3.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral xarakterga ega, ya’ni u bilish - qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar obyektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik obyektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik ijodkorligidai mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi.
1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;
2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik obyekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi;
4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan obyektning mazmuni va shaklini keltiradi;
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish;
7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish.
Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari
Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslubi evristik uslublar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish uslublari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy uslublar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. Evristik uslub vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy uslubida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi. Bu uslubda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon ko‘rsatgichlarining uni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatgichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan uslublarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala guruhga tegishli uslublardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
XULOSA
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy - ilmiy jihatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi.
O‘quvchining instrukstiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi.
O‘quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi.
O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi.
O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi.
Mamlakatimizda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan fan texnika taraqiyoti aqliy va jismoniy mehnatni bir-biriga yaqinlashtirishni, ya’ni ular o‘rtasidagi farqni bartaraf qilishni taqozo etadi. Ishchilar mehnati tobora injenerlik-texnik xarakter kasb etayotgani, ratsionalizator va ixtirochilarning saflari o‘sib, ular kiritayotgan takliflarning samaradorligi ortayotganligi buning yaqqol ifodasidir.
Ratsionalizatorlar va ixtirochilar-ishchilar sinfining ilg‘or qismi bo‘lib, ular ijodiy fikrlaydigan, tinimsiz izlanadigan, mashina va mexanizmlarning yangi, eng tejamli konstruksiyalarni, yangi texnologik jarayonlarni yaratish eskilarni takomillashtirish bo‘yicha qimmatli takliflar kiritadigan kishilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |