Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

 
Davosi. Hech qanaqa klinik belgilar bo‘lmaganda hech qanday muolaja talab 
qilinmaydi.  Agar  ikkilangan  qismning  birida  gidronefroz,  pielonefrit,  buyrak-tosh 
kasalligi qo‘shilgan bo‘lsa, shu kasalliklarga xos davo o‘tkaziladi. Agar ikkilangan 
buyrakni  olib  tashlash  talab  qilinadigan  patologiya  bo‘lsa,  geminefrektomiya  - 
o‘sha patologik jarayonga uchragan ikkilangan buyrakdan biri olib tashlanadi, agar 
ikkalasi ham kuchli zararlangan bo‘lsa, u paytda nefrektomiya bajariladi. 
Operatsiyadan  keyingi  davrda  regional  limfa  terapiyasini  qo‘llash  maqsadga 
muvofiqdir. Bu usul yaxshi natija beradi va antibiotiklarni tejash imkonini yaratadi. 
Bu  terapiyani  qo‘llash  uchun  operatsiya  paytida  buyrak  jomining  orqa  tomonida 
mikroirrigator  qoldiriladi.  Bemorlar  operatsiyadan  keyin  2-3  yil  davomida 
dispanser kuzatuvida bo‘lishlari lozim. 
Qo‘shimcha  uchinchi  buyrak.  Juda  kam  uchraydi.  Qo‘shimcha  buyrak  ayrim 
qon tomiridan oziqlanadi, uning o‘ziga tegishli siydik nayi ham bor. U buyrakning 
pastida  joylashgan  bo‘lib,  gohida  chanoq  sohasiga  ham  tushishi  mumkin.  Uning 
o‘lchamlari  har  xil,  ko‘pincha  kichik  bo‘ladi.  Ba’zan  uning  siydik  nayi  qovuqda 
emas,  balki  a’zolarga  ham  ochiladi.  Qo‘shimcha  buyrak  ekskretor  urografiya  va 
buyrak angiografiyasi yordamida diagnostika qilinadi. 
Davosi.  Kasallikning  bu  turini  asoratlangan  turida  va  konservativ  davolash 
foyda  bermaganida  operativ  davolashga  ko‘rsatma  hisoblanadi.  Operatsiya  usulini 


 
205 
tanlash  asosiy  yoki  qo‘shimcha  buyrakdagi  patologik  o‘zgarishlar  bilan  bog‘liq 
Masalan,  qo‘shimcha  buyrak  o‘z  funksiyasini  butunlay  yo‘qotgan  bo‘lsa  a’zoni 
yo‘qotuvchi  operatsiya  –  geminefrureterektomiya  operatsiyasi  amalga  oshiriladi; 
a’zoni  saqlovchi  operatsiyalar  –  antireflyuks  operatsiyalar,  jom-siydik  nayi  yoki 
siydik  naylari  aro  anastamoz  operatsiyalari  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari 
ko‘rsatma  bo‘yicha  endoskopik  operatsiya,  ya’ni  qovuq  siydik  nayi  reflyuksi 
kuzatilganda siydik nayi shilliq ostiga teflon implantatsiyasi amalga oshiriladi. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish