30
9.2. Bo‘yinning yon kistasi
Odam embrionining yon bo‘yin-old qismi sodda organizmlar jabra
a’zo
lariga
o‘xshash ikki rudimentar juftlar bilan birga keladigan jabra yoylarining yaxshi
rivojlangan to‘rt jufti bilan namoyon qilingan. Bosh va bo‘yinning yetuk
tuzilmalari jabra yoylari va ular orasida joylashgan teshiklarning hosilasi
hisoblanadi. Birinchi jabra yoylaridan pastki va yuqori jag‘ shakllanadi. Ikkinchi
yoydan til osti suyagi va bodomsimon chuqurcha shakllanadi. Uchinchi jabra
teshigi pastki qalqonsimon va sanchqi bezlarni hosil qilgan holda, pastga, bo‘yinga
ko‘cha
di. To‘rtinchi jabra teshigi o‘zining tushish jarayonida, yuqorida, bo‘yinda
to‘xtaydi, u yerda yuqori qalqonsimon bezlarni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: