Klinika va diagnostika. Sianozning paydo bo‘lish vaqtiga qarab besh klinik
shaklni va shuncha Fallo tetradasi manifestatsiyasi davrini ajratishadi: erta sianotik
shakl (sianozning hayotning birinchi oylaridan yoki birinchi yillaridan paydo
bo‘lishi), klassik (sianozning hayotning ikkinchi-uchinchi yillarida paydo bo‘lishi),
og‘ir (nafas siqishi-sianotik xurujlar bilan kechadigan), kech sionotik (6–10
yoshlarda sianozning paydo bo‘lishi) va asianotik (oq) shakllari.
Fallo tetradasining o‘g‘ir shaklida lab va teri qoplamalari sianozi 3–4-oylardan
paydo bo‘ladi va 1 yoshda turg‘un
ifodalanad
i. Ko‘karganlik ovqatlantirish, yig‘i,
kuchanish, hissiy kuchanganlik, jismoniy yuklanishda kuchayadi. Har qanday
jismoniy faollik (yurish, yugurish, harakatli o‘yin) nafas siqishining oshishi,
kuchsizlik paydo bo‘lishi, taxikardiya rivojlanishi, bosh aylanishi bilan birga
22
bo‘ladi. Yuklanganlikdan so‘ng Fallo tetradasi bo‘lgan bemorlarga xos holat –
cho‘kkalab o‘tirish.
Fallo tetradasi klinik kartinasining o‘ta o‘g‘ir namoyon bo‘lishiga odatda 2–5
yoshlarda paydo bo‘ladigan nafas siqishi-sianotik xurujlari xizmat qiladi. Xuruj
kutilmaganda rivojalnadi, bolaning bezovtaligi,
ko‘karish
va nafas qisishining
kuchayishi, taxikardiya, kuchsizlik, hushdan ketish bilan birga kechadi. Apnoe,
gipoksok koma, keyinchalik gemiparez hodisasiga o‘tadigan tomir tortishi
rivojlanishi
mumkin.
Nafas
qisish-sianotik
xurujlar
o‘ng qorinchaning
voronkasimon
bo‘limining to‘satdan spazmi natijasida rivojlanadi, bu venoz
qonning butun hajmi, qorinchalar orasidagi devor nuqsoni orqali aortaga tushishiga
va SNS gipoksiyasi kuchayishiga olib keladi.
Fallo tetradasi bo‘lgan bolalarni tekshirganda teri qoplamalarining oqarishi
yoki ko‘karishi, barmoq suyaklari qalinlashishi («baraban tayoqchalari» va «soat
shishalari»), majburiy holat,
adinamiya (darmonsizlik);
kamdan kam holatda –
ko‘krak qafasining deformatsiyasi
(yurak do‘ngi) e’tiborni o‘ziga qaratadi.
Fallo
tetradasi bo‘lgan bolalar jismoniy (II–III darajali gipotrofiya) va motorli
rivojlanishda qolishlar mumkin; ular, ko‘pincha ORVI, surunkali tonzillit,
gaymorit,
qaytalana
digan pnevmoniyalar bilan kasallanadi.
Perkutor ravishda yurak chegaralarining ikkala tomonga ham sezilarsiz
kengayishi aniqlanadi. Fallo tetradasining
tipik auskultati (odatdagi eshitish)
alomatlari bo‘lib, ko‘krakdan chapda II–III qovurg‘alar orasida qo‘pol sistologik
shovqin, o‘pka arteriyasi ustida II
yurak urish tovushining
susayishi va boshqalar
xizmat qiladi. Nuqsonning to‘liq
eshitilish manzarasi
fonokardiografiya yordamida
belgilanadi.
Ko‘krak qafasi a’zolarining rentgenografiyasi mo‘tadil kardiomegaliyani,
yurakning boshmoq ko‘rinishidagi shakli, o‘pkaning kuchsizlangan rasmini
namoyon etadi (8.19-rasm). EKG-
tasvir
yurakning elektr o‘qining o‘ngga sezilarli
egilishi, o‘ng qorincha miokardinining gipertrofik o‘zgarishlari, Gis
bo‘lami
ning
o‘ng oyoqchasi to‘liq bo‘lmagan blokadasi bilan xarakterlanadi (8.20-rasm).
23
Do'stlaringiz bilan baham: |