To`qish iplarini mahkamlash.
To`qish iplarini mahkamlashning oddiy
usulidan to murakkab, bezatilgan usullarigacha mavjuddir. Iplarning vazifasiga
ko`ra asosiy va ishchi turlari bo`ladi. Asosiy ip asosga tugnaladi yoki bog`lanadi.
Ishchi ipni asosiy ipga mahkamlashning uch xil usuli bo`lib, bu usullarning
barchasida ishchi ip ikkiga teng yoki tugiladigan tugunga qarab biri uzun,
ikkinchisi kalta bo`laklarga ajratib bulinadi (3 rasm)
1 usul.
(3 rasm, a.) : ipni bukishdan hosil bulgan halqani asosiy ipning ustiga
qo`yiladi, halqaning asosiy ipning orqa tomoniga bukib, ipning uch tomonlarini
halqadan o`tkazib tortiladi.
2 usul.
(3 rasm, b) : bu usulda halqani asosiy ipning ostiga qo`yiladi.
Halqani asosiy ipning old tomoniga bukib, ipning uch tomonlarini halqodan
o`tkazib tortiladi.
3 usul.
(3 rasm, v) : asosiy ip ko`rinmasligi uchun birinchi navbatda 3 rasm
b da ko`rsatilganidek mahkamlanadi, so`ngra har ipning uchi o`zining tomonida
yana bir bor mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |