52
13 amaliy ish
MAVZU:
Applikatsiya texnologiyasi.
I. Ishdan maqsad:
Applikatsiya uchun
gazlama qoldiqlarini tanlash,
kiyimlarni applikatsiya bilan bezatish yo`llarini o`rganish.
II. Nazariy ma`lumotlar:
Applikatsiya-lotincha so`z bo`lib, yopishtirish degan ma`noni anglatadi,
ya`ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo`yib tikish yoki yopishtirishdir.
Bunda biror ko`rinishda (syujet, o`simliklar, xayvonlar, geometrik shakllar va h.k.)
ishlatiladigan materiallar xususityatidan kelib chiqib uni asosiy materialga tikish
yoki yopishtirish mumkin.
Applikatsiya kiyimlarni, turli buyumlarni
va xona jihozlarini bezatishda,
ko`rgazma materiallarini tayyorlashda qo`llaniladigan qadimiy amaliy san`at
turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim-kechak va ro`zg`or buyumlarini
bezash uchun gazlama, fetr, zamsh, charm, mo`yna parchalaridan foydalaniladi,
ya`ni ularni bezak bo`yicha
asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok,
petlya chok, popop chok va h.k. bilan chatib qo`yiladi. Gazlamalarning turli-
tumandagi, ularning rangi, fakturasi qiziqarli va antiqa panolar yaratishga yordam
beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar alohida dekorativ harakterda bo`lib,
zamonaviy inter’erga juda mos tushadi.
Applikatsiyani yupqa chit, satin, shoyi va boshqa
gazlamalardan tkishdan
oldin gazlamalarni kraxmallab, yaxshilab dazmollanadi.
Applikatsiyaning alohida predmetli, butan bir mavzuli va dekorativ naqshli
turlari bo`ladi. Predmetli applikatsiyada bironta xayvon, gul, qush, barg, uy,
mashina va h.k.
narsalar tasvirlansa, mazvuli applikatsiyada ma`lum bir sharoit,
ya`ni joy-bayram ko`rinishi, tabiat manzarasi tasvirlanadi.
Applikatsiyalar oddiy va murakkab turlarga bo`linadi. SHuningdek,
applikatsiyani bajarishda bir hildagi yoki bir necha turdagi gazlama bo`laklaridan
foydalanish mumkin.
53
Applikatsiya tayyorlash jarayoni ma`lum bir ketma-ketlikda bajariladi.
Avvalo applikatsiya mavzusi tanlanadi va ushnga asosan eskiz chiziladi, so`ngra
rang tanlanadi, shakl kesiladi, asosga joylashtiraladi va kashta tikib mahkamlanadi.
Ba`zan applikatsiya detallari buyumga yopishtiriladi.
Buning uchun
polietilen plenkasi gazlamadan qirqilgan detalga qaraganda 2-3 mm. kattaroq qilib
qirqib olinadi. Asosiy gazlamaga plenka qo`yiladi, uning ustiga bezak bichilgan
gazlama parchasini qo`yib juda qizib ketmagan dazmol bilan bosib yopishtirali.
Plenka erib, asosiy bezak detalga gazlama parchalarini yopishtiradi.
Applikatsiya ishlarini qo`lda yoki mashina bajarish mumkin. Qo`lda
bajarilganda detallrni bichish jarayonida hech qanday chok haqlari qoldirilmaydi,
chunki bezak detalning chetki qirqimlari bo`ylab turli choklarda asosiy gazlamaga
yopishtirib tikiladi (2-rasm).
Applikatsiyani mashina bajarishda esa bezak detallri atrofidan 1-2 sm. chok
haqi qoldirib bichiladi, chunki bezak detalni asosiy gazlamaga tikishda chok tekis
chiqishi uchun bezak detal chetidan chok haqi
miqdorida ichkaridan tikiladi,
so`ngra ortiqcha chok haqlari bir tekisda qirqib tashlanadi (3-rasm).
Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo`lda bajarish mumkin. Qo`lda
applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak bo`ladi. Bularga:
igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish, bundan tashqari
millimetrlangan qog`oz, kal’ka, ko`chirish rangli qog`ozi.
Applikatsiyani bajarishda ignalar to`plami bilan ishlagan ma`qul.
Applikatsiyani bajarishda turli hil
rangdagi va sifatdagi iplardan, ya`ni 40-
va 50-raqamli g`altak ipdan tortib to jun va muline iplarigacha foydalaniladi.
SHuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida 2-3 xil o`lchamdagi o`tkir
qaychilar yupqa gazlamalar va qiytimlarni bichish uchun og`ir qaychilar esa va
zich gazlamalarni bichish uchun kerak bo`ladi.
Ayrim hollarda (agar applikatsiya yopishtirilgan bo`lsa) zig-zag
qaychilardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: