Eskadron minonoslar.
Bu klassga mansub korabllarning suv sig`imi 1500-
3000 tonna, yurish tezligi 37 uzelgacha, suzish uzoqligi 10.000 km.gacha bo`lib,
ularning asosiy vazifasi dushmanning katta korabllariga torpedalar bilan zarba
berishdir.
Minonoslar kichikroq korabllar, samolyotlar va suvosti kemalari bilan jang
qilish uchun artilleriyaga, zenit raketalariga, avtomat pushkalar va chuqurlik
bombalariga ega. SHuningdek, minonoslardan eskadra korabllarini dushmanning
suvosti kemalaridan mudofaa qilishda, razvedka xizmatida va minalar to`siqlarini
qo`yishda, dengiz bo`yidagi armiya qismlari va desantlariga artilleriya madadi
berishda ham foydalaniladi. eskadron minonos kuchli qurollangani, katta tezlikda
yurishi va ishonchli aloqa qurilmasiga egaligi sababli dahshatli jangovar korabl’
hisoblanadi. Hozirgi paytda minonoslarda ham boshqa klasslarga mansub
korabllardagi singari raketa va atom qurollari tobora keng qo`llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |