Kafedra : Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlar Fan: Ko’priklar va Yo’lo’tkazgichlarni qurish va ekspluatatsiya qilish Amaliy ish №1. Texnik holatni umumiy baholash va texnik holati kategoriyasini belgilash. Amaliyot o’qituvchisi: Allaberganov M.S. Inshootning yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir etuvchi nosozliklari mavjud ko‘prik va quvurlar, shuningdek katta shikastlarga ega va ta’mirlanish ro‘yxatida turgan inshootlar, holatiga qarab, tezroq muddatda ko‘rikdan o‘tkaziladi; inshootlar qoniqarsiz holatda bo‘lgan hollarda nosozlik tuzatilgunga qadar doimiy kuzatish o‘rnatiladi. Inshootning yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta’sir etuvchi nosozliklari mavjud ko‘prik va quvurlar, shuningdek katta shikastlarga ega va ta’mirlanish ro‘yxatida turgan inshootlar, holatiga qarab, tezroq muddatda ko‘rikdan o‘tkaziladi; inshootlar qoniqarsiz holatda bo‘lgan hollarda nosozlik tuzatilgunga qadar doimiy kuzatish o‘rnatiladi. Davriy ko‘riklar yo‘l bo‘linmasi boshligi (boshlik o‘rinbosari) yoki bosh muhandisi tomonidan ko‘prik (yo‘l) ustasi bilan birgalikda bajariladi. Davriy ko‘riklar yo‘l korxonasi boshlig‘i belgilagan muddatlarda, ammo bir yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda: bahorda toshqin suvlari o‘tgunga qadar, va kuzda. shuningdek salmoqli hajmdagi tamirlash ishlari bajarilgandan so‘ng, o‘tkaziladi. Barcha ko‘prik va quvurlar ko‘prik sinash korxonalari yoki yo‘l boshqarmalari qoshida tashkil etilgan maxsus komissiyalarni jalb qilgan holda maxsus ko‘riklardan o‘tkazilishi lozim. Ko‘priklarni maxsus ko‘riklardan o‘tkazilishidan maqsad: inshootning yuk ko‘tarish qobiliyati, ish muddati va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi nosozliklarni namoyon etish bilan, uning texnik holatini aniqlash; Ko‘priklarni maxsus ko‘riklardan o‘tkazilishidan maqsad: inshootning yuk ko‘tarish qobiliyati, ish muddati va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi nosozliklarni namoyon etish bilan, uning texnik holatini aniqlash; - • loyihadan va ushbu davrda qo‘llanilayotgan me’yorlar va texnik shartlardan chetlanishlarni aniqlash;
- • real ekspluatatsion yuklardan konstruksiyaning haqiqiy ishlashini oydinlashtirish;
- • texnik xujjatlar mazmunining sifatini tekshirish;
- • texnik hujjatlarning mavjudligi va to‘ldirib borilishi sifatini tekshirish (shu jumladan, ko‘prik varaqasi, sun’iy inshoot kitobi va shu kabilar);
- • shikastlarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- • ilovada ko‘rsatilgan uskunalar yordamida, inshootning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash va foydalanish tartibini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |