10-SINF 7-VARIANT
1.Matritsali sintez reaksiyalarida DNKsintezi –(a), RNK sintezi – (b) , oqsil biosintezi –(c) kiradi.
1- translatsiya , 2-transkripsiya , 3- reduplikatsiya, 4-genetik kod.
A.a-3, b-2, c-1 B .a-3, b-2, c-4 C.a-3, b-2, c-4 D .a-1, b-2, c-3
2.DNK molekulasining ikki hissa ortishi nima deyiladi?
A .translatsiya B.transkripsiya C. reduplikatsiya D. genetik kod.
3.DNK reduplikatsiyasi jarayonining ketma ketligini belgilang.
1- ATF energiyasi hisobiga DNKning yangi komplementar zanjiri sintezlanadi. , 2-DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo‘ladi , 3-DNK – polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin nukleotidlardan foydalanadi, 4- dastlabki qo‘sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga alraladi.
A1,2,3,4 B.4,2,3,1 C.2,4,1,3 D.4,3,2,1
4. DNKning bir polipeptid zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi
nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi nima deb ataladi?
A.Genetik kod B.Start kodon C.Stop kodon D.Gen
5.Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid yordamida ifodalanishi nima deyiladi?
A.Genetik kod B.Start kodon C.Stop kodon D.Gen
6.Genetik kod qachon va kim tomonidan aniqlangan?
A.1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy
B. 1878-yillar J.B Lamarkva G.R Trevinarus
C. 1838-1839 yillar,T.Shvann va M.Shleyden
D.1962-yil M. Nirenberg va S. Ochaolar
7. Genetik kodga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang.
A.bitta triplet bitta aminokislotaga mos keladi B. bitta triplet bir necha aminokislotani kodlaydi
C.bitta aminokislotani bir necha triplet kodlaydi D. genetik kod universal
8. DNK replikatsiyasi hujayralarning qaysi bo`linishlari oldidan kuzatiladi?
A.mitoz, meyoz B. faqat mitoz
C. faqat meyoz D. interkinez, meyo
9.Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot DNK dan i-RNK ga ko‘chirilishi nima deyiladi?
A .translatsiya B.transkripsiya C. reduplikatsiya D. genetik kod.
10.i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi qaysi modda molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos?
A. r-RNK B. DNK C. ATF D. barchasiga
11.Transkripsiya (a) va translatsiya(b) jarayonlari uchun nima matritsa hisoblanadi.1- DNK, 2-RNK,
3-i-RNK, 4-t-RNK
A.a-1, b-3 B .a-1, b-2 C.a-1, b-4 D.a-3, b-1
12.Quyidagi kodonlarning ichidan terminator kodonlarni ajrating.
1-UAG; 2-UAS; 3-UAA; 4-UAU; 5-UGA; 6-UGS
A. 1, 2, 3 B. 1, 4, 5 C. 1, 3, 5 D. 4, 5, 6
13. Genetik kodning qaysi tripletlari terminator hisoblanmaydi?
A. UAA, UAG B. AGU, AGS
C. UAG, UGA D. UAA, UGA
14.DNK da quydagi nukleotidlar izchilligi ATGTGACTCATT bo’lsa i-RNK dab u qanday ketma ketlikda transkripsiya qilib olinadi
A. TACACTGAGTAA B.ATGTGACTCATT
C.UACACUGAGUAA D.UACUAUCGUAUC
15.Oqsil sintezi qachon to`xtaydi?
A. ribosoma terminator tripletga o`tganda
B. bir nechta ribosomalar bitta i-RNKga birikib olganda
C. t-RNK molekulasining kodoni i-RNKning antikodoniga mos kelmaganda
D. t-RNK yadrodan chiqqanda
16. Matritsali sintez reaksiyalari orqali qaysi jarayonlar ta’minlanadi?
1-genetik axborotning uzatilishi 2- anabolizm 3-regeneratsiyasi, 4- katabolizm, 5- organizmlarning ko‘payishi, 6- metabolizm 7- hujayralarning bo‘linishi.
A.1,2,4,6 B.2,4,5,6 C.1,2,3,4, D1,3,5,7
17.DNK replikatsiyasi hujayra siklining qaysi davrida kuzatiladi?
A. interfazaning sintezdan oldingi davrida
B. interfazaning sintezdan keyingi davrida
C. interfazaning sintez davrida
D. mitozning profaza davrid
18. Oqsil sintezining qaysi bosqichi yadroda amalga oshadi?
A. translatsiya B. transkripsiyaC. transdulcsiya D. transformatsiya
19. Aminokislotalarni kodlamaydigan kodonlar qanday nomlanadi?
A. terminatorB. antikodon C. genom D. matritsa
20 Quyidagi jarayonlarning qaysi biri yadroda(1), qaysi biri sitoplazmada(2) amalga oshadi? a-translatsiya; b-transkripsiya; c-reduplikatsiya
A. 1-a, b; 2-c B. 1-a; 2-b, c
C. 1-b, c; 2-a D. 1-a, c; 2-b
21.Hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishning organizm darajasida tirik organizmlarga
xos qaysi xususiyatlari o‘rganiladi?
A.Organizmlarning xilma-xilligi, hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyati
B.DNK va RNK sintezi.
C.Mitoz va meyoz
D.Tashqi muhit omillarining o`zaro ta`siri.
22.Hayotning organizm darajasiga xos xususiyatlarni belgilang.
1- hayotiy jarayonlarni yuqori darajada tartiblangan tarzda namoyon etish; 2-o‘z-o‘zini idora etish ; 3- lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan; 4- irsiy axborotni avloddan avlodga barqaror o‘tkazilishini ta’minlash; 5-yaxlit biologik sistema; 6-biomolekulalardan tashkil topgan; 7- o‘z-o‘zini tiklash;
A.1,2,4,5,6 B.2,4,5,6,7 C.1,2,3,5,6 D.1,2,3,4,5
23.........organizmning yaxlitligi va gomeostazning doimiyligni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.Nuqtalar o`rniga tegishli so`zlarni qo`ying.
A. Qon aylanish sistemasi B. Nafas olish sistemasi
C.Nerv sistema D.ayirish sistemasi.
24.Bir hujayrali organizmlar boshqarilishi qanday yo‘l bilan amalga oshadi?
A.Gumoral-kimyoviy B.Nerv-gumaral C.Nerv D.Gumaral
25.O‘simliklarda o‘sish va morfofiziologik rivojlanishini qaysi biologik faol moddalar boshqaradi.
1-stimulatorlar; 2-fitogormonlar; 3- insulin; 4-plastida; 5-auksin; 6- gibberellin, 7- suv; 8-sitokinin;
A.1,2,3,5,6 B.1,2,5,6,8 C.1,2,4,5,6 D.1,2,4,6,8
26.Fotosintezni amalga oshiradigan (a) , suvo‘tlari bilan oziqlanadigan (b) , yirtqich va parazitlik qiladigan (c), o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan (d) organizmlarni belgilang. 1-geterotroflar;
2- saprofitlar; 3- fitotroflar; 4- avtotroflar
A.a-4, b-3, c-2 , d-1. B.a-1, b-3, c-2 , d-4.
C .a-1, b-2, c-3 , d-4. D .a-3, b-4, c-2 , d-1.
27.Hayotning organizm darajasini o‘rganishda qaysi umumbiologik qonuniyatlardan foydalaniladi ?
1-organizm biologik sistema; 2-irsiyat va o‘zgaruvchanlik; 3-oqsillar sintezi, 4-modda va energiya almashinuvi, 4-genetik kod 5-ko‘payish va rivojlanish; 6-nafas olish va oziqlanish ;
A. 1,2,3,5 B.1,2,4,5 C.1,2,4,6 D. 1,3,4,6
28.Ko‘p hujayrali organizmlar hayot faoliyati............... ishlashiga bog‘liq
A.To`qima va organlarning tinimsiz o‘zaro aloqadorlikda ishlashiga
B. To`qima va organlarning tinimsiz alohida ishlashiga
C Ixtisoslashgan organlarning tinimsiz alohida ishlashiga
D.Ixtisoslashgan organlarning tinimsiz o‘zaro aloqadorlikda
Do'stlaringiz bilan baham: |