Test topshiriqlariga qo‘yiladigan didaktik talablar.
Tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek ishonchli deb bo‘lmaydi. Test savollari mukammal bo‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat:
test topshiriqlari mazmunining o‘quv materialining maqsadiga muvofiqligi; material ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to‘kislik va uyg‘unlik; o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish; samaradorlik (kumulyativlik); til ravonligi va aniqligi; bir ma’nolilik; qat’iy belgilangan vaqt; ixchamlik; murakkablik me’yori; to‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarining mavjud emasligi; variativlik; shaklan va mazmunan o‘zaro bog‘liqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |