv chiqib ketish yo’llari bo’lishi ta’minlanadi. Yog’och konstruktsiyalarini kapilyar namlikdan himoya qilish uchun, ularni beton va g’isht devorlardan bitum qatlamli gidroizolyatsiya bilan ajratiladi. Xona ichidagi yog’och konstruktsiyalari PF-115, UR-175 va boshqa yog’och lak-buyoqlari bilan himoya qilinadi. Yog’och konstruktsiyalarida hosil bo’ladigan kondensatsiya namligidan himoya qilish muhim ahamiyatga egadir. Bu holatda konstruktsiyaga suv bug’lari kirmasligi uchun, xona tomondan bug’saqlagich qo’yiladi. Asosiy yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarni loyihalashda chok bo’lmasligi va yoriq joylar bo’lmasligiga erishish lozim, chunki bu joylarda sovuq havoning turib qolishi va u yerda suv hosil bo’lishi - chirish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin.
Agar konstruktsiyani ekspluatatsiya qilish jarayonida uning namlanishi aniq bo’lsa, u holatlarda kimyoviy himoya usulidan foydalaniladi. Masalan ko’prik, minora va qoziq konstruktsiyalarida yog’och konstruktsiya namlanishi mumkin. CHirishdan himoya qilishning kimyoviy usulida konstruktsiyaga antiseptika moddasi surtiladi yoki shimdiriladi yoki u bilan qoplanadi. Antiseptikalar ikki turga bo’linadi: suvda eriydigan va suvda erimaydigan-moyli. Suvda eriydigan antiseptika - ftorli va kremniy ftorli natriydir. Uning rangi va hidi yo’q. Uni yopiq turdagi binolarda ishlatiladi va u odamlar uchun zaharli emasdir. Ba’zi turdagi suvda eriydigan zaharli antiseptikalar ham mavjud. Ularning ayrimlari odamlar uchun ham zaharlidir. Moyli antiseptika - suvda erimaydi, har xil zamburug’ va bakteriyalar uchun zaharlidir, kuchli yoqimsiz xidga ega bo’lib, odamlar sog’ligi uchun ham zararlidir. Bu turdagi antiseptika moddalari ochiq turdagi inshootlar konstruktsiyalarini himoyalashda, odam kam bo’ladigan joylarda, yer va suv ostidagi konstruktsiyalarni chirishdan himoya qilishda ishlatiladi.
Yog’och konstruktsiyalarini yonishdan himoya qilishning ikki usuli bor: konstruktiv va kimyoviy. Yog’och yonuvchan qurilish materiali hisoblanadi. Uning olovbardoshlik chegarasi nisbatan kichikdir. Olovbardoshlik chegarasi - vaqt birliklarida o’lchanadi. Yirik ko’ndalang kesimli yog’och konstruktsiyalari katta olovbardoshlilik chegarasiga egadir. Masalan, 17 17 sm ko’ndalang kesimli qirrali yog’och to’sin- brus 10 MPa kuchlanish bilan yuklangan holatda 40 minut olovbardoshlikka egadir.
Yog’och konstruktsiyasini yonishdan konstruktiv himoya qilish usulida - konstruktsiya yuqori haroratli jihozlardan uzoqroqqa qo’yiladi. Yog’ochning yonishiga qulay harorat bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Hatto oddiy suvoq ham olovbardoshlilik chegarasini ortishiga sabab bo’ladi.
Himoya qilishning kimyoviy usulida - antipiren moddasi qo’llaniladi. Yog’ochni yonishi uchun ikki narsa bo’lishi kerak: harorat va yana kislorod. Antipiren harorat ko’tarilganda shimdirilgan yog’och tarkibidan chiqib yog’och element sirtida plyonka hosil qiladi va bu bilan konstruktsiyani qisloroddan izolyatsiyalaydi, natijada yonish jarayoni to’xtaydi.
Zarur bo’lgan holatlarda antipirenni antiseptika bilan birgalikda va daraxt mikroorganizmlar ta’siriga chidamli hisoblanadi. Bunga sabab daraxtni qarib borishi bilan ulevodlar shunday holatda bo’ladiki, bunda tsellyuloza va gemitsellyulozaga ta’sir etuvchi mikroblar ularga ta’sir etmaydi. Yog’och tsellyulozasining biologik parchalanishiga asosiy to’sqinlik qiladigan modda bu-lignindir. Yog’och tarkibidagi lignin miqdorini kamayib borishi bilan tsellyulozaning mikrorganizmlar ta’sirida chirish xossasi ortib boradi. Bunga sabab tsellyuloza lignin bilan bog’langanligi tufayli tsellyuloza bo’sh emas. TSellyulozani parchalanishi (chirishi) yog’ochni fizik holatiga ham bog’liqdir. Yog’och kanchalik maydalangan bo’lsa, tsellyuloza shunchalik tez chiriydi. Maydalangan yog’och 34 %, juda yaxshi kukun holatgacha maydalangan yog’och 80% gacha chirish darajasiga yetadi.
Daraxt katta biologik mustahkamlikga ega bo’lsada, lekin u baribir tabiiy sharoitda parchalanadi va bu jarayon yemirilish deyiladi. Daraxtni chirishida bakteriyalar ishtirok etmaydi, ular tsellyuloza va ligninga ta’sir qilmaydi. CHirishning asosiy ko’zgatuvchilari bu-parazit tipidagi zamburuglardir. Zamburug’larni rivojlanishida ob-havo, namlik, harorat va daraxt navi muhim rol uynaydi. Hamma daraxtlar ham chirishga bir xil moyilikda bo’lavermaydi. Yaproqli daraxtlar chirishga ancha chidamli. Zabolon tipidagi daraxtlarda ko’p miqdorda namlik bo’ladi va ular atmosferadan namlikni tez yutadi. Zabolon tipidagi daraxt tarkibida qand, kraxmal va yog’ moddalari mavjud. Yadro tipidagi daraxtlar esa o’z tarkibida tannid, qatron, buyovchi va boshqa ekstraktiv moddalarni tutgan bo’lib, bu moddalarning ba’zilari zaharlidir.
Yog’ochni chirishiga tabiiy chidamliligi uni qaysi faslda tayyorlanganligiga bog’liq. Bu ko’rsatkich faqat yangi keslgan yog’ochlarga tegishli. Tekshirishlar natidjasida yoz faslida kesilgan yog’och kish faslida kesilgan yog’ochga nisbatan tezroq chirir ekan. Agar zamburug’larni rivojlanishi uchun yaxshi sharoit bo’lsa, u holda kesilgan yog’och ham o’sayotgan daraxt ham va xatto qog’oz va yog’och massasi ham chiriydi. Yog’ochni chirishidan saqlash uchun ularga antiseptik moddalar bilan ishlov beriladi, bu moddalar o’z navbatida zamburuglar uchun zahar hisoblanadi. Xalk xo’jaligining turli tarmoklarida yog’ochdan foydalaniladi, yog’och xox ustun sifatida, xox texnik sohada, xox krilishda ekspluatatsiya qilinmasin, barchasida uning chirishi uchun sharoit yaratilgan, shuning uchun yog’ochga tegishli moddalar bilan ishlov beriladi.
Yog’ochning chirishi uch bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda zamburug ta’siriga tez uchraydigan kraxmal, qand va boshqa moddalarni yemirilishi va bu rang hosil qiladi. Bu bosqichda lignin-tsellyuloza kompleksiga ta’sir bo’lmaydi. Ikkinchi fazada xujayralardagi moddalarni yemirilishi ruy beradi. Ikkinchi faza bir yildan 10 yilgacha cho’zilishi mumkin. Uchinchi fazada mikrorganizmlar va zamburuglar juda rivojlangan va ko’payayotgan bo’ladi. Bu faza bir necha un yilliklarni o’z ichiga oladi. Yog’ochni butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Yog’och chirishida fizik xossasi va kimyoviy tarkibi o’zgaradi. Zamburuglarni yashashi davomida ulardan daraxtni yemiruvchi fermentlar paydo bo’ladi, bu fermentlar ta’sir etuvchi moddalar nomi bilan ataladi, masalan: ligninaza, malьtaza, saharaza va boshqalar.
Yog’och chirishida uning fizik-mexanik xossasining o’zgarishi tekshirilganda avval uning mogor yoki kuk zamburug bilan zararlanagan joylarini ko’rish mumkin. Bu zamburuglar xujayradagi kraxmal, qand, yog’ va oksillar bilan oziqlanadi. Buning ta’sirida yog’och va daraxt rangi o’zgaradi.
Yog’och chirishida xujayra devorlari bir biridan ajraladi va mayda teshikchalar hosil bo’ladi, buni mikroskop orqali ko’rish mumkin. Keyin daraxt - yog’och rangi o’zgaradi, teshiklar kattalashadi, ular soni ko’payadi, daraxt va yog’ochni yorilishi ko’zatiladi. Natijada yog’ochni fizik-mexanik xossasi o’zgaradi, bular: hajm og’irligi, namlik hajmi, giroskopligi va boshqa mexanik xossalari.
Yog’ochni chirishi davomida uning kimyoviy tarkibi o’zgarib boradi. CHirishning boshlangich bosqichida xali yog’ochdan kimyoviy sanoatda foydalanish mumkin. CHirish darajasiga mos ravishda yog’ochdan tsellyuloza, kraft tsellyuloza, oshlovchi ekstraktlar olish va gidroliz uchun foydalanish mumkin. Yog’ochni quruq xaydash sanoatida chirigan yog’ochdan foydalanib bo’lmaydi, bunga sabab chirigan yog’ochdan olingan ko’mir kichik texnik mustahkamlikka ega va u o’z-o’zidan yonib ketishga moyildir. CHirigan yog’ochdan shuningdek kislota va spirtning hosil bo’lish miqdori ham kam bo’ladi. Yemiruvchi tipiga bog’liq ravishda yog’ochning kimyoviy tarkibi ham o’zgarib boradi. CHirituvchilar asosan tsellyuloza va pentozanlarni yemiradi, lignin deyarli o’zgarmaydi. Bunday yemirilish destruktiv yemirilish deyiladi. SHu bilan bir qatorda korrozion yemirilish ham bo’lib, bunda ligninning parchalanishi bo’yicha yog’och chiriydi. Korrozion yemirilishda zamburuglar uchun ozuqa bo’lib asosan lignin va bir kadar pentozanlar hisoblanadi, tsellyuloza esa ikkinchi urinda turadi. Lekin yemirilishni davom etishi bilan yog’ochning har uchchala komponentini ham parchalanishini ko’zatish mumkin. Destruktiv yemirilishda daraxt va yog’ochda kungir, jigarrang doglar, korrozion yemirilishda esa ok dolar hosil bo’ladi. Tsellyuloza chiriganda unda va fraktsiyalar miqdori ortib boradi va aksincha polimerlanish darajasi pasayadi.
Shunday zamburuglar borki, ular tsellyuloza va ligninni bir xil yemiradi, bunday chirish korrozion-destruktiv yemirilish deyiladi. Yog’och chirib borishi bilan kul miqdori va ishkorda eruvchi moddalar miqdori ortadi. Agar yog’och chirigan bo’lsa, undagi ishkorda eruvchi moddalar miqdori 40% gacha yetadi. CHirigan yog’ochni issiqlik berish xususiyati ham o’zgaradi, bunga sabab uning tarkibidagi uglerod miqdorini o’zgarishidir.
Yog’och yoki boshqa bir yillik o’simliklar tarkibidagi polisaxarid-larni kislota ishtirokida suv bilan o’zaro ta’sirlanib oddiy qand hosil qilishiga gidroliz deyiladi. TSellyulozaning gidrolizlanish tezligi doimiy bir xil emas, ya’ni jarayon boshida tsellyuloza polimerlanish darajasi tez kamayib, so’ng jarayon oxirigacha gidroliz sunib borishi bilan amalga oshadi.
BOB. Yog’och materiallarni aralash, arra turlari mavzusini o’qitish texnologiyasining asosiy vazifasi mamlakatimiz ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanishidagi asosiy vazifasi
Do'stlaringiz bilan baham: |