Klinika. Umumiy rivojlanish, o‘sish va og‘irlikda qoloqlik, teri
qoplamalarining rangi (oq, kamdan kam
ko‘kargan
), ko‘krak qafasi shakli xos.
Yurakning auskultatsiyasida ochiq arterial yo‘l uchun chapdagi ikkinchi
qovurg‘alar orasidagi (o‘pka arteriyasi ustida) sistolo-diastolik («mashinali»)
shovqin, yurakning perkussiyasida – yurak chegaralarining chapga kengayishi xos.
Elektrokardiogrammada (EKG) – o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
Ko‘krak qafasining rentgenogrammasida – yurak shaklining o‘zgarishlari,
o‘pka rasmining kuchayishi, ikkinchi yoyning bo‘rtganini namoyon qilish mumkin
(8.2-rasm).
Exokardiografiya (ExoKG) aorta va o‘pka arteriyasidagi yo‘lni ko‘rish
imkonini beradigan diagnostikaning, Doppler (ikki o‘lchamli) tadqiqotida esa – bu
tomirlardagi qon oqimini baholashning asosiy metodlaridan biri hisoblanadi (8.3-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |