Elektron savdo maydonchasini tashkil etish
Sotuvchi va axborot vositachisi elektron tijorat subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan elektron savdo maydonchasi orqali elektron tijorat shaklida tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) huquqiga egadir.
Elektron savdo maydonchalari Internet butunjahon axborot tarmog‘idagi resurslar, Milliy axborot-izlash tizimida ko‘rsatiladigan dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalar bo‘lishi mumkin.
Elektron savdo maydonchasi elektron tijoratni amalga oshirish uchun zarur funksiyalarni, shu jumladan:
ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda ofertani joylashtirish, akseptni amalga oshirish va shartnomalar tuzish;
elektron tijorat subyektlariga ushbu Qoidalarga muvofiq nazarda tutilgan axborotdan foydalanish;
ushbu Qoidalar talablariga muvofiq elektron hujjatlar va elektron xabarlarni xavfsiz ayirboshlashni ta’minlash;
Elektron hujjat va elektron xabar
Elektron hujjat va elektron xabar qog‘ozdagi o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatga tenglashtiriladi.
Elektron hujjat va elektron xabarning mazmuni uchun, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron tijorat ishtirokchisi javob beradi.
Sotuvchi yoki axborot vositachisi elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlashi shart.
Elektron hujjat va elektron xabar:
bevosita elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan;
elektron tijorat ishtirokchisi nomidan ish ko‘rish vakolatlari berilgan shaxslar, shu jumladan axborot vositachisi tomonidan;
elektron tijorat ishtirokchisining axborot tizimi yoki uning nomidan — avtomatik rejimda ishlaydigan tizim tomonidan yuborilishi mumkin.
Elektron hujjat va elektron xabarni oluvchi ularning jo‘natuvchiga tegishliligi holatini tasdiqlashni talab qilish huquqiga egadir.
Elektron tijoratda to‘lovlarni yetkazish va amalga oshirish
Ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish shartnomada ko‘rsatilgan joyda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Agar shartnoma tovarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, sotuvchi tovarni shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda xaridor tomonidan ko‘rsatilgan joyga yetkazib berishi shart.
Tovarlarni xaridor tomonidan ko‘rsatilgan joyiga yetkazib berish uchun sotuvchi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zining avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarga litsenziya olmasdan yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida yetkazib berishni mustaqil amalga oshirishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |