Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Klinika va diagnostika. Uretra klapanlari faqatgina o‘g‘il bolalarda uchraydi 
deb  hisoblash  yoqimli,  lekin  adabiyotda  ularning  qiz  bolalarda  namoyon  bo‘lish 
holatlari ham ta’riflangan.  
Uretra  klapanlari  bo‘lgan  o‘g‘il  bolalardagi  simptomlar  bola  yoshi  va  uretra 
obstruksiyasi  darajasiga  qarab  turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Kengaygan  siydik 
to‘g‘rilovchilar  va  gidronefroz  bilan  og‘ir  klapanlarda  holatlarning  yarmida 
patologiya  odatda  qorinda  o‘simtasimon  hosila  va  infeksiya  omillari  ko‘rinishida 
bir  yoshgacha  namoyon  bo‘ladi.  Hayotning  bir  yilidan  so‘ng  ko‘pincha  birinchi 


 
243 
o‘ringa siydik trakti infeksiyasi klinik kartinasi chiqadi.  
Ifodalanganlikning  turli  darajasiga  ega  klapanlarning  namoyon  bo‘lishini 
umumiy tahlili klinik simptomlarni quyidagi tarzda kamayadigan chastota tartibida 
taqsimlash  imkonini  beradi:  tungi  ushlamaslik,  siydik  infeksiyasi,  kunduzgi 
ushlamaslik,  siydikning  sust  oqishi,  tezlashgan  siydik  chiqarish,  tomchilab  siydik 
chiqarish, gematuriya, siydikning o‘tkir ushlanishi.  
Qoldiq  siydik  har  doim  ham  klapani  bo‘lgan  o‘g‘il  bolalarda  bo‘lmaydi, 
chunki har qanday kavak a’zo kabi siydik pufagi yuqori bosimda bo‘shagan holda 
mushak  gipertrofiyasi  hisobiga  obstruksiyaning  o‘rnini  qoplashi  mumkin.  Uretral 
klapanlar  pufakning  juda  ifodalangan  gipertrofiyasiga  rivojlanishiga  olib  kelishi 
mumkin.  Bunda  hatto  klapanlarning  yo‘qotilishidan  so‘ng  ba’zan  yuqori 
intravezikal  bosim  va  pufakning  yomon  cho‘zilishi  saqlanadi,  bu  urodinamika 
tadqiqotida namoyon qilinadi.  
Uretra  klapanlarining  diagnostikasida  birinchi  pog‘ona  bu  patologiyaning 
siydik  infeksiyasi  yoki  siydik  chiqarishning  buzilishi  bo‘lgan  har  qanday  yoshdagi 
o‘g‘il bolalarda borligiga shubha uyg‘onishi bo‘lishi kerak. Klapanlarning namoyon 
qilinishi  uchun  miksion  sistouretrografiya  o‘tkazilishi  shart.  Uretra  klapanlarining 
rentgenologik  omillari  quyidagilar:  kontrast  moddaning  prostatic  yo‘llarga 
tarmoqlanish ko‘rinishida oqishi, siydik pufagi bo‘yinchasining gipertrofiyasi, uning 
trabekulyarligi,  divertikullar,  pufak-siydik  to‘g‘rilovchi  reflyuksi  va  gidronefroz. 
Klapanlari bo‘lgan ba’zi bemorlar birga keladigan patologiyaga, masalan obstruktiv 
megaureter yoki pieloureteral segment obstruksiyasiga ega.  
Klinik amaliyotda ultra tovushli tadqiqot paydo bo‘lishi bilan uretra klapanlari 
ona  qorni  ichida  diagnostikalana  boshlandi.  Antenatal  diagnostikaning  asosiy 
ustunligi  infeksiya  qo‘shilishigacha,  tug‘ilgandan,  erta  davolash  uchun  imkoniyat 
berishida.  
Miniaturali fibrooptik endoskoplarning paydo bo‘lishi bilan uretra klapanlarini 
diagnostika qilish va ularni davolash metodini tanlash ancha osonlashdi.  
Uretra klapanlarini davolash – endoskopik rezeksiya.  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish