11.9-rasm. Qizilo‘ngach peptik stenozi shakllanishi bilan gastroezofageal reflyuks
63
Agar bariy bilan to‘ldirilgan qizilo‘ngach va oshqozon «xartumi ko‘tarilgan
fil» shaklini hosil qilsa yoki kechiktirilgan rentgenogrammada bariy, garchi,
ingichka ichakda ko‘rinsada, hali ham qizilo‘ngachda qolsa, GER
ga dalil
bo‘lishi
mumkin. GER bo‘lgan bolalarda, shuningdek, oshqozonning bo‘shash xususiyatini
ham baholash kerak – yuqorida, GER bo‘lganida, bu jarayon sekinlashuvi va
reflyuksning aylanish (rotatsiya) buzilishlari bilan birga kelish ehtimoli haqida
gapirilgandi.
Qizilo‘ngach yoritilganida pH o‘lchovlar ikki usulda o‘tkaziladi. Birinchidan,
bu Tuttle testi beb ataladigan, qisqa muddatli tadqiqot bo‘lishi mumkin. Va
ikkinchidan, bir sutka ichida ancha batafsil davomiy o‘lchov. Sutkalik
monitoringda tadqiqot o‘tkazayotgan shifokor, qizilo‘ngachning distal bo‘limida
reflyuks epizodlarini belgilaydi, bu haqida, odatda, pH ko‘rsatkichlarining 4 va
undan pasayishi bildiradi. Odatda, reflyukslarning umumiy soni, 5 daqiqadan uzoq
davom etadigan epizodlar soni, eng katta epizodning davomiyligi, reflyuksning
o‘rta davomiyligi, shuningdek, pH 4 dan past bo‘lgan tadqiqotning umumiy vaqti
ro‘yxatga olinadi. GERni sonli baholash uchun bu ko‘rsatkichlar birlashtirib
hisobga olinadi.
GER diagnostikasida, shuningdek, ezofageal manometriyadan foydalanilishi
mumkin. Biroq bu metod bemorga noqulaylik tug‘diradi, shuning uchun ham kam
qo‘llaniladi. Ba’zi jarrohlar fundoplikatsiya
samarador
ligini intraoperatsion
baholash uchun manometriyadan foydalanishgan. Hozirgi vaqtda ushbu tekshiruv
bu maqsadda ham kam qo‘llaniladi.
Ezofageal
stintigrafiya
GER
diagnostikasi
va
ayniqsa,
oshqozon
ichidagilarining aspiratsiyasini
aniqla
sh metodi sifatida, ba’zilar juda yuqori
baholashadi, boshqalar esa, u hech qanday ahamiyatga ega emas, deb hisoblashadi.
Bu metodning haqiqiy qimmatliligi hozircha ma’lum emas.
Ezofagoskopiya, bizning fikrimizcha, diagnostika jihatidan kam ahamiyatga
ega. Uni qo‘llashning asosiy sohasi – ezofagitni
aniqlash
va GER bilan bog‘liq
qizilo‘ngach
torayish
larini davolash. Qizilo‘ngach biopsiyasiga keladigan bo‘lsak,
unda, u maxsus vakuum-aspiratsion qurilma yordamida ezofagoskopiyasiz ham
64
qilinishi mumkin. Biopsiyaning eng ahamiyatli tomoni jarroh bemorda
keskinlashuvi, ayniqsa, noto‘g‘ri davolashda, qizilo‘ngach
torayish
i mumkin
bo‘lgan ezofagit bor yoki yo‘qligini bilish kerak bo‘lgan holatda, jarrohlik metodini
tanlashda qo‘llanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |