Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов


  14.3. Safro pufagi kasalliklari



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

 


 
128 
14.3. Safro pufagi kasalliklari 
 
Bolalarda  safro  pufagi  kasalliklari  istisqo,  akalkulez  xolesistit  va  gemolitik 
yoki xolesterol kelib chiqqan xolelitiaz bilan namoyon bo‘ladi. 
 
14.14-rasm. Safro pufagi istisqosi. 
 
Safro pufagining o‘tkir kengayishi skarlatin, Kavasaki kasalligi, og‘ir diereya, 
leptospiroz,  oilaviy  o‘rta  yer  dengizi  bezgagi  va  mezadenitda  ta’riflangan.  Istisqo 
tashxisi  odatda  ultratovushli  tadqiqotdagi  mos  keluvchi  ma’lumotlar  bilan 
palpirlanadigan  kengaygan  safro  pufagi  bo‘lganida  kutiladi.  Ko‘pgina  holatlarda 
safro  pufagi  istisqosi  spontan  yo‘qoladi.  Agar  simptomatika  o‘ssa,  unda  ba’zan 
xolesistektomiyaga ko‘rsatmalar hosil bo‘ladi. Kamdan kam holatlarda og‘ir septik 
bemorlarda vaqtinchalik chora sifatida xolesistostomiya amalga oshirilishi mumkin. 
Akakulez  xolesistit.  Safro  pufagi  istisqosi  va  akakulez  xolesistit,  odatda, 
mustaqil  patologiya  emas,  qandaydir  boshqa  kasalliklarning  namoyon  bo‘lishi 
hisoblanadi.  Istisqo  kabi  nekalkulez  xolesistit  ko‘pincha  septisemiya,  lyamblioz, 
qorin  tifi,  salmo-nelez  kabi  turli  og‘ir  kasalliklarda  rivojlanadi.  Shuningdek, 
akakulez  xolesistitning  operatsiya,  jarohat  va  kuyishlardan  so‘ng  rivojlanish 
holatlari ta’riflangan. 
O‘tkir  akakulez  xolesistitda  qorinning  o‘ng  yuqori  kvadrantida  palpatsiya 
qilinganda og‘riq, mushaklar tortilishi, shuningdek, leykositoz kuzatiladi. Kamdan 
kam  holatlarda  periduktal  yallig‘lanish  oqimi  bilan  bog‘liq  sariq  kasalligi  paydo 
bo‘ladi.  Ultratovushli  tadqiqotda  kengaygan  safro  pufagi  va  exogen  narsalar 


 
129 
ko‘rinadi.  Gepatobiliar  skanerlashda  safro  pufagi  funksiyasining  yo‘qligi 
aniqlanadi. 
Akakulez  xolesistitning  ifodalanmagan  simptomatikasida  antibiotiklar  bilan 
konservativ davolash o‘tkazilishi mumkin. operatsiya bemor ahvoli yomonlashgan, 
safro  pufagi  kattalashishi  o‘sgan  holatlarda  ko‘rsatilgan.  Tanlov  operatsiyasi 
xolesistostomiya  emas,  xolesistektomiya  hisoblanadi.  Umumiy  safro  yo‘lida 
muolajaga  muhtojlik  kamdan  kam  paydo  bo‘ladi.  Nekakulez  xolesistitda 
shuningdek,  ultratovushli  tadqiqot  nazorati  ostida  teri  orqali  xolesistomiyaga 
murojaat qilish mumkin. 
Gemolitik xolelitiaz. Oldinlari bolalarda safro toshlarining hosil bo‘lish sababi, 
odatda,  gemolitik  kasalliklar  bo‘lgan.  Safro  toshlari  rivojlanishiga  olib  keladigan 
eng  ko‘p  uchraydigan  gemolitik  buzilishlarga  tug‘ma  sferotsitoz,  o‘roqsimon-
hujrayrali  anemiya  va  talassemiya  kiradi.  Gemolitik  jarayon  natijasi  hisoblangan 
sariq kasalligi faqat davriy paydo bo‘lishi mumkin va shuning uchun umumiy safro 
yo‘lida  toshlarning  borligini  namoyon  qiladi,  deb  baholanmaydi.  Shu  tufayli 
sferotsitozi  bo‘lgan  bolalarda  splenektomiyadan  oldin  ultratovushli  tekshiruv 
o‘tkazish  tavsiya  etiladi.  Agar  toshlar  namoyon  qilingan  bo‘lsa,  unda 
splenektomiya  bilan  bir  vaqtda  xolesistektomiyani  amalga  oshirish  kerak. 
O‘roqsimon-hujayra anemiyada toshlarning hosil bo‘lish chastotasi bolaning o‘sishi 
bilan 10 %dan 55 %gacha oshadi. O‘roqsimon-hujayra anemiyasi bo‘lgan bolalarda 
xolesistektomiya hozirgi vaqtda tavsiya etilmaydi, agar toshlarning klinik namoyon 
bo‘lishi  bo‘lmasa.  Bu  namoyon  bo‘lishlar  bo‘lgan  holatlarda  xolesistoektomiya 
tanlovli amalga oshirilishi va imkoni boricha gemolitik inqiroz vaqtida favqulodda 
muolaja sifatida bajarilmasligi kerak. 
Xolestetol  xolelitiaz.  Biliar  yog‘  aberratsiyalari  xolesterol  safro  toshlarining 
hosil  bo‘lishiga  olib  keladi.  So‘nggi  o‘n  yilliklar  davomida  bola  va  o‘smirlarda 
xolesterol safro toshlari haqida xabarlar soni ko‘paymoqda. Bunda bolalik yoshida 
ular  gemolitik  kasallik  natijasida  xolelitiazdan  ko‘ra  ko‘proq  uchramoqda.  Katta 
bemorlar orasida toshlar ko‘proq ayollarda hosil bo‘ladi – ayol : erkak nisbati 4:1 ni 
tashkil etadi, o‘smirlik yoshida esa bu nisbat yanada katta. Yosh bemorlarda safro 


 
130 
toshlari  homiladorlik  va  semirishda  ko‘p  shakllanadi.  Oq  odamlar  safro  toshlari 
hosil  bo‘lishi  chastotasi  bo‘yicha  tub  amerikaliklardan  keyin  ikkinchi  o‘rinda 
turadi. 
Safro toshlarining odatiy klinik namoyon bo‘lishlari ko‘pincha ovqatni, ayiqsa 
yog‘li,  yoqtirmaslik,  bolalarda  ko‘pincha  bo‘lmaydi.  Ularga  ko‘proq  qorindagi 
og‘riqlar xos. Safro toshlarining tashxisi ko‘pincha bunda shubha ham qilinmaydi. 
Safro  toshlari  bo‘lgan  15–20  %  bemorlar  appendoktemiyaga  uchrashi  buning 
tasdig‘i  hisoblanadi,  chunki  ularda  bo‘ladigan  simptomatika  appenditsit  namoyon 
bo‘lishi sifatida  baholanadi. Bunday  kasallarni tekshirganda  odatda  o‘ng  qovurg‘a 
ostida og‘riq aniqlanadi. Kamdan kam holatlarda og‘riqli cho‘zilgan safro pufagini 
palpirlash  mumkin.  Rentgenokontrast  toshlar  rentgenogrammada  ko‘rinishi 
mumkin. Biroq, tashxis qo‘yishda tanlov metodi toshlarni deyarli 100 % holatlarda 
namoyon qilish imkonini beradigan ultratovushli tadqiqot hisoblanadi. 
Xolesterol  xolelitiazning  davolanishi  xolesistektomiyadan  iborat.  Bolalarda 
intraoperatsion xolangiografiyaga ko‘rsatmalar kattalardagi kabi: pufak yo‘li orqali 
o‘tishi  mumkin  bo‘lgan  safro  pufagida  kichik  toshlarning  bo‘lishi,  anamnezdagi 
sariq kasalligi va umumiy safro yo‘lining kengayishi. 
Kichik  bolalarda  xolesterol  safro  toshlari  odatda  qovurg‘a  va  qorin  orasidagi 
ichak  patologiyasi  fonida  yoki  uning  rezeksiyasidan  so‘ng  hosil  bo‘ladi.  Ingichka 
ichakning  distal  bo‘limlari  safro  tuzlarining  ichak-jigar  sirkulyatsiyasida  cardinal 
rol  o‘ynaydi,  shuning  uchun  ham  qorin  va  qovurg‘a  orasidagi  ichak  rezeksiyasi 
yoki  kasalligi  bu  muvozanatni  buzadi,  shu  bilan  toshlarning  hosil  bo‘lishiga  olib 
keladi. 
 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish