Davosi. Agar bemophi kuchli og‘riq bezovta qilsa, operatsiya qilinadi. Bunda
istmotomiya (buyin sohasini kesib, buyraklarni ajratish) qo‘llaniladi. Agar
gidronefroz rivojlangan yoki tosh paydo bo‘lgan bo‘lsa, tegishli operatsiya
muolajalari ham bajariladi.
17.2. Buyrakning kistoz kasalliklari
Buyrak struktura anomaliyasi. Multikistoz buyrak juda kam uchraydi.
Ko‘pincha bir tomonlama bo‘lib, buyrak to‘qimasi o‘rniga har xil kistalar
(pufaklar) kuzatilib, siydik nayi obliteratsiyalangan yoki uning distal qismi
umuman bo‘lmadi.
Buyrak strukturalari anomaliyalari, asosan, aortografiya yordamida aniqlanadi.
Bunda buyrak tomirlari yoki nefrogramma bo‘lmaydi.
Multikistoz bir tomonlama bo‘lsa, nefrektomiya o‘tkaziladi, ikki tomonlama
bo‘lsa, bola tug‘ilishining dastlabki kunlaridayoq nobud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |