8.13-rasm. QODN da rentgenogramma
Yurak bo‘shliqlari kateterizatsiyasi o‘pka arteriyasi va o‘ng qorinchada
bosimni o‘lchash, shuningdek, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini
aniqlash uchun o‘tkaziladi. Qonning o‘ng yurak bo‘lmasiga qaraganda o‘ng
qorinchada kislorod bilan to‘yinishi (oksigenatsiya) kuzatiladi.
Angiokardiografiya – o‘ng qorincha yoki o‘pka arteriyasiga kontrast
kiritilganida, ularning takroran kontrastlanishi kuzatiladi, bu kontrastning qon
aylanishining kichik doirasi orqali o‘tgandan so‘ng, QODN orqali chap
qorinchadan qonning patologik tashlanishi bilan, o‘ng qorinchaga qaytarilishi bilan
tushuntiriladi. Chap qorinchaga kontrast kiritilganida, kontrastning yurakning chap
qorinchasiga QODN orqali o‘ng qorinchaga tushishi aniqlanadi (8.14-rasm).
19
Do'stlaringiz bilan baham: |