Andoza o`lchamini o`zgartirish
Kichkina emas, kattaroq o`yinchoq tikish uchun andoza o`lchamini
o`zgartirish mumkin. Kattalashtirishga berilganda, barcha detallar
kattalashtirishi ko`zda tutiladi. Buning uchun barcha detallarni kataklarga
bo`lib olinadi va kataklarni teng miqdorada kattalashtirib, andoza chiziqlarini
moslashtirib chizish yo`li bilan kattalashtirish mumkin. (1-rasm)
Ayiqcha
Ayiqcha (2-rasm) o`yinchog`ini tayyorlash uchun bizga quidagi materiallar
kerak bo`ladi:
Jigarrang duxoba –bosh, quloq, tana, qorin, qul va oyoqlar uchun;
Mallarang (och jigarrang) duxoba –burun va quloqlar uchun;
O`rtacha o`lchamdagi qora munchoqlar -burun va ko`zlar uchun;
So`lakcha uchun yorqin rangli chit;
YOrqin rangli lenta –bog`lash uchun;
Paxta yoki sitepon –o`yinchoq ichini to`ldirish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |